O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining
buyrug‘i
ShNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3-bandiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 24-yanvarda hisobga olindi, hisob raqami 230]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 20-maydagi 01/2-20-sonli “ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 261, 24.06.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksining 71-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. “ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning chegaralaridan 50 m gacha bo‘lgan masofada bino va inshootlar loyihalanmasligi, mazkur harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning chegaralaridan 50 m dan so‘ng, bino va inshootlarning balandligini 30 m gacha loyihalanilishi lozim.
Agar bino va inshootlar balandligi 30 m dan oshirilganda har bir metr balandlik uchun mos ravishda masofa ham 1,5 m ga uzaytirilishi kerak.
Bino va inshootlar portlash xavfi mavjud obyektlargacha 400 — 5000 m masofada loyihalanishi zarur.”.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-yanvar,
20-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2023-yil 18-dekabr
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
2023-yil 22-dekabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2023-yil 20-dekabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 21-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni R. DJURAYEV
2023-yil 19-dekabr
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2023-yil 25-dekabr