Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1056-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”)
(“Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1056-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-dekabr,
3840-IV-son