Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-dekabr,
3772-IV-son