Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-noyabr,
3716-IV-son