10.01.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3489
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori, 10.01.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3489
Кучга кириш санаси
11.01.2024
Hujjat 18.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3489]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyundagi 339-son “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini yanada takomillashtirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolarini (ishtirokchilarini) roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2023-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/31-10-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/14-07-2/30-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 23-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 24-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 11-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 2023/31-10-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 01/14-07-2/30-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (bundan buyon matnda Klaster deb yuritiladi) hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, Klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori — Klaster hududida chet el investitsiyalari, oʻz mablagʻlari va/yoki bank kreditlari hisobiga investitsiya loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan murojaat qilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klaster aʼzosi (ishtirokchisi) — Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) guvohnomasi va Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomini olgan yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Klaster hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir talablarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan faoliyat yoʻnalishlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar koʻrsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Klaster hududiga quyidagi yoʻnalishdagi investitsiya loyihalari joylashtirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlar ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy texnika ishlab chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologik faol qoʻshimchalar, vitaminlar, sport ozuqalari, kosmetika va gigiyenik vositalar ishlab chiqarish;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-iyundagi 21-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 20-365-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 21-iyundagi 135/25-qr-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3489-1, 17.07.2024-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3489-1/0525-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika mahsulotlarini zamonaviy va innovatsion usulda saqlash, tashish va logistikasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Klaster hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha tashkiliy masalalar “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi (bundan buyon matnda Direksiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Investitsiya buyurtmanomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyiha tashabbuskori Klaster hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomasini Direksiyaga qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs ustavining koʻchirma nusxasi va chet el yuridik shaxsi uchun, shuningdek va yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxalari (yuridik shaxs uchun);
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-iyundagi 21-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 20-365-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2024-yil 21-iyundagi 135/25-qr-sonli qarori (roʻyxat raqami 3489-1, 17.07.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3489-1/0525-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya bitimining loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiya buyurtmanomasida yuridik shaxsga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi, chet el yuridik shaxsi uchun esa tegishli chet davlatning qonunchiligiga muvofiq soliq toʻlovchi identifikatsiya raqamining oʻxshashi koʻrsatiladi. Investitsiya buyurtmanomasida loyiha tashabbuskorining yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qoʻyish chogʻidagi boshlangʻich narx haqidagi, shuningdek har yilgi ijara toʻlovi miqdori haqidagi takliflari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet el yuridik shaxslari mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan, chet el yuridik shaxsi chet davlatning qonunchiligiga binoan yuridik shaxs ekanligini tasdiqlovchi legallashtirilgan hujjatlarning davlat va ingliz tiliga qilingan tarjimasini notarial tartibda tasdiqlangan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el yuridik shaxslari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni legallashtirish talab qilinmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarga apostil qoʻyilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar shartlashayotgan taraflardan birining hududida tayyorlanganligi yoxud muassasa yoki maxsus vakolat berilgan shaxs tomonidan ularning vakolati doirasida va belgilangan shaklda tasdiqlanganligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan boʻlsa, bu hujjatlar boshqa shartlashuvchi taraflarning hududlarida maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Investitsiya buyurtmanomasini ekspertiza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Direksiyaga kelib tushgan investitsiya buyurtmanomasi oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ekspertiza qilish va qaror qabul qilish muddati oʻn kunni tashkil etadi. Ekspertiza jarayonida investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, shuningdek uning ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish darajasi va ishlab chiqarishning raqobatbardoshliligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya ekspertiza qilishda investitsiya loyihasining quyidagi mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida loyiha tashabbuskori tomonidan qoʻyilgan maqsad va belgilangan vazifalarning aniqligi va asoslantirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi asosida taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan talab mavjudligi yoki bunday talabning kelajakda shakllanishi ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va oʻzini oqlashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspertizani oʻtkazish yakunlariga koʻra investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Direksiya tomonidan qaytarish sabablari asoslantirilgan holda loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarilishi mumkin. Loyiha tashabbuskori qaytarish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etganidan keyin tuzatilgan hujjatlar takroriy ekspertiza qilish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroriy ekspertiza qilish muddati besh kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, avval ekspertiza qilingan hujjatlar yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Direksiya tomonidan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Direksiya tomonidan investitsiya loyihasi boʻyicha quyidagi hollarda salbiy xulosa beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasining biznes-rejasi mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan shaklga mos kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan mahsulotga nisbatan talab mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasi Klaster faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari shunga oʻxshash investitsiya loyihasi boʻyicha qaror qabul qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskori tomonidan yer uchastkasining kerakli maydoni asoslantirilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl) hajmi oshkor etilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan salbiy xulosa berish uchun asos boʻladigan holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, Direksiya tomonidan investitsiya loyihasi boʻyicha ijobiy xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Direksiyaning xulosasi uning rahbari tomonidan imzolanadi hamda ijobiy xulosa imzolangan kundan boshlab bir kun ichida investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Direksiya salbiy xulosa qabul qilgan kundan boshlab bir kun ichida investitsiya buyurtmanomasi, unga ilova qilingan hujjatlar va xulosani loyiha tashabbuskoriga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashabbuskori investitsiya loyihasini qayta ishlagandan soʻng investitsiya buyurtmanomasini Direksiyaga takroran taqdim etishi mumkin. Bunda, takroran taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Investitsiya buyurtmanomasini ekspertiza qilish natijasi boʻyicha qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Direksiya tomonidan investitsiya buyurtmanomasi ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha ijobiy xulosa berilganida Agentlik tomonidan Klaster hududida investitsiya loyihasi amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Agentlik qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bayonnomadan koʻchirma investitsiya buyurtmanomasini bergan loyiha tashabbuskoriga bayonnoma tasdiqlangan kundan eʼtiboran bir kun ichida Direksiya tomonidan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlikning Klaster hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori quyidagilar uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya buyurtmanomasida koʻrsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron-onlayn auksion gʻolibi bilan investitsiya bitimini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashabbuskoriga yer uchastkasini ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlikning qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan hajmlardagi yer uchastkalari Direksiya tomonidan elektron onlayn-auksionga chiqariladi. Bunda, yer uchastkasini auksionga chiqarishni boshqa tashkilotlar bilan kelishish, shu jumladan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Klaster aʼzolarini (ishtirokchilarini) roʻyxatdan oʻtkazish va ularga Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) guvohnomasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Investitsiya bitimi yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn-auksion gʻolibi aniqlanganidan keyin loyiha tashabbuskori va Direksiya direktori tomonidan uch ish kuni ichida imzolanadi. Investitsiya bitimi investitsiya loyihasida bayon etilgan shartlar, muddatlar va tartib-taomillarga muvofiq tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Direksiya investitsiya bitimi imzolanganidan keyin shu kunning oʻzida loyiha tashabbuskorini Klaster aʼzolari (ishtirokchilari) reyestriga kiritadi va unga mazkur Nizomning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan shaklda Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) guvohnomasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Direksiya loyiha tashabbuskorini Klaster aʼzolarining (ishtirokchilarining) reyestriga kiritganidan keyin bir kun ichida bu haqida tegishli soliq, bojxona va statistika organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomidan mahrum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Loyiha tashabbuskori quyidagi hollarda Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomini yoʻqotadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan shugʻullanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) boʻlgan yuridik shaxs tugatilganda (faoliyati tugatilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster aʼzosining (ishtirokchisining) joylashgan joyi oʻzgarib, yangi joylashgan joyi Klaster hududidan tashqarida boʻlgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster aʼzosining (ishtirokchisining) arizasiga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) qayta tashkil etilgan taqdirda, bundan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha bir xil imtiyozlarga ega boʻlgan Klaster aʼzolari (ishtirokchilari) oʻrtasida amalga oshiriladigan qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Klaster aʼzosini (ishtirokchisini) maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan Direksiya taqdimiga binoan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom 23-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha loyiha tashabbuskorining Klaster (aʼzosi) ishtirokchisi maqomini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Agentlikning qaroriga muvofiq Direksiya Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) bilan investitsiya bitimini bekor qiladi va uni Klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ning reyestridan chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Direksiya Klaster (aʼzosi) ishtirokchisi Klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ning reyestridan chiqarilganidan keyin bir kun ichida bu haqida Klaster aʼzosini (ishtirokchisini), soliq, bojxona va statistika organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Loyiha tashabbuskorining Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomini yoʻqotishi soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning bekor qilinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Direksiya va Agentlik oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Loyiha tashabbuskori Direksiya va Agentlik xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BIZNES-REJASI

