Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinsin.
2. Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mazkur Qonun yuzasidan u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida qaror qabul qilmagan taqdirda, Qonun Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-dekabr,
3852-IV-son