12.01.2024 yildagi PQ-21-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, mamlakatimizning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va unga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish orqali togʻli va chekka hududlar hamda choʻl mintaqalaridagi aholini ish bilan taʼminlash, ularning daromad manbaini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda — ekohududlar) joylashgan yer uchastkalarini kompleks turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻygan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya vazirligiga ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarning batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini ishlab chiqish uchun xorijiy loyiha institutlarini, shuningdek, maslahatchilarni jalb qilish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarning batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar xizmatlariga haq toʻlash Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik klasterlar hududidagi turistik obyektlar Ekologiya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadigan yengil va tez quriladigan konstruksiya hamda ekologik toza qurilish materiallaridan barpo etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda turizm xizmatlari inson faoliyatining atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olishni nazarda tutuvchi ekohududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq koʻrsatiladi. Bunda, ekohududlarni rivojlantirish dasturlari Ekologiya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturini 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmat) turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining manzilli roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov) ikki oy muddatda ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologiya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarining batafsil rejalashtirish loyihalari va master rejalarini quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning mavjud tabiiy resurslaridan kelib chiqqan holda turistik soʻqmoqlar, selfi zona va piknik zonalar, manzarali tomosha qilish maydonchalari va hayvonlarni masofadan kuzatish imkonini beruvchi fototurlarni tashkil qilish hududlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni tashlash va ekohududda oʻrnatiladigan yoʻl koʻrsatkichlari nuqtalarini belgilash hamda ekologik talablarga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemping, glemping, oʻtov, ekouylar va boshqa turdagi joylashtirish vositalari joylashuvini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarga kirish qismida elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari, koʻchma restoranlari mavjud boʻlgan avtoturargohlar joylashuvini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarda mavjud turizm xizmatlari va turistik salohiyat toʻgʻrisida maʼlumot olish, ekohududning elektron turistik xaritasi, suvenir mahsulotlari savdosi va boshqa xizmatlar koʻrsatadigan tashrif markazlari (visitor center) joylashuvini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ekologiya vazirligi bilan birgalikda ekohududlarda turistik klasterlarni tashkil qilish uchun salohiyatli xorijiy va mahalliy investorlar hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlarni, shu jumladan ularning grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarda yoʻl-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish xarajatlarini xorijiy investorlar mablagʻlari hisobidan qoplash boʻyicha muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salohiyatli xorijiy investorlarga loyiha takliflari (obyektlari) toʻgʻrisida “Road-show” taqdimotlar oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha tashabbuskorlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilagan holda turizm infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkasini ijaraga berishda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarni rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududning ekologik holati va turizmni rivojlantirishning barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik talablar asosida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va xizmatlar sifatini jahon standartlari darajasiga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyaning muqobil va qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalangan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizimni yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion va zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm xizmatlarini koʻrsatuvchilar va isteʼmolchilar oʻrtasida avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida axborot almashinuvini tizimli yoʻlga qoʻyish orqali tashrif buyuruvchilar oqimini koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududdagi turistik soʻqmoqlar va yoʻl koʻrsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi turizm xizmatlarini (shu jumladan, Planting Tour, Plogging Tour va boshqalar) va ekoaksiyalarni tashkil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududning ishlab chiqilgan brendi asosida targʻibot dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududning rekreatsion salohiyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik klasterlarning tashrif markazlarida turistlar hisobini yuritib borishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar yer uchastkalarini va davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar yerlaridan doimiy foydalanuvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Ekologiya jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari hududiga kirish uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — Ekologiya jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — mahalliy budjetga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari yerlaridan doimiy foydalanuvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2028-yil 1-yanvargacha turistik klasterlarda yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat buyurtmachilariga xarid jarayoni ochiqligini taʼminlagan holda oʻz xodimlari uchun sayohatlarni ekohududlarga tashkil qilish maqsadida turoperatorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra turistik mahsulotlarni xarid qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologiya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridagi turistik klasterlarda tashrif markazlarini barpo qilish va tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda ushbu hududlarda turistik soʻqmoqlarni qurish loyihalarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-sentabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlardagi turistik klasterlar elektron xaritasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistik klasterlarning tashrif markazlarida taqdim etiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu hududlarga sayohatni rejalashtirish va joylashtirish vositalarini oldindan band qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud togʻ va gʻorlar, turistik soʻqmoqlar hamda ularning imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, eng yaxshi taklifni bildirgan tadbirkorlik subyektlari ularni tanlash asosida Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekohududlarda turizm salohiyati yuqori boʻlgan turistik soʻqmoqlarni aniqlash, ular boʻylab yaratiladigan infratuzilmaning (yoʻl koʻrsatkichlari, kemping, dam olish joylari va boshqa) joylashuvini belgilash, shuningdek, ularning elektron xaritasini ishlab chiqish uchun maʼlumotlar shakllantirishga mutaxassis va mahalliy aholini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 5-ilovada belgilangan tuman va shaharlarda avtokemping lagerlari tashkil qilinadigan hududlarni belgilash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2027-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻl hududlarida rekreatsion turistik xizmatlarni koʻrsatuvchi kurort zonalarini (toifali mehmonxonalar, SPA-mehmonxonalar, sanatoriy va pansionatlar) tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari uch yil davomida foyda soligʻini va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻl hududlarida tematik xiyobonlarni tashkil qilgan yuridik shaxslar tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan eʼtiboran uch yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu soliqlar boʻyicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorining 5-bandi “yer soligʻi” soʻzlaridan keyin “hamda foyda soligʻi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MILLIY DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Ijro uchun masʼullar