Investitsiya loyihasining nomi

Loyiha tashabbuskorining nomi

Investitsiya loyihasining umumiy qiymati (AQSh dollarida yoki AQSh dollari ekvivalentida)

Investitsiya loyihasining koʻlami (quvvati)

Investitsiya loyihasining tarkibiy qismlari (har birining narxlari koʻrsatilgan holda)

Investitsiya loyihasining maqsadi va vazifalari (miqdorlari bilan)

Investitsiya loyihasining moliyalashtirish manbalari

Investitsiya loyihasining amalga oshirish davri

1. Kirish

1. Investitsiya loyihasi infratuzilma bilan taʼminlanganligi, koʻzda tutilayotgan joyni tavsiflovchi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar va loyihaning taʼsir doirasi aks ettiriladi:

___________________________________________________________________________________________________________________

2. Ushbu boʻlimda investitsiya loyihasidan koʻzlangan maqsadning Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiqligini asoslantirish talab etiladi:

___________________________________________________________________________________________________________________

2. Marketing boʻlimi

1. Investitsiya loyihasida koʻzda tutilayotgan mahsulot (xizmat)ga boʻlgan mavjud va istiqboldagi (loyihaning yashash davri mobaynida) talabga baho beriladi:

___________________________________________________________________________________________________________________

2. Mahsulot (xizmat)ning bozordagi, shu jumladan eksport hajmlari va narxlari tahlilini hisobga olgan holda talab tahlili (uning tendensiyalari):

