15.12.2023 yildagi 4-18-2307/13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI APELLATSIYA INSTANSIYASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya H. Tursunov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya R. Sagatov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari V. Sattorova va R. Sagatovdan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, “______” kompaniyasi vakillari E.X (rahbar), B.M (2022-yil 2-iyundagi ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogar “______” kompaniyasining javobgar “______” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “______” qoʻshma korxonasi ishtirokchilarining 2021-yil 8-fevraldagi 1-sonli va 2-sonli umumiy yigʻilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 14-iyuldagi hal qiluv qarori ustidan “______” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ishni Oliy sudning binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“______” kompaniyasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) “______” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “______” qoʻshma korxonasi ishtirokchilarining 2021-yil 8-fevraldagi 1-sonli va 2-sonli umumiy yigʻilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 3-iyuldagi ajrimi bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2023-yil 14-iyuldagi ajrimi bilan javobgarning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 14-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan. “______” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi taʼsischilarining 2021-yil 8-fevraldagi 1-sonli va 2-sonli qoʻshma yigʻilish qarori (bayoni) haqiqiy emas deb topilgan va haqiqiy emaslik oqibatlari qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilib, sud hujjatini bekor qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda jamiyat boshqarish organlarining qarorlari ustidan shikoyat berish muddati jamiyat ishtirokchisi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida berilishi mumkinligi, daʼvogar vakillari X.E va B.M Qashqadaryo viloyati prokurori nomiga yozgan tushuntirish xatlarida “18.05.2022-yilda rasmiy shaklda stat.uz elektron internet saytida ______ ustav fondida ______ ulushi 51 foiz emas, balki 50 foiz ekanligini E.X ga maʼlum qilingan” — deb, “2022-yil 4-dekabrda orginfo.uz dan olingan “______” QK MChJ maʼlumotga koʻra ustav fondida taʼsischilarning ulushlari 50/50 foiz koʻrsatilgan” — deb, 2023-yil 20-fevralda Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga bergan birinchi daʼvo arizasida “2022-yil 4-dekabrda va 2023-yil 12-yanvarda huquqim buzilganligini bildim” — deb, 2023-yil 17-maydagi daʼvo arizasida “2023-yil 14-martda huquqim buzilganligini bildim” — deb koʻrsatganligi, ushbu holatlar daʼvogar jamiyatning boshqaruv organlarining qarorlaridan ancha vaqt avval, yaʼni bir yil avval xabardor boʻlganligi, lekin jamiyatga bayonnomalar yuzasidan biror marta oʻz eʼtirozlarini bildirmaganligi, daʼvogar sudga daʼvo muddati oʻtib ketganidan soʻng murojaat qilganligi, ushbu masalada birinchi instansiya sudi daʼvo muddatini qoʻllamasdan, barvaqt xulosaga kelganligi va javobgarning daʼvo muddatini qoʻllashni soʻrab bergan iltimosnomasini rad etib, daʼvo muddatini tiklaganligi, jamiyatning 2017-yil 15-martdagi Ustavining 6.1-bandida korxonaga taʼsischi boʻlish uchun uning Ustav fondiga hissa kiritish bilan asoslanishi belgilanganligi, daʼvogar “______” QK MChJ (bundan buyon matnda qoʻshma korxona deb yuritiladi)ga Qonunda belgilangan va taʼsis shartnomasida kelishilgan bir yil davomida biror bir ulush kiritmaganligi va ulush kiritganligi toʻgʻrisida guvohnoma olmaganligi, shu bois daʼvogarning sudda korxonaga ulushdor sifatida oʻzini tanishtirishi asossiz ekanligi, majlis bayonnomalarida daʼvogar ulushini oʻz vaqtida kiritmaganligi muhokama qilinganligi, daʼvogar tomonidan esa jamiyatdan ulush kiritganligi toʻgʻrisida guvohnoma olinmaganligi, nizo boʻyicha daʼvogar tomonidan talabnoma yuborilishi lozim boʻlganligi, biroq javobgarga daʼvo talabi qoʻyib joʻnatilgan talabnoma mavjud emasligi, mazkur holatda birinchi instansiya sudi daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishda javobgarga talabnoma