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish:

davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida (keyingi oʻrinlarda — ekohududlar) joylashgan yer uchastkalari uchastkalarini ularning toifasini oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga berish;

ekohududlarda joylashgan turistik klasterlar tashkil etish uchun ijaraga beriladigan yer uchastkalariga yillik ijara miqdorini belgilash tartibini ishlab chiqish;

ekohududlarda joylashgan yer uchastkalarini turistik klasterlar tashkil etish uchun ijaraga berish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan tuziladigan namunaviy shartnomani ishlab chiqish;

Mazkur qarorning 3-ilovasida belgilangan davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari, oʻrmon xoʻjaliklarida turistik klasterlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan hududlar chegaralarini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil mart

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Mazkur qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarining batafsil rejalashtirish loyihalari va master-rejalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-2025-yillar davomida

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlar hududida turistik obyektlarni qurish uchun yengil va tez quriladigan konstruksiya hamda ekologik toza qurilish materiallarga qoʻyiladigan norma va talablarni belgilash.

Amalga oshirish shakli: qoʻshma idoraviy hujjat.

2024-yil mart

-

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

4.

Ekohududlarda yaqin besh yillik davrda inson faoliyati natijasida ekologiya va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin boʻlgan har qanday zararning oldini olishni nazarda tutgan holda rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: har bir ekohududni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha reja-grafik.

2024-yil aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon xoʻjaliklari hududiga kirish uchun toʻlov undirish miqdori, tartibini ishlab chiqish.

Bunda, toʻlovlarni elektron kuzatish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Ekohududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularning brendini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: har bir ekohududning brendini ishlab chiqish boʻyicha reja-grafik.

2024-yil may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

manfaatdor

vazirlik va idoralar

7.

Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yoʻl koʻrsatkichlarni markirovkalash tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Turizm qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

8.

Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi turistik soʻqmoqlar tashkil qilish tartibini belgilash:

turistik soʻqmoqlarga talablar va ularni tashkil qilish;

turistik soʻqmoqlar reyestrini yuritish;

turistik soʻqmoqlarni belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash;

turistik soʻqmoqlarning elektron xaritalarini ishlab chiqish;

turistik soʻqmoqlarning marshrut yoʻnalishlarini internet xaritalarda belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat va standart loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

9.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tilida va kamida ikki xorijiy tillarda yuritiladigan “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishlab chiqish:

turistik klasterlari hududlarining elektron xaritasi;

tashrif markazlarida taqdim etiladigan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;

ushbu hududlarga sayohatlarni rejalashtirish va joylashtirish vositalarini oldindan band qilish;

respublika hududida mavjud turistik soʻqmoqlar va ular imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar.

Amalga oshirish shakli: platformani ishlab chiqish va ishga tushirish.

2024-yil avgust

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

10.

Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil etiladigan tashrif markazlarini (visitor center) qoʻyiladigan talablarni belgilash.

Amalga oshirish shakli: standart loyihasi.

2024-yil may

-

Turizm qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

11.

Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari hududi va ular atrofidagi chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Turistik klasterlar tashkil qilish uchun salohiyati yuqori boʻlgan togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini rejalashtirish va loyihalashtirish ishlarini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi reja-grafik.

