06.12.2023 yildagi 4-2304-2302/206-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida ishni koʻrgan sudya N. Baltabayeva
Apellatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya U. Sabirov
Kassatsiya instansiyasi sudida maʼruzachi sudya R. Sagatov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari V. Sattorova va R. Sagatovdan iborat tarkibda, B. Joʻrayevning kotibligida, daʼvogarlar vakili Y.N. (2023-yil 19-apreldagi 012, 013, 014-sonli order va 2023-yil 31-yanvardagi ishonchnoma asosida), javobgar vakillari Z.G. (2023-yil 3-martdagi 121-sonli ishonchnoma va order asosida), N.S. (2023-yil 4-martdagi 123-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogarlar D.X.R., D.F.R. va D.M.R.ning javobgar “KS” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasiga nisbatan taʼsischilarning umumiy yigʻilishini chaqirish hamda taʼsischi R.M.ning ulushi merosxoʻrlariga oʻtishi haqidagi taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlari ustidan daʼvogarlar tomonidan berilgan kassatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D.X.R., D.F.R. va D.M.R. (bundan buyon matnda daʼvogarlar deb yuritiladi) “KS” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasi (bundan buyon matnda javobgar yoki MChJ deb yuritiladi)ga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarning taʼsischi R.M.ning vafot etganligi munosabati bilan uning merosxoʻrlari, yaʼni daʼvogarlarni jamiyatning taʼsischilari qatoriga kiritish masalasini kun tartibiga qoʻygan holda taʼsischilarning umumiy yigʻilishini chaqirish, taʼsischi R.M.ning ulushi merosxoʻrlariga oʻtishi haqidagi taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 6-martdagi hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-maydagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan sud qarorlaridan norozi boʻlib, daʼvogarlar Oliy sudga kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud qarorlarini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda javobgarning taʼsischisi M.R.D. 2022-yil 25-iyulda vafot etganligi, u oʻlimiga qadar MChJ ustav fondidagi 26,14 foiz ulushga ega boʻlganligi, 73,86 foiz ulush esa A.Sh.ga tegishli boʻlganligi, R.M.ga tegishli boʻlgan jamiyat ustav fondidagi 26,14 foiz ulush uning merosxoʻrlari, yaʼni daʼvogarlarga merosga boʻlgan huquq guvohnomasi asosida oʻtkazilganligi, amaldagi jamiyat ustavining 4.9, 4.10-bandlari va taʼsis shartnomasida jamiyatning vafot etgan taʼsischilarining ulushi merosxoʻrlariga oʻtishi belgilanganligi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi)ning 30-moddasiga muvofiq, taʼsis hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kirishi, jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar jamiyatning ijro etuvchi organiga hal etish uchun topshirilishi mumkin emasligi, daʼvogarlar 2022-yil 2-noyabrda merosxoʻrlarni jamiyat taʼsischilari qatoriga qoʻshish va taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish haqida ariza bilan javobgarga murojaat qilganligi, ammo ariza eʼtiborsiz qoldirilganligi va merosxoʻrlar ushbu murojaatga javob ololmaganligi, oʻtgan barcha sud jarayonlarida javobgar vakili jamiyat ishtirokchisi A.Sh. daʼvogarlarni jamiyat ishtirokchilari safiga kiritishga rozi emasligini bildirganligi, daʼvogarlarga yil yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan hisobot boʻyicha ularning ulushga boʻlgan qismi toʻlab berilishi maʼlum qilinganligi, sudlar ishni bir tomonlama koʻrib chiqqanligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida daʼvogarlar vakili kassatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, uni qanoatlantirishni, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvogarlarning daʼvo talablarini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakillari kassatsiya shikoyatiga eʼtiroz bildirib uni qanoatlantirishni rad etishni, sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati taraflar vakillarining tushuntirishlarini tinglab va shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, sud qarorlarini bekor qilib, daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qarauzyak tumani Davlat xizmatlari markazida 2021-yil 25-fevralda 343601-raqam bilan roʻyxatga olingan MChJ ustavining 1.2-bandiga muvofiq, javobgarning taʼsischilari “CCS” kompaniyasi (Buyuk Britaniya); Sh.A.I. va M.R.D. hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar taʼsischisi R.M. 2022-yil 25-iyulda vafot etganligi sababli, unga tegishli boʻlgan 26,14 foiz ulush uning merosxoʻrlari, yaʼni daʼvogarlarga meros huquqi asosida oʻtkazilgan. Bu holat 2022-yil 31-oktabrda notarius B.I. tomonidan rasmiylashtirilgan qonun boʻyicha merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, 2022-yil 1-noyabrda daʼvogarlar javobgarga ariza bilan murojaat qilib, jamiyat ustavining 4.10-bandiga asosan 3 kun ichida taʼsischilarning navbatdan tashqari yigʻilishini oʻtkazib, daʼvogarlarning merosxoʻrlarini taʼsischilar safiga kiritishni soʻrashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, murojaatga javobgar tomonidan javob berilmaganidan soʻng, daʼvogarlar javobgarga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, taʼsischilarning umumiy yigʻilishini