1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.01.00 Hudud tarkibi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Saylov oʻtkazishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Saylov kuni yigirma bir yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Teng saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Yashirin ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohishi-irodasi nazorat qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi oshkoralik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi maʼlumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor tashkilotlar, saylovchilar tashabbuskor guruhlari oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida maʼlum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan, saylovchilar tashabbuskor guruhidan ariza olinganidan keyin besh kun ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydigan namunadagi mandatni kuzatuvchi uchun beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov uchastkasida hozir boʻlish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonlarini tuzishda hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini soʻrash va ularni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asos boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida yuqori saylov komissiyasiga maʼlum qilish.
(6-moddaning yettinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchi saylov byulleteniga oʻz belgisini qoʻyayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida boʻlish;
(6-moddaning sakkizinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilarga taʼsir oʻtkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilardan ularning kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qoʻyishda biron-bir tarzda yordam koʻrsatish;
(6-moddaning sakkizinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. SAYLOV OKRUGLARI VA SAYLOV UChASTKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar saylovini oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar saylashda – oltmishtadan koʻp boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylashda — oʻttiztadan koʻp boʻlmagan hududiy saylov okrugi tuziladi.
(7-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin eʼlon qiladi.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq tumanga boʻysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari Kengashlari va tegishli Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari tuzilmaydi, deputatlar saylanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda — harbiy qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari saylovdan kamida oltmish kun oldin tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa — istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va koʻpi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
(8-moddaning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. SAYLOV KOMISSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug saylov komissiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida komissiyaning raisi va olti — oʻn toʻrt nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi hamda oʻz vakolatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlariga saylov yuzasidan navbatdagi saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingunga qadar amalga oshiradi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi oʻz tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir maʼlumotlarni rasmiy mahalliy matbuot organlarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishli hududda ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izohlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, ularning tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti, bu qarorlar ushbu Qonunga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
(11-moddaning birinchi qismi 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) pul mablagʻlarini tegishli saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalari, binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari, saylovchilar roʻyxatlari, saylov komissiyalari bayonlari, saylov varaqalari, oʻz muhri, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
(11-moddaning 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi, saylov yakunlariga doir maʼlumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va koʻkrak nishonini beradi;
(11-moddaning 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) takroriy saylov oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) saylovni oʻtkazish va uni tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlar arxivlarga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va olti — sakkiz nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo toʻplashga oid imzo varaqalarini saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillaridan qabul qilib oladi, ularning toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari qabul qilinganligi toʻgʻrisida saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga varaqa qabul qilingan kun qayd etilgan maʼlumotnoma beradi;
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq 11 va 12-bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
(13-moddaning yettinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) saylovchilarning roʻyxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) saylov okrug boʻyicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻringa deputat saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda roʻyxatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat va okrug saylov komissiyalarining aʼzolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman, shahar va okrug saylov komissiyalarining aʼzolari, shuningdek uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq birinchi va ikkinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning aʼzosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli boʻlib, komissiya aʼzosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki oʻz vazifalarini muntazam ravishda eʼtiborsiz qoldirib kelgani taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganida saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, saylov komissiyasining majlisda komissiyaning majlis oʻtkazilayotgan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolati hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng boʻlinib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalarining, shuningdek tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki aʼzolaridan boshqa biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan uning oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishlari shart.
(17-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular koʻpi bilan uch kun ichida komissiya oʻrtaga qoʻygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatlarini toʻxtatadilar.
(17-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
(17-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim.
(18-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. SAYLOV KAMPANIYASI BOShLANGANLIGINI EʼLON QILISh. XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, ShAHAR KENGAShLARI DEPUTATLIGIGA NOMZODLAR KOʻRSATISh VA ULARNI ROʻYXATGA OLISh
(IV-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda Saylov kampaniyasi boshlanganligini eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputatlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, bevosita fuqarolar egadirlar.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek bevosita fuqarolar egadirlar.
