Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2584-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2584, 2014-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 237-modda) bilan tasdiqlangan Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-yanvar,
2-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2023-yil 18-dekabr
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 15-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 2-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 5-band “pasport” degan soʻzdan keyin “identifikatsiya ID-kartasi, tugʻilganlik haqida guvohnoma (bolalar uchun)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-ilova matni “F.I.O., pasport” degan soʻzlardan keyin “identifikatsiya ID-kartasi, tugʻilganlik haqida guvohnoma (bolalar uchun)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 10/24/2584-2/0097-son)