Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2025 12.04.2000 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.08.2025
Hujjat 12.04.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH FAVQULODDA KOMISSIYASI TARKIBINI VA KOMISSIYA TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-avgustdagi 539-sonli “Respublika va hududiy favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Epidemiyaga qarshi kurash respublika favqulodda komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1990-yil 19-yanvardagi 41-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-dekabrdagi 314-son va 1992-yil 15-apreldagi 189-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 12-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-apreldagi 142-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish, ushbu kasalliklar epidemiyalarining (VICH infeksiyani (SPID), vabo, gripp va boshqalarning) odamlar oʻrtasida tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish, oziq-ovqatlardan ommaviy ravishda zaharlanish hollarining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jamoat tashkilotlari orqali amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, jamoat tashkilotlarining insonning yuqumli kasalliklari epidemiyalarining, oziq-ovqatlardan ommaviy ravishda zaharlanishi hollarining oldini olishga, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka va ularni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv bilan taʼminlashni tashkil etish hamda kommunal va idoraviy suv quvurlaridagi, ichimlik suv bilan taʼminlashning markazlashtirilmagan manbalaridagi ichimlik suv sifatini oshirish tadbirlari ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarning epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtirib boradi, zaruriyat boʻlganda ularga yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni kamaytirish tadbirlarini bajarishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi hamda Komissiya raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, boshqa manfaatdor tashkilotlar, korxonalar va muassasalar vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Funksiyalari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasiga odamlar oʻrtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini yaxshi sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, aholi yashaydigan joylarni kanalizatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash va sanitariya jihatidan tozalash, vazirliklar va idoralar, tashkilotlar va muassasalarning, shuningdek, viloyatlar epidemiyaga qarshi kurashish komissiyalarining ushbu masalalar boʻyicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va uni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasini yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalishi va aholi oʻrtasida oziq-ovqatlardan zaharlanish hollari hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida xabardor qilish vazifalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yuqumli kasalliklar tarqalgani va oziq-ovqatlardan ommaviy ravishda zaharlanish hollari qayd etilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar mablagʻlarini epidemiyaga qarshi aniq tadbirlarni bajarish uchun jalb qiladi va ularni amalga oshirish uchun masʼul shaxslarni tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni, markazlashtirilgan suv manbalarini va ochiq suv havzalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli tekshiruvdan oʻtkazish hamda infeksiya tarqalishiga sabab boʻlgan suv va oziq-ovqatlar sotilishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli ichak kasalliklariga chalingan bemorlarni jadal aniqlaydi va statsionar davolashga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gigiyena boʻyicha oʻqitishni hamda uy-joy-kommunal xoʻjaligi, goʻsht, sut va oziq-ovqat sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy taʼminot, qurilish va transport, sogʻliqni saqlash tashkilotlari, muassasalari va korxonalari hamda boshqa vazirliklar va idoralar xodimlari tomonidan bajariladigan sanitariya normalari va qoidalariga amal qilish tadbirlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya jihatidan yaxshi boʻlmagan hududda yashovchi aholini yaxshi sifatli ichimlik suv bilan toʻliq taʼminlashga qaratilgan sanitariya-kommunal va tibbiy tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, aholi punktlarini kanalizatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash, ochiq suv havzalariga oqiziladigan oqova suvlarni puxta tozalash va zararsizlantirish, hududlarni xoʻjalik-maishiy axlatlardan doimiy ravishda tozalash, axlatxonalarni zarur tartibda saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan va sotadigan korxonalarda sanitariya rejimiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik tarqalgan joylarda shoshilinch yalpi profilaktika oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati organlari va tegishli xizmatlar orqali suvdan xoʻjalik-ichimlik va madaniy-maishiy maqsadlarda foydalanish boʻyicha cheklash tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxslarning epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarini muntazam ravishda eshitadi va ularning natijalari boʻyicha tashkiliy va amaliy qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar tarqalishi yoki oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish hollarining sabablari va ularni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisidagi barcha materiallarni koʻrib chiqadi, ushbu kasalliklarning paydo boʻlishiga yoki zaharlanishlarga sababchi shaxslarni aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi oʻrtasida alohida xavfli kasalliklarga chalinishlar qayd etilgan taqdirda Komissiya zarur hollarda qoʻshimcha ravishda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infeksiya paydo boʻlgan joylarda karantin-cheklash chora-tadbirlarini yoki karantinni joriy etish va bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infeksiya manbaini yoʻqotish boʻyicha muvaqqat qoʻmitani va uning ish rejasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infeksiya manbaini bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirilishining borishi toʻgʻrisidagi masalani muntazam ravishda eshitish va uning natijalari boʻyicha zarur qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy yuqumli kasalliklar va odamlarning oziq-ovqatdan zaharlanishi hollari toʻgʻrisida vazirliklar va idoralardan axborotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yuqumli kasalliklar va ovqatdan zaharlanishning oldini olish ishlarining ahvolini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar oʻrtasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida korxonalar, tashkilotlar, muassasalarda, alohida aholi punktlari va hududlarda karantin-cheklash chora-tadbirlari hamda karantin joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hujjatlar talab qilish hamda ularning rahbarlarining yuqumli kasalliklarning oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, sanitariya-profilaktika va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarini Komissiya majlislarida eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning aybi bilan yuqumli kasalliklar epidemiyasi avj olishiga yoki oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish hollariga yoʻl qoʻygan vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarining mansabdor shaxslarini ishdan chetlatish, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani tegishli organlar oldiga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarning oldini olish va ular darajasini pasaytirish, shuningdek, oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olish bilan bogʻliq masalalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilgungacha suv quvurlarni, kanalizatsiya, gidrotexnika inshootlari va boshqa kommunal inshootlardan, oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish, savdo korxonalaridan, madaniy-maishiy maqsaddagi binolardan va boshqa obyektlardan foydalanish, shuningdek, markazlashtirilgan suv manbalari va ochiq suv havzalarining ifloslangan suvlaridan, oziq-ovqat mahsulotlaridan, qoniqarsiz sanitariya holatida yoki ularning odamlar sogʻligʻiga xavfli taʼsiri mavjud boʻlgan hollarda harakatlanadigan sostavdan va samolyotlardan foydalanishni davlat sanitariya nazorati organlarining taqdimnomasi boʻyicha taqiqlash yoki vaqtincha toʻxtatib qoʻyish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlarni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi reja boʻyicha ish olib boradi va u quyidagi joriy va istiqboldagi masalalar hal etilishini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklar va oziq-ovqatdan zaharlanishning paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar tomonidan VICH infeksiyasi (SPID) va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarining, shuningdek, Komissiya qarorlarining bajarilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi raisi vujudga kelayotgan epidemiyaga qarshi vaziyatni hisobga olgan holda Komissiyaning rejali va navbatdan tashqari majlislari chaqirilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi hamda qabul qilinadigan qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi majlisiga, koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga qarab, vazirliklar, idoralar, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va mehnat jamoalarining rahbarlari yoki vakillari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida protokol yuritiladi, protokol koʻchirma tarzida manfaatdor tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga, shuningdek, ommaviy axborot vositalariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protokolni majlisda raislik qilgan shaxs va masʼul kotib imzolaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasi aʼzolari oʻz vazifalarini, qoidaga koʻra, ish vaqtida amalga oshiradilar. Asosiy ish bilan bogʻliq boʻlmagan topshiriqlarni bajarish davrida Komissiya aʼzolariga doimiy ish joyi boʻyicha ish haqi saqlanib qoladi.