(20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida olti oy oldin qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari imzolagan saylovda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingan kundan kamida olti oy oldin roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga ariza qabul qilingan kun qayd etilgan maʼlumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish yoki bermaslik toʻgʻrisida besh kun muddatda uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalar kelib tushishi navbatiga qarab tegishli viloyat, tuman, shahar matbuotida eʼlon qilinadi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan nomzodlar koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning viloyat organlari tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan hamda fuqarolar yigʻinlarida (vakillari yigʻilishlarida) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga vakolatlidir. Agar tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okrugi hududida fuqarolarning ikki va undan ortiq oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan boʻlsa, deputatlikka nomzod fuqarolar vakillarining yigʻilishlarida koʻrsatiladi. Yigʻilishda ishtirok etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka, qoida tariqasida, tegishli viloyat, tuman yoki shahar hududida ishlovchi yoki yashovchi fuqarolar nomzod etib koʻrsatiladi. Bir shaxs tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibini siyosiy partiyalarning va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzlari belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi lozim.
(22-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga vakolatlidir, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari esa shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qatʼi nazar, deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga haqlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Deputatlikka bevosita fuqarolar tomonidan nomzodlar koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining saylash huquqiga ega boʻlgan har bir fuqarosi yoki fuqarolar guruhi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish uchun tegishli saylov okrugining kamida ellik nafar saylovchisidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili guruhni roʻyxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
(221-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar tashabbuskor guruhi aʼzolarining roʻyxati, unda guruh aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash joyi manzili, pasportining seriyasi va tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining vakolatli vakilni tayinlash toʻgʻrisidagi qarori hamda qonunda belgilangan tartibda uning nomiga rasmiylashtirilgan ishonch qogʻozi;
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134—144 -moddalariga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzod koʻrsatish toʻgʻrisida saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining qarori va bayoni, unda nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi oʻziga taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlab, hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida, takroriy saylov yoki boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilayotgan taqdirda esa ikki kun ichida saylovchilar tashabbuskor guruhini roʻyxatga olish toʻgʻrisida yoki roʻyxatga olishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
(221-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tashabbuskor guruhi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin uning vakolatli vakiliga tegishli roʻyxatga olinganlik guvohnomasi hamda belgilangan namunadagi imzo varaqalarining blankalari beriladi.
(221-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tashabbuskor guruhini roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi asoslantirilgan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tashabbuskor guruhi oʻzining vakolatli vakili roʻyxatga olinganlik guvohnomasini olganidan keyingina deputatlikka nomzodni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini toʻplashga haqli. Bu sanaga qadar toʻplangan imzolar hisobga olinmaydi.
(221-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod koʻrsatgan saylovchilar tashabbuskor guruhi okrug saylovchilari umumiy sonining kamida sakkiz foizi miqdorida nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo toʻplashi, bunda imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir mahalla, qishloq yoki ovul boʻyicha mutanosib ravishda taqsimlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqalari shaklini tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi. Imzo varaqasida Deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar faqat bitta nomzodni qoʻllab-quvvatlab bir martagina imzo qoʻyishga haqlidirlar. Bunda saylovchi oʻz familiyasini, ismini, otasining ismini, tugʻilgan yilini (yoshi oʻn sakkizda boʻlsa, qoʻshimcha ravishda tugʻilgan kuni va oyini), yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini, shuningdek imzo qoʻygan sanani koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqasini saylovchilar tashabbuskor guruhining imzo toʻplagan aʼzosi, shuningdek saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili oʻz familiyasi, ismi. otasining ismini, yashash joyi manzilini, pasportining seriyasi va tartib raqamini koʻrsatgan holda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar imzosini toʻplash ish, xizmat, oʻqish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo toʻplash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib boriladi. Imzo toʻplayotgan shaxs tomonidan saylovchilarni majbur qilish va oʻziga ogʻdirib olishning har qanday shakli qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 147-moddasiga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo toʻplash tamomlanganidan soʻng saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili har bir mahalla, qishloq yoki ovul boʻyicha alohida-alohida qilib tikilgan imzo varaqalarini tegishli okrug saylov komissiyasiga topshiradi. Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirib koʻradi va besh kunlik muddat ichida, takroriy saylov yoki boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilayotgan taqdirda esa uch kunlik muddat ichida bayonni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga topshiradi.
(221-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shugʻullanuvchi muassasalarning mutaxassislarini jalb etishi mumkin. Ularning xulosalari viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolar soxtalashtirilgan deb topishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqalari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylovchilar tashabbuskor guruhidan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodni roʻyxatga olishni rad etadi.
