Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga professional va oliy taʼlim olishni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1097-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 11-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga professional va oliy taʼlim olishni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1097-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
3804-IV-son