Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vazirligi oʻrtasida maxfiy harbiy maʼlumotlarni himoya qilishning chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Vashington, 2023-yil 9-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1103-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 19-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vazirligi oʻrtasida maxfiy harbiy maʼlumotlarni himoya qilishning chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Bitimni (Vashington, 2023-yil 9-iyun) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1103-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-dekabr,
3859-IV-son