(221-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-sonli Qonuniga muvofiq oʻn uchinchi — oʻn beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya tegishli organining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining rahbari, saylovchilar tashabbuskor guruhining vakolatli vakili deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya tegishli organining, fuqarolar yigʻinining (vakillari yigʻilishining), saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya tegishli organi majlisining, fuqarolar yigʻini (vakillari yigʻilishi), saylovchilar tashabbuskor guruhi yigʻilishining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzodning oʻz nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qoʻyilishiga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning, basharti ular deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisidagi arizalari.
(222-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida tegishli siyosiy partiyalarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlariga va saylovchilar tashabbuskor guruhlarining vakolatli vakillariga belgilangan tartibda maʼlum qiladi.
(222-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
(211 va 222-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
(23-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar, prokuratura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimlari bundan mustasno) deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzod etib roʻyxatga olinadilar.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida toʻxtatadi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va turar joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiyani yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organini yoxud saylovchilar tashabbuskor guruhini koʻrsatgan holda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni mahalliy matbuotda eʼlon qiladi.
(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga, mustaqil tashabbuskor guruhlarga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi. Saylovchilarning yigʻilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan barcha nomzodlar uchun mutlaq teng sharoitlarga rioya etilgan holda tashkil qilinadi. Mahalliy hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan binolar ajratishlari, deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallari olishda yordam koʻrsatishlari shart.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan yigʻilishlari va uchrashuvlari ish vaqtidan boshqa paytda oʻtkaziladi. Yigʻilishlar va uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga oʻzining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi. Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning dasturlari davlatning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan boʻlmasligi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilmasligi, unda urush, milliy adovat, irqiy va diniy xusumat targʻiboti, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga daʼvat boʻlmasligi kerak.
(25-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashviqotning saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlari bundan mustasno), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borilishi taqiqlanadi.
(25-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni tashviqot yuritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ishonchli vakillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod roʻyxatga olinganidan keyin oʻz ishonchli vakillarini oʻzi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga maʼlum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni roʻyxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga maʼlum qilgan holda saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-modda. Deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, saylovoldi yigʻilishlarida soʻzga chiqish, televideniye koʻrsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, oʻrtacha oylik ish haqi saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod boʻlish huquqiga ega.
(261-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Deputatlikka nomzodning transportda tekinga yurish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod roʻyxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat passajir transportining barcha turlarida (shahar yoʻlovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega boʻladi. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan turar joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, saylovchilar tashabbuskor guruhi u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli viloyat, tuman yoki shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi taklif kiritishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻxtatgan taqdirda ham tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. SAYLOVChILARNING ROʻYXATLARI. SAYLOV BYuLLETENI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida oʻn sakkiz yoshga toʻladigan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar roʻyxati har bir saylov uchastkasi boʻyicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuzilib, uni komissiya raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilarni hisobga olishni taʼminlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar toʻgʻrisida saylovchilar roʻyxatini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlardagi saylov-harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining va boshqa saylovchilarning roʻyxatlari, basharti, ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar oʻzlarining turar joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyxatiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan maʼlumotlari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi manzili aks ettiriladi.
(29-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlari bilan tanishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga oʻn besh kun qolganida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa — saylovga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan tanishish joyi va vaqti toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi saylovchilar roʻyxatidagi xato yoki noaniqlik toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida bunday arizani koʻrib chiqishi va xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma berishi shart.
