Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijara munosabatlari va pensiya taʼminoti borasidagi huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1053-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1081-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirsin.
2. Mazkur qonun loyihasi koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-dekabr,
3832-IV-son