Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Musayevning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Musayev tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-yanvar,
3918-IV-son