1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.01.00 Hudud tarkibi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Referendumlar. Saylovlar. Saylov tizimi. Deputat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Saylov oʻtkazishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.01 Jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Umumiy saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Oʻzbekiston Respublikasining saylov kunigacha 18 yoshga toʻlgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Saylov kunigacha 21 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning oʻzida hokimiyatning ikkitadan ortiq vakillik organining deputati boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Teng saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashgʻulotining turi va xususiyati, shaxsiy, ijtimoiy va mulkiy mavqeyidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Yashirin ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohishi-irodasi nazorat qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi oshkoralik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar. Saylov komissiyalari fuqarolarni oʻz ishlaridan, saylov uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalarining joylashgan manzili va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning roʻyxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning roʻyxati bilan tanishtiradilar, deputatlikka nomzodlar xususidagi maʼlumotlardan ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar. Saylov komissiyalarning majlislarida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanash chogʻida deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan hokimiyatning vakillik organlaridan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida bittadan vakil (kuzatuvchi) matbuot, televideniye va radio vakillari hozir boʻlish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar hokimiyatning vakillik organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz vakillari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyalariga saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida maʼlum qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikni borishi va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda ushbu Qonunda belgilangan normalar doirasida tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov okruglari roʻyxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini koʻrsatgan holda saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan oʻn besh kun ichida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga muvofiq tumanga boʻysunadigan shaharlarda, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari Kengashlari va tegishli Kengashlarga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglari tuzilmaydi, deputatlar saylanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari saylovchilarga mumkin qadar koʻproq qulaylik yaratish maqsadida tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari oʻzlari joylashgan yerdagi saylov okruglari tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan, harbiy qismlarda — harbiy qismlar yoki harbiy qoʻshilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari saylov tayinlanganidan keyin oʻttiz kundan kechikmay tuziladi. Harbiy qismlarda, olis va borish qiyin boʻlgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, ayrim hollarda esa — istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida 20 nafar va koʻpi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining manzilini koʻrsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.04.00 Okrug va uchastka saylov komissiyalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. SAYLOV KOMISSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Saylov komissiyalari tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovni tashkil etish va oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi viloyat saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi shahar saylov komissiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
okrug saylov komissiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan oʻn kun ichida komissiya raisi va 6—14 nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi oʻz tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir maʼlumotlarni rasmiy mahalliy matbuot organlarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishli hududda ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi, uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi va saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan izohlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tegishincha xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tegishli saylov komissiyalarining faoliyatini yoʻnaltirib boradi, ularning tarkibiga oʻzgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug va uchastka saylov komissiyalarining qarorlarini, basharti, bu qarorlar ushbu Qonunga zid boʻlsa, mustaqil tarzda yoki viloyat, tuman, shahar prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, hokimiyatning vakillik organlaridan va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tegishli hujjatlarni qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzodlarni roʻyxatga oladi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) pul mablagʻlarini tegishli saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi, saylov komissiyalari, binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan taʼminlashga doir boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) tegishli xalq deputatlari Kengashi sayloviga doir saylov byulletenlari, saylovchilar roʻyxatlari, saylov komissiyalari bayonlari, saylov varaqalari, oʻz muhri, saylovga oid boshqa hujjatlarning shakllarini tasdiqlaydi va tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tegishli xalq deputatlari Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlarini chiqaradi, saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi, saylov yakunlariga doir maʼlumotlarni va saylangan deputatlarning roʻyxatini matbuotda eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) deputatlarning vakolatlarini tekshirish uchun zarur hujjatlarni tegishli xalq deputatlari Kengashining Mandat komissiyasiga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) takroriy saylov oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) tegishli saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab boʻladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) saylovni oʻtkazish va uni tashkil etish bilan bogʻliq hujjatlar arxivlarga oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan yigirma kun ichida komissiya raisi, raisining oʻrinbosari, kotibi va 6—8 nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylov uchastkalarining manzilini okrug saylovchilari eʼtiboriga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) deputatlikka nomzodlarning saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlarga guvohnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini tinglaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) saylovchilarning roʻyxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) saylov okrug boʻyicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻringa deputat saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan ellik kun ichida 5—19 nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Basharti, komissiya 7 nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uchastka boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) saylovchilarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda roʻyxatga tegishli oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan saylov varaqasi solingan yopiq holdagi konvertlarni qabul qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ovoz berish binosi va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) saylovga tayyorgarlik koʻrish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Saylov komissiyalariga aʼzolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning aʼzosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli boʻlib, komissiya aʼzosi ushbu Qonun talablarini buzgani yoki oʻz vazifalarini muntazam ravishda eʼtiborsiz qoldirib kelgani taqdirda oʻz vakolatlaridan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganida saylov komissiyasining yangi aʼzosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari mumkin emas. