20.02.2024 yildagi O‘RQ-910-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 5-sentabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023-yil 20-dekabrda maʼqullangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining toʻsqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlashga, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tadbirkorlik subyektlari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha mavjud cheklovlarni olib tashlash hamda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlarni bekor qilishni hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlashga hamda ularning zimmasiga ortiqcha xarajatlar va majburiyatlar yuklatadigan ayrim byurokratik tartib-taomillar bekor qilinishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 6, 444, 446-moddalar, № 7, 540-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 159-moddaning oltinchi qismidagi “yuqori turuvchi soliq organiga” degan soʻzlar “yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 166-moddaning toʻrtinchi qismidagi “yuqori turuvchi soliq organiga” degan soʻzlar “yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaxsning soliq organiga yoki sudga soliq organining kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — oʻn birinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “shikoyat qilinishi mumkin” degan soʻzlar “ham shikoyat qilinishi mumkin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʻli bilan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori turuvchi soliq organidan shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni oʻsha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 232-moddaning nomidagi “shikoyat berish tartibi va muddatlari” degan soʻzlar “yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat berish tartibi va muddatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 233-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-modda. Yuqori turuvchi soliq organiga beriladigan shikoyatning shakli va mazmuni”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 234-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-modda. Yuqori turuvchi soliq organi tomonidan shikoyatni koʻrmasdan qoldirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 235-moddaning nomidagi “Yuqori turuvchi organ” degan soʻzlar “Yuqori turuvchi soliq organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 891-moddalar; 2021-yil, 4-songa ilova) 14-moddasining toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shirkat kreditorlari shirkatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida shirkatdan shirkatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatishini yoki ijro etishini hamda oʻzlari koʻrgan zararning oʻrnini qoplashni yozma ravishda talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shirkatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bogʻliq taʼsis shartnomasidagi oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 3-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar; 2023-yil, № 1, 1-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori kamaytirilganda kreditorlarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay jamiyatdan oʻz majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishini va ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilishi bilan bogʻliq zararlarning oʻrnini qoplashini talab qilishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-910-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 03/24/910/0140-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)