yuborilmaganligini inobatga olmaganligini vaj qilib keltirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sud majlisiga qadar javobgar tomonidan apellatsiya shikoyatiga qoʻshimcha taqdim etilib, unda daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilinganligi notoʻgʻri boʻlganligi haqida vajlar bildirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar vakillari shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida majlis vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar hamda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasidan vakil ishtirok etmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 274-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan ishni ular vakilining ishtirokisiz koʻrib chiqishni lozim deb topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati daʼvogar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra hal qiluv qarorini oʻzgartirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar va javobgar tomonidan 2016-yil 27-oktabrda hissadorlarning yigʻilishi oʻtkazilib, ushbu yigʻilishda 2017-yil yanvar oyidan boshlab 49/51 foiz hissali hissadorlik korxonasi tuzish haqida 1-sonli qaror qabul qilingan (i.v.15-17). Ushbu yigʻilish qarori daʼvogar tomonidan yagona taʼsischi sifatida E.X, javobgar tomonidan ham yagona taʼsischi sifatida A.E tomonidan imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma korxonaning taʼsis shartnomasi hamda taraflarning taʼsischiligida tashkil etilgan masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “______” qoʻshma korxona (bundan buyon matnda Qoʻshma korxona deb yuritiladi)ning ustavi 2017-yil 15-martda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma korxonaning ustaviga koʻra, uning ustav fondi 800 000 AQSh dollarini, jumladan daʼvogarning ulushi 51 foiz (408 000 AQSh dollari), javobgarning ulushi esa 49 foiz (392 000 AQSh dollari) tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar rahbari E.X tomonidan 2020-yil 2-yanvarda A.E ga 4-sonli ishonchnoma berilgan. Ushbu ishonchnomada A.E ga unda uning nomidan vakil boʻlish, ish yuritish, uning manfaatida vakolatli korxona va tashkilotlarga, bojxona organlariga murojaat qilish, xat va bayonnomalarni imzolash, savdo takliflarini, shartnomalarni, schyot-fakturalarni, dalolatnomalarni, qoʻshimcha kelishuvlarni, bojxona hujjatlarini imzolash, sudlarga ariza va shikoyatlar berish boʻyicha vakolatlar berilgan (i.v.29).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2020-yil 4-yanvarda Turkiya Respublikasida daʼvogar rahbari tomonidan imzolangan va A.E ning nomiga berilgan 4-sonli ishonchnomada ham uning nomidan vakil boʻlish, ish yuritish, uning manfaatida vakolatli korxona va tashkilotlarga, bojxona organlariga murojaat qilish, xat va bayonnomalarni imzolash, savdo takliflarini, shartnomalarni, schyot-fakturalarni, dalolatnomalarni, qoʻshimcha kelishuvlarni, bojxona hujjatlarini imzolash, sudlarga ariza va shikoyatlar berish bilan bogʻliq vakolatlarni amalga oshirish huquqi qayd etilgan (i.v.27).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-fevralda daʼvogar va javobgar taʼsischilarining qoʻshma yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda qoʻshma korxonasining Kitob tumani, Guliston MFY, Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida joylashgan “______” bino inshootlari balansdan chiqarilishi haqida 1-sonli qaror qabul qilingan. Ushbu yigʻilish bayonnomasi daʼvogar nomidan 2020-yil 4-yanvardagi 4-sonli ishonchnoma asosida A.E tomonidan imzolangan (i.v.28).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek 2021-yil 8-fevralda daʼvogar va javobgar taʼsischilarining qoʻshma yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda qoʻshma korxonaning Kitob tumani, Guliston MFY, Buyuk Ipak Yoʻli koʻchasida joylashgan “______” bino inshootlari javobgarning balansiga oʻtkazilishi, qoʻshma korxona hamda javobgar oʻrtasidagi topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va shartnomalar rasmiylashtirilishi haqida 2-sonli qaror qabul qilingan hamda jamiyat ustavi qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Ushbu yigʻilish bayonnomasi ham daʼvogar nomidan 2020-yil 4-yanvardagi 4-sonli ishonchnoma asosida A.E tomonidan imzolangan (i.v.29,30).