29.12.2023 yildagi 698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 29.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, shuningdek, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy hamda yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targʻib qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-park) rezidentlari tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari roʻyxatini kengaytirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son va “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, IT-park rezidentlariga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son hamda “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son farmonlari bilan IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini kengaytirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IT-park rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini kengaytirilishi munosabati bilan IT-park rezidenti maqomini olish va undan mahrum qilishning qoʻshimcha asoslarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
698-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 698-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekspert kengashi — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun talabgorlik qiluvchi yuridik shaxslarning biznes rejalarini koʻrib chiqish va tahlil qilish maqsadida Direksiyada vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislardan iborat tarkibda tashkil etiladigan organ. Ekspert kengashining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn oltinchi-oʻn yettinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi-oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Direksiyaga “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 39-moddasida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan Bosh direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktorning vakolatlari Direksiya ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor Direksiyaga yuklangan funksiyalar va vazifalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi va Raqamli texnologiyalar vazirligining soʻrovi boʻyicha Texnopark va Direksiya faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim qiladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-band quyidagi mazmundagi “d” va “e” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati uchun Texnopark rezidenti maqomini olish maqsadida ariza bergan yuridik shaxslar Texnopark hududi yoki Direksiya filiallarining yuridik manzilida roʻyxatdan oʻtgan va ushbu manzilda joylashgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kibersport sohasida xizmat koʻrsatish uchun Texnopark rezidenti maqomini olish maqsadida ariza bergan yuridik shaxslar Direksiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha xalqaro sertifikatga ega boʻlishi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 14-bandning oltinchi xatboshisidagi “, ariza beruvchiga ushbu qarordan koʻchirma taqdim etiladi” soʻzlari “va veb-portal orqali ariza beruvchi xabardor qilinadi.” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “soliq hisoboti nusxalarini” soʻzlari “soliq hisobotini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“venchur moliyalashtirish va akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati bilan shugʻullanayotgan Texnopark rezidentlari Texnopark va uning filiallaridan roʻyxatdan oʻtgan yuridik manzilini boshqa manzilga oʻzgartirganda;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2-ilova quyidagi mazmundagi 19 — 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19. Multimedia va dizayn sohasida (veb-dizayn, grafika dizayni, kompyuter oʻyinlari dizayni, vektor grafikasi, 3D-grafika, vizuallashtiruvchi dizayn, interfeys dizayni, texnik dizayn, moushn-dizayn) xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dasturiy taʼminotdan foydalangan holda multiplikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni venchur moliyalashtirish hamda akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kibersport sohasida xizmat koʻrsatish.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/698/1009-son)