Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1088-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”)
(“Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1088-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-yanvar,
3905-IV-son