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar saylov komissiyalariga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, saylov komissiyasining majlisda komissiyaning majlis oʻtkazilayotgan kundagi mavjud tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, majlis vakolati hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi boʻlmagan komissiya aʼzolari oʻzlarining alohida fikrlarini bildirishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng boʻlinib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalarining, shuningdek tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalarining, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki aʼzolaridan boshqa biri komissiyaning qaroriga binoan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin. Bunda saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan uning oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishlari uchun yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, korxona, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan tegishli mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega. Ular koʻpi bilan uch kun ichida komissiya oʻrtaga qoʻygan masalani qarab chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli xalq deputatlari Kengashi tegishli saylov okruglari boʻyicha xalq deputatlarining vakolatlarini eʼtirof etganidan keyin oʻz faoliyatlarini toʻxtatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman va shahar komissiyalari tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov oʻtkazuvchi barcha saylov okruglarida deputatlar saylab boʻlinganidan keyin oʻz faoliyatlarini toʻxtatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni qarab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalarning organlari, hokimiyatning vakillik organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga qaror qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida shikoyat bilan murojaat etishlari mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan boʻlsa, darhol koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Deputatlar saylovini tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga deputatlar saylovi, qoida tariqasida, bir vaqtda oʻtkaziladi va deputatlarning vakolat muddati tugashiga kechi bilan uch oy qolganida Oliy Majlis tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov tayinlanganidan keyin kechi bilan uch kun ichida saylov kuni toʻgʻrisida matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin qonunda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar koʻrsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish uchun siyosiy partiya saylov tayinlanganidan keyin yigirma kun ichida tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiyaning tegishli viloyat, tuman, shahar organi rahbari imzolagan saylovda qatnashish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya saylov tayinlangan kundan kamida olti oy oldin roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlar taqdim etilganidan keyin tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga ariza qabul qilingan kun qayd etilgan maʼlumotnoma beradi. Saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish yoki bermaslik toʻgʻrisida besh kun muddatda uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning roʻyxati arizalar kelib tushishi navbatiga qarab tegishli viloyat, tuman, shahar matbuotida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar koʻrsatish saylov kuni tayinlanganidan keyin yigirma beshinchi kundan eʼtiboran boshlanadi va saylov qirq besh kun qolganida toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning viloyat organlari tomonidan hamda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan hamda fuqarolar yigʻinlari (vakillarining yigʻilishlari)da koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugi boʻyicha bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga huquqlidirlar. Basharti, tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okrugi hududda ikki va undan ortiq oʻzini oʻzi boshqarish organi joylashgan boʻlsa, deputatlikka nomzod bu organlar vakillarining yigʻilishida koʻrsatiladi. Yigʻilishda ishtirok etadigan vakillar normasini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka, qoida tariqasida, tegishli viloyat, tuman yoki shahar hududida ishlovchi yoki yashovchi fuqarolar nomzod etib koʻrsatiladilar. Bir shaxs tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi faqat bitta saylov okrugi boʻyicha deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibini siyosiy partiyalar, hokimiyatning vakillik organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzlari belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni, vakillik hokimiyatining tuman, shahar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari esa, shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qatʼi nazar, deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga huquqlidir. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida bayon tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya tegishli organining, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining rahbari deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish iltimosi bayon etilgan ariza bilan tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga murojaat qiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya tegishli organning, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolar yigʻinining (vakillar yigʻilishi) yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari yigʻilishining deputatlikka nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya tegishli organning, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolar yigʻinining (vakillar yigʻilishi)ning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari yigʻilishining deputatlikka nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi bayoni. Bayonda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashgʻulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlikka nomzodning tegishli saylov okrugidan nomzodi ovozga qoʻyilishi rozi ekanligi toʻgʻrisidagi arizasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida qayd etib oʻtilgan shaxslar uchun, ular deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisidagi arizalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt koʻrsatilgan maʼlumotnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi yetti kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga qay darajada muvofiqligi toʻgʻrisida oʻz xulosasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari toʻgʻrisida siyosiy partiyalar tegishli organlarining, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rahbarlarini belgilangan tartibda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov tayinlangan kunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalar va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisida ariza berganlari taqdirdagina deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni roʻyxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin besh kun ichida deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va turar joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organning nomini qayd etgan holda roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi xabarni mahalliy matbuotda eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. SAYLOVOLDI TAShVIQOTI. DEPUTATLIKKA NOMZODLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Saylovoldi tashviqoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan kundan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarga, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda, oʻz saylovchilari bilan ham yigʻilishlarda, ham saylovchilar uchun qulay boʻlgan boshqa shaklda uchrashuvlar oʻtkazishda teng huquqlar beriladi. Saylovchilarning yigʻilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda tashkil etiladi. Saylov komissiyalari, tumanlar va shaharlarning hokimliklari deputatlikka nomzodlarga yigʻilishlar oʻtkazish uchun jihozlangan binolar ajratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan yigʻilishlari va uchrashuvlari ish vaqtidan boshqa paytda oʻtkaziladi. Yigʻilishlar va uchrashuvlar oʻtkaziladigan vaqt va joy saylovchilarga barvaqt xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallari olishda yordam koʻrsatishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga oʻzining kelgusi faoliyat dasturi bilan chiqish huquqi beriladi. Partiyalar va deputatlikka nomzodlarning dasturlari respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan boʻlmasligi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilmasligi, unda urush, milliy adovat, irqiy va diniy xusumat targʻiboti, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlarga daʼvat boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ishonchli vakillar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega boʻlishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod roʻyxatga olinganidan keyin oʻz ishonchli vakillarini oʻzi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga maʼlum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni roʻyxatga olib, ularga guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga maʼlum qilgan holda saylovga qadar oʻz ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Deputatlikka nomzodning transportda tekinga yurish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod roʻyxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat passajir transportining barcha turlarida (taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yoʻnalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega boʻladi. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan turar joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, saylovga qadar istalgan vaqtda u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs tegishli viloyat, tuman yoki shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi deputatlikka nomzodlar koʻrsatish muddati tugaguniga qadar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yangi nomzodni roʻyxatga olish toʻgʻrisida taklif kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar ularni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya oʻz faoliyatini toʻxtatgan taqdirda ham tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtida nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. SAYLOVChILARNING ROʻYXATLARI. SAYLOV BYuLLETENI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Saylovchilarning roʻyxatlarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 18 yoshga toʻladigan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar roʻyxati har bir saylov uchastkasi boʻyicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuzilib, uni komissiya raisi va kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilarni hisobga olishni taʼminlaydilar va uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar toʻgʻrisida saylovchilar roʻyxatini tuzish uchun zarur maʼlumotlarni beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlardagi saylov-harbiy xizmatchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining va boshqa saylovchilarning roʻyxatlari, basharti, ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar oʻzlarining turar joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyxatiga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida tuzilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlarining taqdim etgan maʼlumotlari asosida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlari bilan tanishtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga oʻn besh kun qolganida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida esa — saylovga yetti kun qolganida hamma tanishishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi roʻyxat bilan tanishish joyi va vaqti toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi saylovchilar roʻyxatidagi xato yoki noaniqlik toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi yigirma toʻrt soat ichida bunday arizani koʻrib chiqishi va xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi rad etilishining asoslari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Saylov byulleteni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tugʻilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan organning nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining koʻpchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 1-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan kechi bilan saylovga uch kun qolganida oladilar. Byulletenlar berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. OVOZ BERISh VA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ovoz berish binosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdordagi kabina yoki xonalar jihozlangan, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qoʻyilgan boʻlishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan oʻtib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ovoz berish vaqti va joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish saylov kuni soat 7 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni kechi bilan saylovga oʻn kun qolganida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti, roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ovoz berishning boshlanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgandagina ochiladi. Rais saylov komissiyasining aʼzolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlarini, saylovchilarning roʻyxatlarini saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini eʼlon qiladi. Byulletenlarning umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish binosiga kelgan, saylovchi uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ovoz berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi. Saylov byulletenini toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra, saylov komissiyasi tarkibiga kirmagan shaxsni kabina yoki xonaga taklif qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni oʻz turar joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz turar joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini talab qilib olib, bir qarorga kelgach, toʻldirilgan saylov varaqasini konvertga solib, uni yopiq holda uchastka komissiyasida qoldirishi mumkin. