10.02.2024 yildagi SQ-876-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida Andijon viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining samarali ijro etilishini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritalari” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritalari”) doirasida amalga oshirilgan ishlar holati oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalari “yoʻl xaritalari” ijrosi doirasida qator natijalarga erishilganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2023-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi (YHM) 5,1 foizga, sanoat 7,3 foizga, qishloq xoʻjaligi 4 foizga, xizmatlar koʻrsatish 11,3 foizga va qurilish 3,2 foizga oʻsgan. Aholi jon boshiga YHM hajmi 20,3 mln soʻmni va oʻsish surʼati 2,9 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya dasturlari doirasida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarida umumiy qiymati 641,8 mln dollarlik 432 ta loyiha ishga tushirilib, 30 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan. 802,0 mln dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish boʻyicha 206 ta loyiha doirasida 5,1 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy faollikning oshishi natijasida 4,2 mingta yangi kichik tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan. Bugungi kunda faoliyat koʻrsatayotgan subyektlar soni 24,4 mingga yetgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish dasturlari asosida 70 ta boʻsh turgan davlat obyekti hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun 129,2 gektar yer maydoni auksion savdolarida sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy bandlik dasturi doirasida doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish oʻrinlarida 532 ming aholining bandligi taʼminlangan. Bunda mahallabay ishlash tizimi asosida yondashilganligi oʻz samarasini bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari koʻmagida 279,4 ming fuqaro doimiy va mavsumiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan, 9,8 ming nafari kasb-hunarga oʻqitilgan, 7,2 ming nafari jamoat ishlariga jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 47,6 mingdan ziyod loyihalar uchun 876,4 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan, shuningdek hokim yordamchilari koʻmagida 886,5 mlrd soʻmlik 3,1 mingta mikroloyiha ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 167 ta obyektda qariyb 1,1 trln soʻmlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan, 128 ta obyekt foydalanishga topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining muammolarini hal etish borasida “Ayollar daftari”dagi 91 mingga yaqin xotin-qizlarga hamda “Yoshlar daftari”dagi 31 mingdan ortiq yoshlarga amaliy yordam koʻrsatilgan. Ushbu maqsadda 82,4 mlrd soʻm mablagʻ sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet daromadlari barqarorligini taʼminlash va xarajatlari samaradorligini oshirish borasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Xususan, mahalliy budjet daromadlari ijrosi prognozga nisbatan 105,1 foizga taʼminlanib, budjet tushumlari 3,9 trln soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashabbusli budjet jarayonining 1- va 2-mavsumi doirasida 298 ta loyiha gʻolib deb topilib, ularni amalga oshirish uchun Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmalariga 328,5 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, viloyat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan “yoʻl xaritalari” ijrosini taʼminlashda ayrim oʻz yechimini kutayotgan masalalar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va bayonlarida belgilangan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ masʼulligida 2019 — 2025-yillarda “Xonobod — Andijon” magistral ichimlik suv quvurining ikkinchi yoʻnalishini qurish, Asaka va Shahrixon tumanlarida oqova suv tarmoqlari va tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlari jalb qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga moʻljallangan yer maydonlari toifasini oʻzgartirish masalasini koʻrib chiqish ishlari yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda hokimliklar masʼul boʻlgan yangi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilish maqsadida boʻsh turgan binolar va yer maydonlariga tadbirkorlarni jalb qilish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, infratuzilma bilan taʼminlanganlik, aholi punktiga yaqinligi kabi mezonlar inobatga olinmaganligi sababli Asaka, Shahrixon va Jalaquduq tumanlarida savdoga chiqarilgan yer uchastkalarining 20 foizi ham sotilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy bandlik dasturi ijrosini taʼminlash vazifasi yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda tegishli tuman va shahar hokimliklari tomonidan ayrim yoʻnalishlardagi ishlar yetarli darajada olib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qishloq xoʻjaligi sohasida doimiy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichi atigi 45 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi PQ-69-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-apreldan respublika budjetidan paxta va (yoki) gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ishchilarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan daromad soligʻini bir vaqtning oʻzida qaytarib berish tartibi joriy etilgan boʻlsa-da, amalda mazkur imtiyozdan foydalanilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”dagi ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlashda ayrim tumanlarda ishlar samarali tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Baliqchi tumanida bandligi taʼminlanganligi qayd etilgan 3 642 nafar xotin-qizning faqat 32 nafari yoki 1 foizga yaqini doimiy ishlarga joylashtirilib, qolganlarining bandligi asosan oʻzini oʻzi band qilish asosida taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi masʼul boʻlgan Andijon tumanida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi boʻyicha xorijiy investor bilan yakuniy kelishuvga erishilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda hokimliklar tomonidan eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash borasida oʻz vaqtida yetarlicha choralar koʻrilmaganligi natijasida 13 ta tuman va shaharda eksport prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonalarida faoliyat yurituvchi korxonalar tomonidan eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish borasida yetarli choralar koʻrilmaganligi sababli 306 ta korxonadan atigi 9 tasi (3 foizi) mahsulotlar eksportini amalga oshirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududgaztaʼminot” AJ masʼulligida Paxtaobod tumanining “Hayotbaxsh” mahallasi hududida tashkil etiladigan toʻqimachilik industrial zonasiga tabiiy gaz tarmogʻini tortish ishlari atigi 40 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi hamda shahar va tuman hokimliklari masʼulligida mahalliy budjetlar daromadlari ijrosi barqarorligini taʼminlash, shu jumladan soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi qarzdorligini qisqartirish borasidagi vazifalar ijrosi sust tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddati oʻtgan budjet qarzdorligi 2023-yil boshiga nisbatan Jalaquduq tumanida 24,9 foizga, Marhamat tumanida 19,2 foizga, Xoʻjaobod tumanida 18,9 foizga, Baliqchi tumanida 5,4 foizga va Paxtaobod tumanida 1,8 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi A. Tuychiyevning “yoʻl xaritalari” ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi, Transport hamda Energetika vazirliklari, Soliq, Oila va xotin-qizlar qoʻmitalari, Davlat aktivlarini boshqarish, Yoshlar ishlari agentliklari, “Hududgaztaʼminot”, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari, Andijon viloyati hamda Asaka, Andijon, Baliqchi va Jalaquduq tumanlari hokimliklariga “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalarning bajarilishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga moʻljallangan yer maydonlari toifasini oʻzgartirish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin va natijasi yuzasidan ikki oy muddatda Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi davlat dasturlarida belgilagan “Xonobod — Andijon” magistral ichimlik suv quvurining ikkinchi yoʻnalishini qurish hamda Asaka va Shahrixon tumanlarida oqova suv tarmoqlari va tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilishga doir takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda sanoat zonalari ishtirokchilarining, shu bilan birga hududlarda eksport faoliyatini olib boruvchi korxonalarning mavjud muammolarini oʻrganib, ularga amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan aniq manzilli chora-tadbirlar qabul qilsin, shuningdek, prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan shahar va tumanlar hokimlarining investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasidagi ish beruvchilarga berilgan imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi korxonalari va aholining xabardorligini oshirish maqsadida targʻibot ishlarini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi va Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asaka, Buloqboshi, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Xoʻjaobod va Shahrixon tumanlarida kasanachilik yoʻnalishida xotin-qizlarning bandligini taʼminlashda subsidiya imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanmaganlik sabablarini chuqur oʻrganish, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib, joriy yil uchun subsidiya mablagʻlari talabnomasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida muammoli kreditlar qoldigʻini kamaytirish ishlari sust tashkil qilingan Shahrixon tumani hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilish mexanizmini takomillashtirish, bunda kvotalangan ish oʻrinlariga yoʻllanma berish boʻyicha hokim yordamchilariga qoʻshimcha vakolatlar berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Energetika vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda Andijon tumanida quvvati 400 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi uchun belgilanadigan tarif miqdorini qayta koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Energetika vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi 2023-yilgi kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash dasturi doirasida Paxtaobod tumani “Hayotbaxsh” mahallasi hududida tashkil etiladigan toʻqimachilik industrial zonasiga tabiiy gaz tarmogʻini tortish, Oltinkoʻl tumani “Qashqar” MFY hududidagi kichik sanoat zonasida ichimlik suvi tarmogʻi va suv inshootini hamda oqova suv tarmoqlarini qurish ishlarini qisqa muddatda yakunlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Andijon viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vazirligi bilan birgalikda Andijon shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi ishlab chiqilishini hamda xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda mahalliy budjet daromadlari barqarorligini taʼminlash, shu jumladan muddati oʻtgan soliq qarzdorligini qisqartirish borasida sustkashlikka yoʻl qoʻygan Jalaquduq, Marhamat, Xoʻjaobod, Baliqchi va Paxtaobod tumanlari iqtisodiy kompleks rahbarlarining masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda moliyaviy nazorat tadbirlarida aniqlangan budjet intizomini buzish va asossiz xarajatlarni amalga oshirish holatlarining kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, qonun buzilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qaror ijrosini nazoratga olsin hamda mazkur Qarorda belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan joriy yilning 1-apreliga qadar Oliy Majlis Senatiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-876-IV-son