Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-dekabr,
3757-IV-son