Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2526-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 95-son “Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2526, 2013-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 620-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-yanvar,
100-son
Kelishildi:
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
2024-yil 13-yanvar
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2024-yil 17-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 23-yanvardagi 100-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruqning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
2. Ilovaning muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) (bundan keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish tartibini belgilaydi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 10/24/2526-1/0096-son)