___________________________________________________________________________________________________________________

3. Talabning miqdor koʻrsatkichlarini baholash va asoslantirish, uning tendensiyalari va mahsulot (xizmat) narxlarini oʻzida aks ettiruvchi loyihadan koʻzlangan ijtimoiy-iqtisodiy foyda tahlili:

___________________________________________________________________________________________________________________

3. Texnologik boʻlim

Texnologiyalar va uskunalar toʻgʻrisida maʼlumot, ularning dunyo standartlariga muvofiqligi, shu vaqtgacha foydalanilayotgan uskunalar bilan texnologik muvofiq kelishi, “narx-sifat” boʻyicha eng maqbul muvofiqlik, texnologiyalar va uskunalar tanlovining muqobil variantlari, innovatsion uskunalarni qoʻllash, loyihada sifat koʻrsatkichlaridan foydalanilishi, loyihaga qoʻyiladigan texnik va texnologik talablarni belgilovchi normativ hujjatlar koʻrsatiladi:

___________________________________________________________________________________________________________________

4. Ekologik boʻlim

Investitsiya loyihasining ekologik jihatlari aks ettiriladi:

___________________________________________________________________________________________________________________

5. Arxitektura-qurilish boʻlimi

1. Vaziyatni rejalashtirish:

___________________________________________________________________________________________________________________

2. Qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalari bayoni:

___________________________________________________________________________________________________________________

3. Bosh reja sxemasi, bino va korpuslar joylashuvi:

___________________________________________________________________________________________________________________

4. Muhandislik uskunalari, tarmoqlari va tizimlari:

___________________________________________________________________________________________________________________

5. Muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari va inshootlari (suv taʼminoti, oqava tarmoqlari, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yongʻinni oʻchirish, havo aylanishi, aloqa, xabar berish tizimi va hokazo) boʻyicha texnologik va texnik yechimlar bayoni, asosiy koʻrsatkichlari;

___________________________________________________________________________________________________________________

6. Qurilish-montaj ishlari hajmining pul ifodasidagi qiymati:

___________________________________________________________________________________________________________________

7. Oʻxshash loyihalar, ommaviy loyihalar, takroran qoʻllaniladigan yakka tartibdagi loyihalardan foydalangan holda amalga oshirilgan variantlarni, tijorat ta�liflari asosida va (yoki) qabul qilingan loyiha yechimlari boʻyicha qurilish chizmalari, nuqson dalolatnomalari, jismoniy ishlar hajmlari asosida qurilish-montaj ishlarining chegaralangan qiymati hisob-kitoblari:

___________________________________________________________________________________________________________________

6. Moliyaviy-iqtisodiy boʻlim

1. Moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi:

___________________________________________________________________________________________________________________

2. Investitsiya loyihasining amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari boʻyicha investitsiya davri aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi:

___________________________________________________________________________________________________________________

3. Investitsiya loyihasining moliyaviy koʻrsatkichlari:

___________________________________________________________________________________________________________________

4. Mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning chiqish narxi hisob-kitobi:

___________________________________________________________________________________________________________________

5. Savdolardan keladigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi:

___________________________________________________________________________________________________________________

6. Pul mablagʻlari oqimining yigʻma hisob-kitobi:

___________________________________________________________________________________________________________________

7. Diskont usullari yordamida investitsiya loyihasini tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR).

___________________________________________________________________________________________________________________

7. Ijtimoiy boʻlim

1. Investitsiya loyihasining ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi:

___________________________________________________________________________________________________________________

2. Investitsiya loyihasining mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga taʼsiri:

___________________________________________________________________________________________________________________

3. Ishchilar va mutaxassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi:

___________________________________________________________________________________________________________________

4. Mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati:

___________________________________________________________________________________________________________________

Umumiy xulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning tavakkalchiliklari hamda boshqa xulosalar aks ettiriladi.

Loyiha tashabbuskori:

_________________________________

___________

___________

(Yuridik shaxs rahbari yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

(imzo)

(sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI GERBI

“TASHKENT PHARMA PARK” INNOVATSION ILMIY-IShLAB ChIQARISh FARMATSEVTIKA KLASTERINI RIVOJLANTIRISh DIREKSIYASI” DAVLAT MUASSASASI

GUVOHNOMA

Tartib raqami: __________________________

Berildi: ____________________________________________________________________________________ ga

(tashkilot nomi)

“TASHKENT PHARMA PARK” INNOVATSION

ILMIY-IShLAB ChIQARISh FARMATSEVTIKA KLASTERI

IShTIROKChISI SIFATIDA

Berilgan sana: __________________________

Asos: __________________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi qarorining sanasi va raqami)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR kodi): ________________________

Direktor:______ ____________________________ ______ __________________________

__________________________(F.I.Sh..)______________________________(QR kod)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2024-y., 10/24/3489/0018-son; 18.07.2024-y., 10/24/3489-1/0525-son)