Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1088-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1088-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 24-noyabrda kiritilgan “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1088-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-dekabr,
3746-IV-son