Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1104-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 19-dekabrda kiritilgan “Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi 95-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1949-yil 1-iyul) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1104-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-dekabr,
3851-IV-son