2024-yil may

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Oʻzbekistonning ekoturizm xaritasini ishlab chiqish va chop etish.

Amalga oshirish shakli: ekoturizm xaritasini ishlab chiqish.

2024-yil yanvardan boshlab, doimiy

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

14.

Quyidagi joylashtirish vositalariga toifa (yulduz) berish tartibini belgilash:

Glempinglar va oʻtovlar;

modulli mehmonxonalar.

Amalga oshirish shakli: standart loyihasi.

2024-yil iyun

-

Turizm qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

15.

Ekohududlarda oʻljalardan va tabiat inʼom etgan mahsulotlardan suvenirlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil apreldan boshlab, doimiy

-

Savdo-sanoat palatasi,

Hunarmand uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

17.

Ekohududlarda turistlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

18.

Ekohududlarda ommaviy-madaniy tadbirlarni tashkil qilish va ularni oʻtkazish, shuningdek, mazkur hududlarda tashkil etiladigan tadbirlarning yagona kalendar rejasini shakllantirish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Yoshlar ishlari va sport vazirligi,

manfaatdor

vazirlik va idoralar

19.

Choʻl hududlarida tadbirkorlik subyektlarining turistlarga koʻchat va butalar ekish hamda daraxtlardan labirint xizmatlari tashkil qilish loyihalari uchun koʻchat va butalarni xarid qilish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyul

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

20.

Ekohududlarda joylashtirish vositalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, ularni mustaqil va koʻchma oqova suv tizimi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

21.

Ekohududlarda turoperatorlar tomonidan turizm xizmatlarini tashkil qilish davomida sayyohlar xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi tartibni belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil aprel

-

Turizm qoʻmitasi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

22.

Ekohududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlari xarajatlarining qoplab berish tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2024-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

23.

Yovvoyi hayvonlarni ovlashga ruxsat berish, rasmiylashtirish, hisobini yuritish, onlayn toʻlov hamda olingan ruxsatnomalardan foydalanishni nazorat qilish mexanizmini oʻz ichiga olgan yagona avtomatlashtirilgan elektron tizim va uning mobil ilovasini yaratish hamda uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi

24.

Respublikaning tuman va shaharlarida tabiat muzeylarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2025-yil mart

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

25.

Ekohududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, turizm va unga yondosh infratuzilmani qurish, rekonstruksiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda investitsiya dasturiga kiritib borish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil davomida,

doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

26.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish:

yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari, ularga toifalarni belgilash hamda malaka sertifikatini berish tartibi;

ekoturizm yoʻnalishida turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishda turistlar hayoti va sogʻligiga javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi talablarni belgilash.

Amalga oshirish shakli: normativ-huquqiy hujjat va standart loyihasi.

2024-yil aprel

-

Turizm qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

27.

Qoʻshni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash tartibini belgilash.

Amalga oshirish shakli: qoʻshma reglament loyihasi.

2024-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi

28.

Qoʻshni respublikalar bilan chegaradosh hududlar orqali koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarning yillik sonini aniqlash boʻyicha idoralararo elektron axborot almashuvi tizimini joriy qilish hamda hisobga kiritilgan (olingan) yovvoyi hayvonlarga oid maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024-yil sentabrdan boshlab,

har chorakda

Ekologiya jamgʻarmasi va qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

29.

Surxon davlat qoʻriqxonasining Zarautsoy qoʻriqlanma hududida kamida 5 ta ekoturizm maskanlarini tashkil etish boʻyicha investorlarni jalb qilish choralarini koʻrish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024 — 2026-yillar davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

30.

Respublikaning togʻli hududlarida dor yoʻli va tomosha maydonlarini va choʻl hududlarida 20 ta safari, ralli va boshqa ekstremal turizm obyektlarini tashkil qilish.

Amalga oshirish shakli: amaliy chora-tadbirlar.

2024 — 2026-yillar davomida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

31.

Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi va “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni inobatga olish.

Amalga oshirish shakli: Qonun loyihasi.

2024-yil aprel

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

32.

“Yashil sayohat” (Green travel) milliy standart va sertifikatlash tizimini yaratish.

Bunda, joylashtirish vositalari, shu jumladan, muhofaza etiladigan hududlarda barpo etiladigan mehmonxona (kemping, glemping, ekouylar, oʻtovlar va b.), hunarmandchilik mahsulotlari, ovqatlanish va chakana savdo, osma dor yoʻllari va boshqa turdagi turistik obyektlarni faqatgina ekologik toza hamda qayta ishlanadigan materiallardan barpo etishga qoʻyiladigan talablarni belgilash.