chaqirish hamda taʼsischi R.M.ning ulushi merosxoʻrlariga oʻtishi haqidagi taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 20-moddasining oʻn toʻrtinchi qismiga koʻra, jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlar jismoniy shaxslarning merosxoʻrlariga va jamiyatning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning huquqiy vorislariga oʻtadi. Mazkur qoida MChJ ustavining 4.10-bandida ham qayd qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning oʻn yettinchi qismida jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining merosxoʻri tomonidan meros qabul qilinguniga qadar jamiyatning vafot etgan ishtirokchisining huquqlari vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxs tomonidan amalga oshirishi, uning majburiyatlari esa shu shaxs tomonidan bajarilishi, bunday shaxs boʻlmagan taqdirda esa notarius tayinlagan boshqaruvchi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 32-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq, jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek, agar bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, daʼvogarlar taʼsischi R.M.ning merosxoʻrlari sifatida MChJ ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirtirish huquqiga ega boʻlgan. Biroq, sudlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish uning ijro etuvchi organining vakolatida ekanligi haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sud qarorlari bekor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, daʼvo arizasi kiritilgunga qadar javobgar daʼvogarlarning MChJ taʼsischilarining navbatdan tashqari yigʻilishini chaqirish haqidagi arizasiga javob bermagan boʻlsa-da, keyinchalik daʼvogarlarning arizasi asosida 2023-yil 2-oktabrda javobgar ishtirokchilarining yigʻilishi chaqirtirilgan. Ushbu yigʻilishda merosxoʻrlarning daʼvo talabidagi masala yuzasidan qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun sudlov hayʼati, daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 11-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, jamiyatning taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga binoan kiritiladi. Bunday qoida ustavining 5.1.2., 7.2.2-bandlarida ham nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 30-moddasining ikkinchi qismida jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari qatorida taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischi R.M.ning ulushi uning merosxoʻrlariga oʻtishi masalasida taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish kiritish haqida MChJ ishtirokchilarining qarori qabul qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, daʼvogarlarning taʼsischi R.M.ning ulushi merosxoʻrlariga oʻtishi haqidagi taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklash talabi asossiz hisoblanadi va daʼvo talabining ushbu qismini ham qanoatlantirish rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasi birinchi qismining 1-bandiga koʻra, ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, sudlar tomonidan daʼvogarlarning dastlabki talabini muhokama qilishda moddiy huquq normasi notoʻgʻri qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasi birinchi qismining 2-bandiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrib chiqish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon qilinganlarga asosan sudlov hayʼati, daʼvogarlarning kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirishni, sud qarorlarini bekor qilib daʼvogarlarning daʼvo talablarini qanoatlantirishni rad etishni lozim topadi. IPKning 118-moddasiga asosan sud xarajatlari daʼvo talablarining qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda taraflar zimmasiga yuklatiladi. Daʼvogarlar tomonidan birinchi, apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 7 500 000 soʻm toʻlangan. Daʼvo talabi qisman asosli hisoblansa-da, daʼvo arizasi berilgandan ushbu yigʻilish oʻtkazilganligi sababli daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilganligini inobatga olib, javobgardan daʼvogarlar foydasiga 1 500 000 soʻm davlat boji undiriladi. Daʼvogarlar tomonidan ishni apellatsiya instansiyasi sudi uchun 1 500 000 soʻm ortiqcha toʻlanganligi sababli unga davlat boji qaytarilishi haqida maʼlumotnoma berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi IPKning 118, 301, 303 va 343-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar D.X.R., D.F.R. va D.M.R.ning kassatsiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chimboy tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 6-martdagi hal qiluv qarori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 23-maydagi qarori bekor qilinsin. Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar D.X.R., D.F.R. va D.M.R.ning daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KS” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qoʻshma korxonasidan daʼvogarlar D.X.R., D.F.R. va D.M.R. foydasiga 1 500 000 soʻm sud xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarlar tomonidan ortiqcha toʻlangan 1 500 000 soʻm davlat boji unga qaytarilsin va bu haqda maʼlumotnoma berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-2304-2302/206-son