12.12.2023 yildagi 3784-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2023-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2023-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan budjet parametrlari doirasida amalga oshirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy iqtisodiy hamkorlarimiz boʻlgan davlatlarda iqtisodiy oʻsishning pasayishi holatlari kuzatilayotganligiga qaramasdan, oʻz vaqtida amalga oshirilgan keng koʻlamli va izchil islohotlar Oʻzbekiston iqtisodiyotining barqaror oʻsish surʼatlarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. 2023-yilning toʻqqiz oyida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 5,8 foizga, xizmatlar sohasi 6,5 foizga, sanoat 5,7 foizga, qurilish ishlari 5,6 foizga va qishloq xoʻjaligi 4,1 foizga oʻsgan. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 14,3 foizga oshib, 14,4 mln. soʻmni tashkil etgan. Tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd. dollarni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 22,1 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida mamlakatimizda ragʻbatlantiruvchi fiskal siyosat olib borilganligi, samarasiz soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi natijasida tadbirkorlik sezilarli darajada faollashgan. Soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va soliq toʻlovchilarga qulayliklar yaratish evaziga legal faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ortishi natijasida Davlat budjeti daromadlarining hajmi 162,9 trln. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 16,6 trln. soʻmga oshirib (111,4 foizga) bajarilishiga erishilgan. Mahalliy budjetlarning daromadlar prognozi oshirib bajarilgan qismi hisobidan 2023-yilning toʻqqiz oyida hududlar ixtiyorida jami 3,0 trln. soʻm mablagʻlar qoldirilgan. Mazkur mablagʻlar hududlarni rivojlantirishga qaratilgan eng dolzarb vazifalarni hal qilishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining ijtimoiy yoʻnaltirilganlik tamoyili saqlab qolingan holda, umumiy xarajatlarning 98,5 trln. soʻmi yoki 49 foizi ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun sarflangan. Bunda ijtimoiy xarajatlarning 88,5 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash xarajatlariga yoʻnaltirilgan. Aholi farovonligini taʼminlashga qaratilgan “Tashabbusli budjet” loyihalari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilib, ularga 3,9 trln. soʻm budjet mablagʻlari yoʻnaltirilgan. Shuningdek mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholining dolzarb muammolarini hal etish bilan bogʻliq tadbirlarga 6,1 trln. soʻm sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erishilgan ijobiy natijalar bilan birga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish borasida ayrim kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, ayrim soliq tushumlarini jumladan, foyda soligʻi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga, aylanmadan olinadigan soliq 8,8 foizga, neft mahsulotlari aksizi tushumi 48,5 foizga pasaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga xarajatlar sohalar kesimida belgilangan rejalarga koʻra toʻliq ijro etilmagan. Ijtimoiy xarajatlar 96,5 foizga amalga oshirilgan boʻlsa-da, ushbu sohada kadrlar tayyorlash uchun ajratilgan mablagʻlar 85,2 foizga, fanni rivojlantirish xarajatlari 90,7 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida rivojlantirish dasturlari uchun xarajatlar rejasining 71,6 foizi bajarilgan. Maktablarda maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun ajratilgan mablagʻlarning 46,1 foizi ishlatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida rivojlantirish dasturlari uchun xarajatlar rejasi 35,8 foizga ijro etilgan, xolos. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida “elektron sogʻliqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi majmuasini yaratish uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining 26,3 foizi, bolalar tibbiyot va tugʻruq muassasalarida yuqori texnologik laboratoriya uskunalaridan toʻlaqonli hamda samarali foydalanish maqsadida reagentlar, sarflanadigan anjomlar hamda servis xizmatlari uchun mablagʻlar 21,8 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlariga ajratilgan budjet mablagʻlarining 73,3 foizi oʻzlashtirilgan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan rivojlantirish dasturlari uchun xarajatlar 48,7 foizga, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi xarajatlar esa 22,7 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish davri tugaganligiga qaramasdan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Davlat budjetidan issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlariga ajratilgan mablagʻning atigi 69,6 foizi oʻzlashtirilgan. Bundan tashqari issiqlik taʼminoti uchun ajratilgan 196,8 mlrd. soʻm mablagʻning 45 foizi oʻzlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2023-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2023-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning toʻqqiz oyida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari 196,1 trln. soʻmni, xarajatlari esa 233,4 trln. soʻmni tashkil etib, 37,2 trln. soʻm (YIMga nisbatan 4,9 foiz) taqchillik bilan bajarilganligi qayd etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni barqaror rivojlantirish va iqtisodiyotda yuqori oʻsish surʼatlarini saqlagan holda, Davlat budjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlarini taʼminlash, ijtimoiy va iqtisodiyot sohalarida joriy yilda belgilangan dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlash, aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni davom ettirish, isteʼmol bozorlarida narx-navoni inflatsiyaning belgilangan meʼyorlari doirasida saqlab turish, shuningdek kuz-qish mavsumida issiqlik, elektr, koʻmir va boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil oxirigacha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi koʻzda tutilgan rivojlantirish hamda investitsiya dasturlarining oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlarini qonunga xilof ravishda sarflash va oʻzlashtirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, suv va qishloq xoʻjaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilayotgan davlat xaridlari bilan bogʻliq korrupsiya holatlari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining javobgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti hisobidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash hamda kambagʻallikni qisqartirish maqsadlarida ajratilayotgan subsidiya mablagʻlaridan samarali foydalanish va ularning natijadorligi ustidan taʼsirchan nazorat tizimini oʻrnatish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat budjetida koʻzda tutilgan daromad koʻrsatkichlariga erishish borasida soliqlar va yigʻimlarni toʻlaqonli undirish, soliq solish bazasini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan budjet intizomini buzish, kamomadlar va maqsadsiz xarajatlar, shuningdek xarajatlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaslik va ortiqcha xarajatlarga yoʻl qoʻyish holatlariga chek qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning natijadorligini taʼminlashda oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib joylarda oʻrganishlar oʻtkazish va bu borada deputat nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3784-IV-son