(31-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tugʻilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud saylovchilar tashabbuskor guruhi koʻrsatiladi.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining koʻpchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 1-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan kechi bilan saylovga uch kun qolganida oladilar. Byulletenlar berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Saylov byulletenining oʻng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. OVOZ BERISh VA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ovoz berish binosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdordagi kabina yoki xonalar jihozlangan, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qoʻyilgan boʻlishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan oʻtib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni kechi bilan saylovga oʻn kun qolganida xabardor qiladi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti, roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgandagina ochiladi. Rais saylov komissiyasining aʼzolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlarini, saylovchilarning roʻyxatlarini saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini eʼlon qiladi. Byulletenlarning umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish binosiga kelgan, saylovchi uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovda saylovchi oʻzi qarshi ovoz berayotgan nomzodlarning saylov byulletenidagi familiyalarini oʻchiradi.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻldirilgan saylov byulletenini ovoz beruvchi saylov qutisiga tashlaydi.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz turar joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini talab qilib olib, bir qarorga kelgach, toʻldirilgan saylov varaqasini konvertga solib, uni yopiq holda uchastka komissiyasida qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Saylov varaqasining shakli saylov varaqalarini tayyorlash tartibi, ularni saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(38-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmaganligi taqdirida, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga koʻra komissiya aʼzolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining aʼzolari ishtirokida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilari komissiya raisi ovoz berish tugaganini eʼlon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish qatʼiyan taqiqlanadi.
(39-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulleteni va varaqasi olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov boʻyicha har bir saylov okrugi va har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan uchastka saylov komissiyasi(mazkur saylov uchastkasi doirasidagi har bir saylov okrugi boʻyicha):
(39-moddaning beshinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tomonidan saylov byulletenlari va varaqalariga qoʻshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
(39-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chogʻida bittadan ortiq deputatlikka nomzodning familiyasi qoldirilgan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulleteni, varaqasining haqiqiyligi shubha tugʻdirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.
(39-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida qarab chiqilib, har bir saylov okrugi boʻyicha tuziladigan bayonda aks ettiriladi. Bayon saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
(39-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglari boʻyicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
(40-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug boʻyicha saylovchilarning umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Deputatlar saylovining natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman, shahar boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlarning sonini;
(41-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan koʻpining ovozini olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, saylovda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning oʻttiz uch foizidan kami ishtirok etgan boʻlsa — saylov oʻtmagan deb topiladi.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov chogʻida yoʻl qoʻyilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman viloyat, tuman, shahar boʻyicha yoki ayrim saylov okruglari, yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha oʻtmagan deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylov uchastkalari boʻyicha saylov haqiqiy emas deb topilgani taqdirda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, basharti, bu natijalarsiz ham saylov umuman haqiqiy deb topilishi mumkin boʻlsa, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayon tuzadi va qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Takroriy ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, saylov okrugi boʻyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berish oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu xususda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod, basharti uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan koʻp boʻlgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) basharti, saylov okrugi boʻyicha deputatlikka koʻpi bilan ikki nomzod ovozga qoʻyilgan boʻlsa va ulardan birortasi ham saylanmagan boʻlsa takroriy saylovlar oʻtkaziladi;
(43-moddaning birinchi qismi “v” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
(43-moddaning birinchi qismi “g” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy saylov tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining topshirigʻiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov oʻtkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
(43-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oy ichida oʻtkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari Kengashi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan taqdirda, boshqa sabablarga koʻra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov oʻtkaziladi. Saylov tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kechi bilan bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa — oʻn besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻn besh kun qolganida toʻxtatiladi.
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. DEPUTATLARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV YAKUNLARINI EʼLON QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Deputatlarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi va bu haqda ularni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati etib saylansalar, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmalaridan soqit qilganliklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari shart.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi 809-I-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Deputatlar saylovining yakunlarini eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni va saylangan deputatlarning roʻyxatini tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi alifbo tartibida deputatlarning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va turar-joyini, saylov okrugining tartib raqami va nomini koʻrsatgan holda koʻpi bilan oʻn kun ichida matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va koʻkrak nishoni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va koʻkrak nishoni namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(47-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Deputatlikka nomzodlarni boshqa mablagʻlar hisobidan moliyaviy taʼminlash va oʻzga tarzda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablagʻlarini ixtiyori ravishda saylov oʻtkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablagʻlarni viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari saylov kampaniyasida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
(48-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisidagi Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zoʻravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yoʻl bilan toʻsqinlik qiluvchi shaxslar, shuningdek, soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin notoʻgʻri sanab chiqqan, yashirin ovoz berish tartibini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining aʼzolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari saylovchilar tashabbuskor guruhlarining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Deputatlikka nomzod toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar eʼlon qilgan yoki ularni oʻzgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-147-moddalariga qarang.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustdagi 520-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 134-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1050-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 9-10-son, 134-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2012-y., 51-son, 574-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)