Amalga oshirish shakli: milliy standart va sertifikatlash tartibi.

2024 — 2026-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-106-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmat) turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat (xizmat) turi

1.

Tashrif markazlari (Visitor center)

2.

Tabiat muzeyi

3.

Modulli mehmonxonalar

4.

Glempinglar majmuasi

5.

Chodirli (kemping) lagerlar

6.

Oʻtovli lagerlar

7.

Avtokempinglar majmuasi

8.

Ekouylar majmuasi

9.

Konteyner shaharchalar

10.

Hunarmandchilik va suvenir mahsulotlari savdosi

11.

Piknik zona

12.

Baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlari

13.

Ekstremal turizm yoʻnalishida zarur boʻladigan anjomlar ijarasi markazi

14.

Boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan (erkin uchish) aerostatlar

15.

Banji-jamping attraksionlari

16.

Ziplayn attraksionlari

17.

Zorbing markazi

18.

Velosiped ijarasi

19.

Kvadrotsikl va baggikarlar ijarasi (togʻli, choʻl va qumli hududlarda)

20.

Jip turlar (choʻl va qumli hududlarda)

21.

Kanatli (arqonli) park (Taypark)

22.

Sunʼiy qoyalarga chiqish (skalodrom)

23.

Ot va tuyada sayr qilish xizmati

24.

Rafting xizmati

25.

Kayaking xizmati

26.

Kaytsyorfing xizmati

27.

Deltaplan xizmati

28.

Motoparaplan xizmati

29.

Trekking va xayking uchun ekskursovod xizmati

30.

Elektromotorli qayiqlar ijarasi

31.

Qorda harakatlanishga moʻljallangan maxsus transport vositalari (togʻli hududlarda)

32.

Zorbing xizmati

33.

Qumli serfing va sendbording xizmati

34.

Qushlarni kuzatish (byordvotching) uchun maxsus joy

35.

Selfi zona

36.

Ekstremal turizm uchun tematik park

37.

Tungi vaqtda yulduzlarni kuzatish xizmati

38.

Oʻsimlik, daraxt va butalardan labirint faoliyati (choʻl va qumli hududlarda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari hamda suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan faoliyat (xizmat) turlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon xoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqish muddati

Davlat qoʻriqxonalari (bufer zonasi)

1.

Surxon davlat qoʻriqxonasi

2024-yil noyabr

2.

Hisor davlat qoʻriqxonasi

2024-yil dekabr

3.

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi

2025-yil oktabr

4.

“Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi

2025-yil noyabr

5.

Nurota qoʻriqxonasi

2025-yil dekabr

6.

Zomin davlat qoʻriqxonasi

2024-yil oktabr

7.

“Barsakelmes” davlat buyurtma qoʻriqxonasi

2025-yil dekabr

Milliy tabiat bogʻlari va pitomnik

8.

Markaziy Qizilqum milliy tabiat bogʻi

2025-yil noyabr

9.

Janubiy Ustyurt milliy tabiat bogʻi

2024-yil noyabr

10.

Zarafshon milliy tabiat bogʻi

2024-yil dekabr

11.

Xorazm milliy tabiat bogʻi

2025-yil dekabr

12.

Zomin milliy tabiat bogʻi

2024-yil noyabr

13.

Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻi

2025-yil oktabr

14.

Bobotogʻ milliy tabiat bogʻi

2024-yil dekabr

15.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati

2025-yil sentabr

16.

Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi

2025-yil iyun

Oʻrmon xoʻjaliklari

17.

Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi

2024-yil noyabr

18.

Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi

2025-yil iyul

19.

Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligi

2025-yil Dekabr

20.

Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi

2024-yil noyabr

21.

Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi

2025-yil iyul

22.

Hisor davlat oʻrmon xoʻjaligi

2024-yil oktabr

23.

Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi

2025-yil noyabr

24.

Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi

2025-yil oktabr

25.

Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi

2025-yil dekabr

26.

Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi

2024-yil noyabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat qoʻriqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon hoʻjaliklarida ekoturizm xizmatlari yoʻlga qoʻyiladigan hududlarning roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Suv havza nomi

Joylashgan joyi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Sudochye koʻli

Moʻynoq tumani

2.

Ashshikoʻl

Nukus shahri

3.

Qaratereng koʻli

Taxtakoʻpir tumani

4.

