Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1091-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1091-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 28-noyabrda kiritilgan “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1091-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-dekabr,
3749-IV-son