25.12.2023 yildagi 3837-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fan-texnika, taʼlim, turizm, madaniyat, sport va milliy arxiv ishi kabi qator sohalardagi munosabatlarni tartibga solishga doir qonun hujjatlari ijrosini doimiy nazorat qilish, saylovchilar bilan muntazam muloqot oʻrnatish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hisobot davrida mamlakatimizda fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari sohalarini takomillashtirishning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan 8 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, shundan 6 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini maromiga yetkazish hamda ularning har jihatdan pishiq va mukammal boʻlishini taʼminlash maqsadida Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalari muhokamasi boʻyicha ishchi guruhning jami 27 ta yigʻilishi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan jami 13 ta nazorat-tahlil tadbiri tashkil etilgan. Ulardan 10 tasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga, 3 tasi qonun va qonunosti hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganishga oid tadbirlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek Qoʻmita tashabbusi bilan joriy yil 15-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga “Maktablarda qoʻshimcha oʻquvchi oʻrnini yaratish hamda maktablarning moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” hamda 21-iyunʼ kuni Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A. Ikramovga “Aholining keng qatlamlari, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida sport va jismoniy tarbiya boʻyicha ommaviy tadbirlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” parlament soʻrovlari yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmita tomonidan qonun loyihalari muhokamasiga, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fan-texnika, taʼlim, turizm, madaniyat, sport va milliy arxiv ishi sohalarida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini saylovchilarga tushuntirishga, tegishli tarmoq va sohalardagi mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan 5 ta davra suhbati, 1 ta seminar, 2 ta konferensiya hamda 3 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslardan Qoʻmita aʼzolari nomiga kelgan jami 603 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari hamda Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 2 427-marta chiqish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar tahlili Qoʻmita oʻz faoliyatini samarali tashkil etishda eʼtibor qaratishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, Qoʻmita masʼul boʻlgan qonunlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish, uning yakuni boʻyicha takliflarni tayyorlash va ekspertlar guruhining majlislarida muhokama qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilgan va qabul qilingan qonunlarni monitoring qilgan holda ularda belgilangan qonunosti hujjatlarning oʻz vaqtida qabul qilinishi borasida vazirlik va tashkilotlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan ishlarini yanada kuchaytirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohaga oid qonunlar boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish, qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazish boʻyicha ishlarga keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni doimiy ravishda jalb etish, bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Qoʻmita oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash va ularni qonunlarda aks ettirish boʻyicha tashabbus bilan chiqish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, davlat dasturlari hamda Qonunchilik palatasi qarorlarida nazarda tutilgan Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan masalalarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratish muhim ahamiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sohasidagi, qonun loyihalari va nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi faoliyatini tizimli tashkil etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2023-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini ishlab chiqish va maromiga yetkazishda, nazorat- tahlil tadbirlarini oʻtkazishda doimiy ravishda keng jamoatchilikni, soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmitaga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida tegishli davlat organlari tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonun hujjatlarining ijro etilishi holatining doimiy monitoringini yuritish va monitoring natijalarini Qoʻmitada muhokama qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashda oʻz faoliyat yoʻnalishiga aloqador vazirlik va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish choralarini koʻrish, bu borada ular bilan hamkorlikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining va oʻtkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarining mazmun-mohiyatini doimiy ravishda jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3837-IV-son