Aqchakoʻl

Ellikqalʼa tumani

Buxoro viloyati

5.

Jilvon jilosi koʻli

Shofirkon tuman

Jizzax viloyati

6.

Arnasoy suv ombori

Arnasoy tumani

7.

Tuzkon koʻli

Forish tumani

8.

Aydarkoʻl

Forish tumani

Qashqadaryo viloyati

9.

Xoʻjaipok

Dehqonobod tumani

10.

Konsoykoʻl

Dehqonobod tumani

11.

“Delfin” istirohat plyaji

Qarshi shahri

Navoiy viloyati

12.

Aydarkoʻl

Nurota tumani

13.

Toʻdakoʻl

Qiziltepa tumani

14.

“Yoshlar” sunʼiy koʻli

Navoiy shahri

Namangan viloyati

15.

Chortoq suv ombori

Chortoq tumani

Samarqand viloyati

16.

Qoratepa suv ombori

Urgut tumani

Surxondaryo viloyati

17.

“Uchqizil” suv ombori

Termiz tumani

18.

“Degriz”suv ombori

Oltinsoy tumani

19.

“Toʻpalang” suv ombori

Sariosiyo tumani

20.

Janubiy Surxon suv ombori

Qumqoʻrgʻon tumani

21.

“Oqtepa” suv ombori

Jarqoʻrgʻon tumani

Toshkent viloyati

22.

Chorvoq suv ombori

Boʻstonliq tumani

23.

Toshkent suv ombori

Oʻrta chirchiq tumani

Fargʻona viloyati

24.

“Karkidon” suv ombori

Quva tumani

Xorazm viloyati

25.

Qalʼajiq qalʼa

Bogʻot tumani

26.

Yoshlar koʻli

Urganch shahri

Toshkent shahri

27.

Choʻmilish plyaji

Chilonzor tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Quriladigan dor yoʻli soni

1.

Andijon viloyati

Xonobod shahri

1

2.

Namangan viloyati

Yangiqoʻrgʻon tumani

1

3.

Pop tumani

1

4.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

1

5.

Jizzax viloyati

Zomin tumani

1

6.

Forish tumani

1

7.

Baxmal tumani

1

8.

Samarqand viloyati

Nurobod tumani

1

9.

Qashqadaryo viloyati

Shahrisabz tumani

1

10.

Kitob tumani

1

11.

Qamashi tumani

2

12.

Surxondaryo viloyati

Boysun tumani

1

13.

Sariosiyo tumani

1

14.

Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani

4

15.

2

16.

1

17.

Parkent tumani

1

18.

Angren shahri

1

19.

Ohangaron tumani

1

Jami:

24

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zamonaviy talablar asosida dor yoʻllari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyiha nomi

Hudud nomi

Amalga oshirish muddati

Ajratiladigan yer maydoni

(gektar)

Loyihaning umumiy qiymati

shundan, moliyalashtirish manbalari boʻyicha

Oʻz mablagʻlari

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar

Tijorat banklari kreditlari

1.

Togʻ velosporti trassalarini (velosiped sportining togʻ velosporti va shosse turlari boʻyicha) jahon standartlari asosida barpo etish.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chimboyliq” MFY

3 yil

400

18 mln AQSH dolari

2 mln AQSH dollari

13 mln AQSH dollari

3 mln AQSH dollari

2 km uzunlikdagi dor yoʻli, tomosha maydonchasi va restoran.

Avtokempinglarni (karavan, kemperlar) ijaraga berish xizmati.

Zarur infratuzilmaga ega kempinglar va piknik zonalarni yaratish.

Turistik soʻqmoq va yoʻlaklarni (sayr va xayking) barpo etish.

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish.

Oʻrmonlarni saqlash, qoʻriqlash, oʻrash va yangi daraxtlarni ekish, ularni parvarishlash (bodom, doʻlana, yongʻoq va boshqalar) va qayta ishlash.

2.

Ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilmaga ega kempinglar va piknik zonalarni yaratish.

Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Burchmilla davlat oʻrmon xoʻjaligining Sijjak boʻlimi

2 yil

5

20 mlrd soʻm

-

20 mlrd soʻm

-

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Osma-dor yoʻllarini tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari istisno tariqasida 30 yilgacha ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi tomonidan ekologik turizm yoʻnalishida faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan istiqbolli turistik klasterlar loyihalarini amalga oshirish uchun dasturlar tasdiqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 07/24/21/0044-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)