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan yigʻilishlar Qonun hamda Qoʻshma korxona ustavi talablariga rioya etilmagan holda oʻtkazilgan hamda qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 33-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqiruvchi organ yoki shaxslar uni oʻtkazishdan kamida oʻttiz kun oldin bu haqda jamiyatning har bir ishtirokchisini jamiyat ishtirokchilarining roʻyxatida koʻrsatilgan manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yoki jamiyatning ustavida nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt va joy, shuningdek taklif qilinayotgan kun tartibi koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda yuqorida qayd etilgan har ikkala yigʻilishni chaqirishda ham Qonunning ushbu talabiga rioya qilinmagan. Yaʼni, ish hujjatlarida daʼvogar ushbu yigʻilish haqida qonunda belgilangan tartibda xabardor qilinganligi haqida dalillar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgarning ushbu yigʻilishda daʼvogar nomidan yuqorida qayd etilgan ishonchnomalar asosida A.E ishtirok etganligi haqidagi vajlari ushbu yigʻilishlar qonuniy oʻtkazilganligidan dalolat bermaydi. Chunki, birinchidan, Qonun 34-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqlidirlar. Jamiyat ishtirokchilarining vakillari oʻz vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni (ishonchnomani) koʻrsatishlari lozim. Jamiyat ishtirokchisining vakiliga berilgan ishonchnoma qonun talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak. A.E ga berilgan ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlanmagan. Ikkinchidan, Qonun 20-moddasining birinchi qismida jamiyat ishtirokchisi jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻz ulushini yoki uning bir qismini jamiyatning bir yoxud bir necha ishtirokchisiga sotishga yoki boshqacha tarzda ularning foydasiga voz kechishga haqli ekanligi belgilangan. Mazkur holatda daʼvogar tomonidan dastlab (2022-yil 8-fevral kuni) qoʻshma korxonaga tegishli boʻlgan “______” bino inshootlari korxona balansidan chiqarilishi va javobgar balansiga oʻtkazilishiga rozilik bermagan. Umumiy yigʻilish qarorlarida koʻrsatilgan ishonchnoma bilan daʼvogar tomonidan A.E ga bunday qaror qabul qilishi, yoki bunday qaror uchun ovoz berishi uchun vakolat berilmagan. Shuning uchun ishonchnomada A.E daʼvogar nomidan “bayonnomalarni imzolashi” mumkinligi nazarda tutilganligi, unga yuqorida qayd etilgan qarorlarni qabul qilish vakolati berilganligini anglatmaydi. Qolaversa, qoʻshma korxona ustavining 11.3-bandida korxona ustaviga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish, ustav fondi miqdorining oʻzgarishi, ishtirokchilar tomonidan kiritilgan qoʻshimcha badallarning tartibi va shartlarini belgilash taʼsischilarning mutlaq vakolatiga kirishi nazarda tutilgan. Mazkur holatda qoʻshma korxona taʼsischilarining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar javobgar taʼsischisi A.E tomonidan yakka tartibda hal qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 41-moddasiga muvofiq jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari, jamiyatning ustavi talablari buzilgan holda qabul qilingan hamda jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan qarori ovoz berishda ishtirok etmagan yoki bahsli qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat ishtirokchisining arizasiga koʻra sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda birinchi instansiya sudi taʼsischilarning nizoli yigʻilish qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida asosli xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati javobgarning “2022-yil 4-dekabrda orginfo.uz dan olingan “______” QK MChJ maʼlumotga koʻra ustav fondida taʼsischilarning ulushlari 50/50 foiz koʻrsatilgan”-deb, 2023-yil 20-fevralda Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga bergan birinchi daʼvo arizasida “2022-yil 4-dekabrda va 2023-yil 12-yanvarda huquqim buzilganligini bildim”-deb, 2023-yil 17-maydagi daʼvo arizasida “2023-yil 14-martda huquqim buzilganligini bildim”-deb koʻrsatganligi, ushbu holatlar daʼvogar jamiyatning boshqaruv