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Saylov varaqasining shakli tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmaganligi taqdirida, uchastka saylov komissiyasi ularning iltimosiga koʻra komissiya aʼzolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining aʼzolari ishtirokida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilari komissiya raisi ovoz berish tugaganini eʼlon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulleteni va varaqasi olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida tegishli xalq deputatlari Kengashiga saylov boʻyicha har bir saylov okrugi va har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan komissiya (mazkur saylov uchastkasi doirasidagi har bir saylov okrugi boʻyicha):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilar tomonidan byulletenlarga va saylov varaqalariga qoʻshimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari boʻyicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chogʻida bittadan ortiq nomzodning familiyasi qoldirilgan byulletenlar va varaqalar haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulleteni, varaqasining haqiqiyligi shubha tugʻdirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida qarab chiqilib, har bir saylov okrugi boʻyicha tuziladigan bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug boʻyicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonda aks ettiriladi. Bayon rais, rais oʻrinbosari, komissiya kotibi, komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Deputatlar saylovining natijalarini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman, shahar boʻyicha saylovchilarning umumiy sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir deputatlikka nomzodni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlarning sonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov chogʻida yoʻl qoʻyilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman viloyat, tuman, shahar boʻyicha yoki ayrim saylov okruglari, yoxud ayrim saylov uchastkalari boʻyicha oʻtmagan deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim saylov uchastkalari boʻyicha saylov haqiqiy emas deb topilgani taqdirda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan ana shu uchastkalar boʻyicha ovoz berish natijalari, basharti, bu natijalarsiz ham saylov umuman haqiqiy deb topilishi mumkin boʻlsa, saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayon tuzadi va qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Takroriy ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, saylov okrugi boʻyicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsa-yu, ulardan birortasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berish oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu xususda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor qiladi. Takroriy ovoz berish ikki hafta ichida ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan deputatlikka nomzod, basharti, roʻyxatga kiritilgan saylovchilarning yarmidan koʻpi ovoz berishda ishtirok etgan va uni yoqlab berilgan ovozlar soni unga qarshi berilgan ovozlar sonidan koʻp boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) basharti, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ushbu Qonun 45-moddasining uchinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan sababga koʻra deputatni roʻyxatga olishni rad etgan boʻlsa, takroriy saylov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy saylov tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining topshirigʻiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov oʻtkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy saylovni oʻtkazish vaqtida nomzodi koʻrsatilgan va deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olingan shaxs mazkur okrug va boshqa takroriy saylov chogʻida tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatligiga nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oy ichida oʻtkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari Kengashi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan taqdirda, boshqa sabablarga koʻra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin toʻxtatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida deputatlik oʻrni boʻshab qolgan vaqtdan boshlab ikki oy ichida yangi saylov oʻtkaziladi. Saylov tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylov oʻtkazilishiga kechi bilan bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tuzilmaydi. Uning vazifalarini okrug saylov komissiyasi amalga oshiradi. Okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa — oʻn besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻn besh kun qolganida toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida deputatning oʻrni boʻshab qolsa, boʻshab qolgan oʻringa yangi deputat saylovi oʻtkazilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. DEPUTATLARNI ROʻYXATGA OLISh VA SAYLOV YAKUNLARINI EʼLON QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Deputatlarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonlar asosida saylangan deputatlarni roʻyxatga oladi va bu haqda ularni xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 23-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati etib saylansalar, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga deputatning maqomiga toʻgʻri kelmaydigan vazifalarni oʻz zimmalaridan soqit qilganliklari toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan siyosiy partiyadan tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan hamma nomzodlar, basharti, ular saylovda ovoz berishda ishtirok etgan tegishli viloyat, tuman, shahar barcha saylovchilarining kamida besh foizi ovozini toʻplamagan boʻlsalar, deputat etib roʻyxatga olinmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Deputatlar saylovining yakunlarini eʼlon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga oʻtkazilgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni va saylangan deputatlarning roʻyxatini tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi alifbo tartibida deputatlarning familiyasini, ismi va otasining ismini, tugʻilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashgʻulotining turini), ish va turar-joyini, saylov okrugining tartib raqami va nomini koʻrsatgan holda koʻpi bilan oʻn kun ichida matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Deputatning guvohnomasi va koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Okrug saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlarining roʻyxati matbuotda eʼlon qilinganidan keyin okrugdan saylangan deputatga uning saylanganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan deputatning vakolatlari tasdiqlanganidan keyin unga berilgan deputat etib saylanganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi bilan almashtiriladi. Deputatga belgilangan namunadagi koʻkrakka taqiladigan nishon beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Saylovning moliyaviy taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Deputatlikka nomzodlarni boshqa mablagʻlar hisobidan moliyaviy taʼminlash va oʻzga tarzda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari, jamoat birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari oʻz mablagʻlarini ixtiyori ravishda saylov oʻtkazish uchun berishlari mumkin. Bu mablagʻlarni viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari saylov kampaniyasida foydalanish uchun qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisidagi Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zoʻravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yoʻl bilan toʻsqinlik qiluvchi shaxslar, shuningdek, soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin notoʻgʻri sanab chiqqan, yashirin ovoz berish tartibini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan saylov komissiyalarining aʼzolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Deputatlikka nomzod toʻgʻrisida soxta maʼlumotlar eʼlon qilgan yoki ularni oʻzgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1050-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 125-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 206-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 9-10-son, 134-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2012-y., 51-son, 574-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)