30.01.2024 yildagi 3964-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot yilida mamlakatimizning mudofaa salohiyatini kuchaytirish, jamoat xavfsizligini taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga Qoʻmita tomonidan ustuvor ahamiyat qaratilgan hamda ushbu yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita jami 17 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan va ularning 13 tasi qabul qilinib, maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi, “Probatsiya toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini maromiga yetkazishda Qoʻmita tomonidan ishlab chiqilgan bir qancha takliflar inobatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonunlarning ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganish, dolzarb masalalar yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga qaratilgan jami 8 ta parlament nazorati tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, qoʻshinlarning jangovar shayligi, harbiy xizmatchilarning professional va axloqiy-ruhiy tayyorgarligi yuzasidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi misolida oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi masala oʻrganilgan. Mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Z. Mahkamovaning axboroti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik doirasida tuzilgan xalqaro shartnomalari Qoʻmita tomonidan tahlil qilinib, mamlakatning mudofaa qobiliyatiga taʼsir etuvchi xalqaro shartnomalarni tayyorlash, tasdiqlash, imzolash va ratifikatsiya qilish amaliyotini qonunchilikka muvofiqlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan mutasaddi organlarga takliflar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda mansabdor shaxslarga muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Qoʻmita taklifiga muvofiq 3 ta parlament soʻrovi yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qoʻmita tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ramatovga “Qonun hujjatlari buzilganligi uchun ushlangan transport vositalarini toʻxtash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash boʻyicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” hamda “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovlari yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida oliy harbiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda mudofaa va xavfsizlik sohasiga taalluqli masalalarni tahlil qilishga bagʻishlangan 9 ta davra suhbati, 2 ta seminar va 5 ta uchrashuv oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari mudofaa va xavfsizlik sohasidagi xalqaro tajribani oʻrganish, oʻzaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlik doirasida 2023-yilning 13 — 15-dekabr kunlari “Muhim infratuzilmani terroristik hujumlardan himoya qilish boʻyicha milliy xabardorlikni oshirish” mavzusida seminar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoʻmita aʼzolari tomonidan Surxondaryo va Andijon viloyatlaridagi oʻzbek-afgʻon hamda oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasi boʻyida joylashgan harbiy obyektlarga hamda Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlariga tashrif amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tashabbusi bilan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan 2023-yilning 19 — 29-aprel kunlari “Oʻzbekiston yoshlari oʻzi, armiya va vatanparvarlik haqida” degan mavzuda soʻrov oʻtkazilgan. Qoʻmita mazkur sotsiologik tadqiqot natijalaridan qonunchilikni yanada takomillashtirish, nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda keng foydalanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan saylovchilar bilan tizimli muloqotni kuchaytirishga, joylarda mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlashga, ularni tezkorlik bilan bartaraf etishga ustuvor ahamiyat berilgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning 455 ta murojaati koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Qoʻmita tomonidan harbiy xizmatchilarning, harbiy xizmatdan boʻshatilgan, zaxiraga olingan hamda pensiyaga chiqqan shaxslarning murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan birgalikda tizimli ravishda tahlil qilib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham mavjudligini, ularga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni koʻpaytirish, qonunlarning joylarda ijro etilishi holatini oʻrganishga doir ishlarni yanada kengaytirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita huzuridagi ekspert guruhi aʼzolarini qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlariga kengroq jalb qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar loyihalarini maromiga yetkazishda ularni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish institutidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan, shu jumladan ularning fuqarolar bilan ishlash borasidagi faoliyati ustidan parlament nazoratini jonlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning amaliy va taʼsirchan mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa va xavfsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish amaliyotini davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlik doirasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat mudofaasi va xavfsizligini taʼminlash borasida belgilangan vazifalar, shu sohada qabul qilingan qonunlar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Z. Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3964-IV-son