organlarining qarorlaridan ancha vaqt avval, yaʼni bir yil avval xabardor boʻlganligi, lekin jamiyatga bayonnomalar yuzasidan biror marta oʻz eʼtirozlarini bildirmaganligi, daʼvogar sudga daʼvo muddati oʻtib ketganidan soʻng murojaat qilganligi, ushbu masalada birinchi instansiya sudi daʼvo muddatini qoʻllamasdan, barvaqt xulosaga kelganligi va javobgarning daʼvo muddatini qoʻllashni soʻrab bergan iltimosnomasini rad etib, daʼvo muddatini tiklaganligi, yaʼni daʼvogar daʼvo muddatini oʻtkazib yuborganligi haqidagi vajlari bilan kelisha olmaydi. Chunki, daʼvogar yuqoridagi tushuntirishlarida oʻzining huquqi aynan 2022-yil 4-dekabr va 2023-yil 12-yanvarda yoki 2023-yil 14-martda buzilganligini qayd etgan boʻlsa-da, javobgar ushbu sanalarda nizoli umumiy yigʻilish qarorlarining oʻzi (nusxasi) daʼvogarda mavjud boʻlganligini isbotlab bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, daʼvogar suddan umumiy yigʻilish qarorining haqiqiy emaslik oqibatlarini qoʻllashni soʻragan. Biroq, qonun hujjatlarida ishtirokchilarning umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash mumkinligi nazarda tutilmagan. Qolaversa, umumiy yigʻilish qarorlarining haqiqiy emasligi oqibatlari nimadan iborat ekanligi asoslantirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati birinchi instansiya sudining MChJning umumiy yigʻilish qarorlarining haqiqiy emasligi oqibatini qoʻllash qismini bekor qilishni, mazkur talabni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra, ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasi birinchi qismining 3-bandiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati, javobgarning apellatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, sud qarorini oʻzgartirib, qoʻshma korxonaning 2021-yil 8-fevraldagi 1-sonli va 2-sonli umumiy yigʻilish qarorlarining haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash qismini bekor qilib uni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, birinchi instansiya sudi ishni koʻrish natijasi boʻyicha javobgardan respublika budjetiga ortiqcha 990 000 soʻm davlat boji undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda sudlov hayʼati hal qiluv qarorini oʻzgartirishni, IPKning 118-moddasiga asosan ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini javobgar zimmasiga yuklashni lozim topadi. Bunda javobgar tomonidan ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun javobgar tomonidan 3 300 000 (6 600 000 : 2) soʻm davlat boji toʻlanishi lozim boʻlgan. Biroq, javobgar tomonidan 660 000 soʻm davlat boji toʻlangan. Shuning uchun javobgardan 2 640 000 (3 330 000 — 660 000) soʻm davlat boji undirish lozim. Biroq, birinchi instansiya sudi javobgardan ortiqcha 660 000 soʻm davlat boji undirgan. Shuning uchun javobgardan ushbu summani chegirgan holda respublika budjetiga 1 980 000 (2 640 000 — 660 000) soʻm davlat boji undirish lozim boʻladi. Umumiy yigʻilish qarorlarining oqibatlarini qoʻllash mulkiy tusdagi talab hisoblansa-da, u nimadan iborat ekanligi daʼvo arizasida qayd etilmaganligi uchun mazkur talab boʻyicha davlat boji undirilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278 — 280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 14-iyuldagi hal qiluv qarori oʻzgartirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qaroridagi haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash qismi bekor qilinsin. Mazkur talab boʻyicha yangi qaror qabul qilinsin. Daʼvogarning 2021-yil 8-fevraldagi 1-sonli va 2-sonli umumiy yigʻilish qarorlarining haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash qismini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining qolgan qismi oʻzgarishsiz qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“_____” masʼuliyati cheklangan jamiyatining apellatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“_____” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan respublika budjetiga 1 980 000 soʻm davlat boji undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ustidan Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda va muddatda kassatsiya shikoyati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-18-2307/13-son