20.01.2024 yildagi SQ-861-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axborotini eshitib, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 2022-yilda muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini takomillashtirish, huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida sohaga taalluqli 13 ta, shuningdek, boshqa sohalarda korrupsiya omillarini qisqartirishga qaratilgan 24 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash hamda ochiqlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha “E-Antikorrupsiya” loyihasi ishga tushirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati tartibga solinib, ularning huquq va majburiyatlari, cheklovlar hamda korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar qonunchilikda mustahkamlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan davlat dasturi doirasida korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot, shuningdek, “1253” qisqa raqamli “Call-markaz” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatchilari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun 80 dan ortiq oʻquv kursi, seminar, trening tashkil etilib, unda 15 mingdan ortiq ishtirokchining korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida malakasi oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatish sifati yaxshilanib, ortiqcha tartib-taomillar qisqartirilgan hamda elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 73 turdagi hujjat va maʼlumotlarni aholidan talab qilish bekor qilinib, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar soni 95 tagacha (43 foiz) qisqartirilgan hamda 6 ta litsenziya va ruxsatnomada belgilangan 17 ta talab va shartlar bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 30 kundan 90 kungacha muddatda koʻrsatilgan 59 turdagi davlat xizmatlarining muddatlari 1 kundan 30 kungacha qisqartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida 2022-yil uchun “Transparency International”ning korrupsiyani qabul qilish indeksi yangi reytingida Oʻzbekiston 14 pogʻonaga koʻtarilib, indeks bahosida qatorasiga 9 yil davomida barqaror oʻsishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, sohada yechimini kutayotgan ayrim muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, davlat xaridlari bilan bogʻliq budjet mablagʻining talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan 225 ta, subsidiyalar ajratish jarayonlaridagi noqonuniy harakatlar bilan bogʻliq 215 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida nazorat organlari tomonidan 747 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati noqonuniy tekshiruvdan oʻtkazilgan boʻlsa, 15 280 ta holatda tekshirish oʻtkazish tartibi buzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha preventiv chora-tadbirlar yetarli darajada amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2022-yilda ochiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati atigi 2 taga kengaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlarda faoliyat yuritayotgan 1 625 nafar davlat xizmatchisi davlat xizmati bilan birga (rahbar yoki taʼsischi sifatida) tadbirkorlik faoliyati bilan ham shugʻullanib kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan 2 256 ta loyihaning 391 tasi (17 foizi) boʻyicha qonunchilik talablariga zid ravishda cheklist toʻldirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilmasdan turib, Adliya vazirligiga kiritilgan eng koʻp loyihalar Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Energetika vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hisobiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilib, korrupsiyaviy omillar mavjud emasligi toʻgʻrisida cheklist toʻldirilgan holda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan 293 ta loyihada 457 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng koʻp korrupsiyaviy omillar Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Ichki ishlari vazirligi, Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan taqdim etilgan loyihalarda aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari tomonidan koʻplab shartnomalar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan holda gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazmasdan tuzish orqali amalga oshirilgan. Davlat buyurtmachilari tomonidan qonunni buzgan holda raqobatli xarid shakllarini (tanlov, tender) amalga oshirmasdan shartnomalar tuzib, ularni gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazmasdan bajarilgan ish yoki tovarlar yetkazib berilgandan keyin ushbu shartnoma boʻyicha toʻlovlarni sud orqali undirish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgina 2021-2022-yillarda respublika boʻyicha sudlar tomonidan shu turdagi 592 ta ish yuzasidan 427,2 mlrd soʻmlik toʻlovni undirish boʻyicha sud qarorlari chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan shartnomalarning asosiy qismi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Xorazm viloyatlari (tuman va shahar) hokimliklari hissasiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi boʻyicha 63 ta davlat organi va tashkiloti, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini baholash belgilangan boʻlib, baholash natijalariga koʻra 20 tasining faoliyati “qoniqarsiz” baholangan boʻlsa, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyati baholanmasdan qolingan (maʼlumotlar taqdim etilmagan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xoʻjaligi vazirligi (13 ball), Andijon viloyati hokimligi (18 ball) tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha umuman ishlar amalga oshirilmaganligi natijasida baholash boʻyicha eng past natija qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu kabi “Uzbekistan Airports” AJ, “Mikrokreditbank” ATB, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Toshkent viloyati Boʻka tumani hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank, “Aloqabank” ATB, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Toshshahartransxizmat” AJning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiqlik indeksi boʻyicha 86 ta davlat organi va tashkilotining 2022-yil ikkinchi yarim yilligi boʻyicha faoliyatini baholash natijalariga koʻra, 27 ta davlat organi va tashkilotining ochiqlikni taʼminlash faoliyati “qizil”, yaʼni past samaradorlik koʻrsatkichni qayd etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hududlar boʻyicha Samarqand, Sirdaryo va Andijon viloyatlari hokimliklari faoliyati qoniqarsiz baholangan boʻlsa, respublika miqyosidagi tashkilotlar boʻyicha eng past koʻrsatkichni Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Yoʻlqurilish” AJ, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK, “Aloqabank” ATB, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi faoliyatida qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan holatlar korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatni yanada kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrish zarurligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 82-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 252-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini yanada kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashda belgilangan beshta yoʻnalishda ishlarni samarali ravishda tashkil etilishini taʼminlasin. Bunda asosiy eʼtiborni amalga oshiriladigan ishlarning natijadorligiga qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati bilan birga tadbirkorlik faoliyatini (rahbar yoki taʼsischi sifatida) amalga oshirayotgan davlat xizmatchilariga davlat xizmatini oʻtash bilan bogʻliq qonunchilikda belgilangan cheklovlar toʻgʻrisida tushuntirish oʻtkazsin va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini monitoring qilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi doimiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya bilan bogʻliq tezkor tadbirlar oʻtkazish amaliyotini tizimli ravishda davom ettirsin, bunda alohida eʼtiborni fuqarolar murojaatlaridagi har bir holatni oʻrganishga qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyalar va davlat xaridlari bilan bogʻliq noqonuniy holatlarning oldini olish va sodir etilgan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan oʻz vaqtida javobgarlikni taʼminlash boʻyicha nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tadbirkorlik subyektlari faoliyatini noqonuniy tekshirish holatlarining oldini olish va noqonuniy tekshirishga yoʻl qoʻygan nazorat organlari mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatdor vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan soʻzsiz va har tomonlama oʻtkazilishini taʼminlasin. Bunda asosiy eʼtiborni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha cheklistni sifatli toʻldirishga qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishga masʼul boʻlgan xodimlarning malakasi hamda masʼuliyatini oshirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Andijon, Xorazm viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini buzgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzib, ushbu shartnomalarni gʻaznachilik idoralaridan roʻyxatdan oʻtkazmasdan davlat xaridlarini amalga oshirish holatlarini tahlil qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni koʻrib, natijasi boʻyicha Senatga batafsil axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalarga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasin hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning masʼuliyatini yanada kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda korrupsiyaning oldini olishda oila institutini keng jalb qilish boʻyicha mexanizmlarni ishlab chiqib, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining raisi N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-861-IV-son