Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz amalga oshirish va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatilishini yaxshilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1081-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz amalga oshirish va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatilishini yaxshilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1081-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini soʻzsiz amalga oshirish va aholiga davlat xizmatlari koʻrsatilishini yaxshilashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1081-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-noyabr,
3717-IV-son