Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining
qarori
“Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3155-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais oʻrinbosari A. QAYuMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-yanvar,
01/11-05/02-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YOʻLDOShEV
2024-yil 23-yanvar
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
2024-yil 23-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 29-yanvardagi 01/11-05/02-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2019-yil 19-martdagi 01-11/01-05-son “Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3155, 2019-yil 19-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3155/2975-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2023-yil 25-maydagi 05/05-05/01-son “Qonunchilik hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3155-1, 2023-yil 6-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 10/23/3155-1/0338-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 10/24/3155-2/0098-son)