Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
QL-1092, QL-1095 va QL-1097-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona va Soliq kodekslariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1092-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi, “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1095-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga professional va oliy taʼlim olishni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1097-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
3806-IV-son