23.01.2024 yildagi 3944-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, quyi palataning qonun ijodkorligi borasidagi faoliyati mamlakatimiz Prezidenti rahbarligida barcha sohalarda inson qadrini ulugʻlash gʻoyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan normalarni hayotga izchil tatbiq etishga, taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishga, deputatlarning oʻz saylovchilari bilan muloqotini yanada kengaytirishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumxalq referendumi orqali bevosita xalqimiz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini qabul qilish, muddatidan oldin oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarida deputatlar korpusi faol ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan ulkan oʻzgarishlar Qonunchilik palatasi faoliyatiga ham yangicha maʼno-mazmun olib kirdi. Parlament quyi palatasida yangicha ish uslubi yoʻlga qoʻyildi. Qonun ijodkorligi faoliyati sezilarli darajada jonlandi. Saylovchilar manfaatlaridan kelib chiqib, deputatlarning qonun loyihalari sifatiga boʻlgan talabi kuchaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qonunchilik palatasi tomonidan 131 ta qonun loyihasini oʻz ichiga olgan 100 ta qonun qabul qilinib, maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda qabul qilingan qonunlar orasida hajm jihatidan katta boʻlgan, jamiyat va davlat hayotidagi dolzarb masalalarning huquqiy asoslarini taʼminlashga, xalqimiz farovonligini oshirishga, aholiga va tadbirkorlarga yengilliklar yaratishga, fuqarolarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunlarning salmogʻi ham ortdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kengaytirish, xususan, ularning pensiya taʼminotini yaxshilash, pedagoglarning maqomini oshirish, maʼmuriy jarimalar yukini kamaytirishga qaratilgan qonunlar va yana boshqa qator qonunlar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda yangi tahrirdagi Konstitutsiyada parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha berilgan vakolatlardan kelib chiqib, quyi palatada hukumatning davlat dasturi va Davlat budjeti bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotlari har chorakda atroflicha koʻrib chiqildi, hukumat aʼzolari va davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axboroti 20 marotaba eshitildi, mansabdor shaxslarga 15 ta parlament soʻrovi yuborildi, 8 marotaba “hukumat soati” oʻtkazildi. Shuningdek Qonunchilik palatasining qoʻmitalari tomonidan 177 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Qonunchilik palatasining 53 ta majlisi oʻtkazilib, ularda 333 ta masala koʻrib chiqildi. Ushbu majlislar va “hukumat soati” tadbirlari quyi palataning rasmiy veb-sayti va YouTube videoxostingidagi rasmiy kanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar faoliyatini asosan joylarda olib borishga, aholi bilan doimiy muloqot qilishga alohida eʼtibor qaratildi. Xalq vakillari har oyning oxirgi haftasida oʻz saylov okruglariga chiqib, aholi va saylovchilarni oʻylantirayotgan masalalarni tizimli ravishda oʻrganish hamda koʻtarilgan muammolarni parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal etishga ustuvor ahamiyat qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan mamlakatimiz Prezidentining hududlarga tashriflari davomida belgilangan dolzarb vazifalarning bajarilishi ustidan jamoatchilik va deputat nazoratini amalga oshirish, bu borada mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirish hamda ularga amaliy koʻmak koʻrsatish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Qonunchilik palatasining xorijiy davlatlar parlamentlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari izchil davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan qator masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qonun loyihalarining sifatiga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozim. Oʻtgan davrda 4 ta qonun loyihasi takomillashtirish uchun masʼul qoʻmitaga va 2 ta qonun loyihasi tashabbuskor subyektga qaytarildi, 2 ta qonun loyihasi tashabbuskorlar tomonidan chaqirib olindi, 4 ta qonun loyihasi rad etildi. Bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tashabbuskor subyektlar, Adliya vazirligi va soha mutaxassislari bilan turkum seminarlar oʻtkazib borish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar qonun loyihalari muhokamasi boʻyicha ishchi yigʻilishlar bilan chegaralanib qolmasdan, qonun loyihalarini muhokama qilish va boshqa masalalar yuzasidan masʼullar, olimlar va ekspertlarni jalb etgan holda kengaytirilgan yigʻilishlarni ham oʻtkazib borishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy va boshqa dolzarb masalalarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan samarali foydalangan holda hal etish borasida ayrim fraksiyalar va qoʻmitalarning tashabbuskorligini talab darajasida deb boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha qoʻmitalar oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishi, soha mutasaddilarining axborotini oʻz yigʻilishlarida eshitib borishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish borasida mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmadi. Parlament faoliyati, qonunlar va qonun loyihalarining mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi muhim masalalar yuzasidan deputatlar fikri, parlament nazorati tadbirlari natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash bu borada samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayoniga oʻz munosabatini, partiyaviy yondashuvini doimiy ravishda bildirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhokama etiladigan masalalar yuzasidan elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, fraksiyaning qatʼiy nuqtai nazarini bayon etishga ustuvor ahamiyat qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat va davlat hayotidagi muhim oʻzgarishlar va yangilanishlar yuzasidan fraksiya aʼzolarining fikrlarini bildirib borishiga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini oʻz partiyalarining dasturiy maqsad va vazifalaridan, partiya elektorati tomonidan koʻtarilayotgan masalalardan kelib chiqib, deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini oʻylantirib kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan parlament nazorati tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tashabbuskorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik diqqat markazida turgan dolzarb masalalarni partiyalarning saylovoldi dasturlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, fraksiya majlislarida muhokama qilish hamda tegishli mansabdor shaxslarning axborotini eshitishga eʼtiborni yanada kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va dasturlarda belgilangan qonun loyihalarining oʻz muddatida ishlab chiqilishi hamda quyi palataga kiritilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonunlarning ijrosiga, shuningdek ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda targʻib qilishga doir tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitib borish, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan bergan takliflarini qoʻmitada ushbu fuqarolar ishtirokida muhokama qilish amaliyotidan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida jamoatchilik muhokamasi uchun doimiy ravishda joylashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, investitsiya, eksport, sanoat sohalarida, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlarga ustuvor ahamiyat qaratgan holda Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti (A. Toshpoʻlatov) Qonunchilik palatasi va deputatlar faoliyatini ilmiy-huquqiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash, ularning qonun ijodkorligi borasidagi faoliyatiga koʻmaklashish hamda parlament nazorati tadbirlarini axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi (O. Tojiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi faoliyati, qonunlar va qonun loyihalarining mazmun-mohiyati, deputatlarning jamiyat hayotidagi muhim masalalarga doir fikrlari, shuningdek parlament nazorati tadbirlari natijalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlar korpusi faoliyatini har tomonlama ochib beradigan, chuqur tahlilga asoslangan materiallar sonini koʻpaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3944-IV-son