14.11.2023 yildagi 3690-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holati va istiqboli toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holati va istiqboli toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, sohaga yangi boshqaruvni joriy etish, aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini mutlaqo yangi yondashuvlar asosida tashkil etish, sohaning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari, hukumatning hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida 2022-yildan boshlab har bir mahallada “xonadonbay” ishlaydigan 17 400 ta tibbiyot brigadasi tashkil etilgan, aholiga sifatli tibbiy yordamni kengaytirish, malakali tibbiy xizmatning olis va chekka hududlarda yashovchi aholi xonadonlarigacha kirib borishini taʼminlash maqsadida birlamchi tizimga oʻrta tibbiyot xodimlari uchun 20 000 ta shtat birligi ajratilgan. Tibbiyot brigadalari tarkibiga joriy yildan qoʻshimcha 8500 shtat berilib, patronaj-doya lavozimi joriy etilgan. Olis hududlarda joylashgan 801 ta oilaviy poliklinika zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloqlar va mahallalarda 8 turdagi yangi tibbiy xizmatlar yoʻlga qoʻyilib, salomatlik koʻrsatkichlari boʻyicha xavf guruhiga kirgan 12 mln. nafar fuqaro maqsadli skriningdan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlamchi tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirish maqsadida 2021-yildan boshlab tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini yangidan tashkil etish yoʻlga qoʻyilgan. Natijada joriy yilning oʻtgan davrida oilaviy poliklinikalar soni 2022-yilga nisbatan 1 046 tadan 1 074 taga, oilaviy shifokorlik punktlari 1 062 tadan 1 234 taga yetkazilgan. Yil yakuniga qadar yana 8 ta oilaviy poliklinika, 17 ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek bepul tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanmaning oilaviy shifokor tomonidan berilishi, poliklinikalardagi kunduzgi statsionarlarning soat 20:00 ga qadar xizmat koʻrsatish tartibi yoʻlga qoʻyilganligi natijasida aholining bunday muassasalarga qatnovlari soni oshgan, bemorlarning statsionar xizmatdan foydalanish qulayligi taʼminlamoqda. Xususan, oʻtgan vaqt davomida jami 620 ming nafardan ortiq bemor kunduzgi statsionarda davolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati ishlab chiqilib, unda oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar hamda tuman, shahar markaziy shifoxonalarida yordam koʻrsatiladigan nozologiyalar, laboratoriya va instrumental tekshiruvlar hamda dori-darmon turlari nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tahlillar sohada hanuz ayrim kamchiliklar va eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan qabul qilingan qator hujjatlarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi belgilangan boʻlsa-da, ayrim hududlarda bunday toʻlovlar toʻliq amalga oshirilmagan. Xususan, Toshkent shahrida 40 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 25 ta, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 20 ta, Samarqand viloyatida 14 ta, Xorazm viloyatida 11 ta, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 10 ta, Qashqadaryo viloyatida 9 ta muassasada xodimlarga belgilangan ustama toʻlovlar umuman toʻlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan 209 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinikadan 16 tasi (7,6 foiz), 1 074 ta oilaviy poliklinikadan 268 tasi (24,6 foiz), 1 234 ta oilaviy shifokorlik punktidan 297 tasi (24,0 foiz) bugungi kunda taʼmirga muhtoj.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi PQ-257-sonli Qarori bilan 2022 — 2025-yillar davomida 377 ta tibbiyot muassasasini ichimlik suvi bilan taʼminlash belgilangan boʻlsa-da, joriy yilga rejalashtirilgan 71 ta muassasadan 53 tasi yoki 74,6 foizi ichimlik suvi bilan taʼminlangan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek joylarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning “Mamlakatimizda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning holati va istiqboli toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2023-yillarda oilaviy shifokorlik punktlarini va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish boʻyicha oʻz vaqtida amalga oshirilmagan loyihalarni yakuniga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun ustama va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi borasidagi ishlarni tanqidiy oʻrganib chiqib, tegishli mablagʻlar toʻliq toʻlab borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni koʻpaytirish, poliklinika va shifoxonalarni elektron ish yuritishga oʻtkazish, sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 ta tibbiyot muassasasining ichimlik suvi bilan taʼminlanish holatini xatlovdan oʻtkazib, joriy yilda bu ishlarni yakuniga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil yakuniga qadar yana 8 ta oilaviy poliklinika hamda 17 ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi taʼmirtalab boʻlgan koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarining belgilangan tartibda taʼmirlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olis va chekka hududlarda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3690-IV-son