27.12.2023 yildagi O‘RQ-890-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 5-sentabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2023-yil 25-noyabrda maʼqullangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish, shaharsozlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, sport-taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida, shuningdek qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi joriy etilganligidan kelib chiqqan holda mazkur sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qaytadan koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga besh nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqini, shuningdek bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlish huquqini beruvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarining ellik foizi uchun bojxona bojini toʻlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish boʻyicha vakolatlari bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun arxitektura va qurilish sohasidagi ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etishga, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek sport-taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-327-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 7, 449-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddaning beshinchi qismidagi “uch nafargacha” degan soʻzlar “besh nafargacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Oila boshligʻi, uning xotini (eri)” degan soʻzlar “Er, xotin, ularning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda, № 12, 1190-modda) 297-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 15-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) takliflari asosida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun xorijdan import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maxsus sport kiyim-boshlari (ekipirovkalari), poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalari uchun belgilangan bojxona boji stavkasining ellik foiziga”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevralda qabul qilingan OʻRQ-676-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 145-modda; 2022-yil, № 6, 570-modda, № 11, 1061-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 21-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — oʻn oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 22-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-890-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 03/23/890/0981-son)