21.12.2023 yildagi PF-209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasiga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasini (keyingi oʻrinlarda — Uyushma), uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat boʻlgan “Mahalla yettiligi” faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Uyushmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasidagi “koʻprik” vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, mahalla boshqaruvida aholining faol ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir fuqaro oʻzi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini taʼminlashda masʼuliyatni sezishi, boqimandalikka oʻrganmaslik hissini yanada kuchaytirish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni oʻz uyi va koʻchasini ozoda saqlashga, milliy qadriyat va urf-odatlarni hurmat qilishga chaqirish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlarda mahallaning oʻrnini kuchaytirish, aholi oʻrtasida oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi” tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish uchun safarbar etishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalardagi muammolarning oʻz vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambagʻal oilalarga ajratilayotgan budjet mablagʻlari va boshqa mablagʻlarning maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablagʻlarni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla masʼullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv koʻnikmalari shakllanishiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashiga Bosh vazir, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlariga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va hokimlar raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosariga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahalla raisiga 1-ilovadagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli 2 — 4-ilovalarida keltirilgan vazifalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika inspektori — mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishda koʻmaklashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodim — ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlariga qarab, kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat koʻrsatish va yordamlarni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq inspektori — tadbirkorlarga soliq xizmatlarini koʻrsatish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetining daromadini shakllantirishga masʼul boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2024-yil 1-martdan boshlab “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” (keyingi oʻrinlarda — daftarlar) orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratishda byurokratiyadan xoli va mahallaning hamjihatligini aks ettiruvchi quyidagi yangi tartib joriy etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarni daftarlarga kiritish, shuningdek, daftarlar hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hamda Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 5-sanasiga qadar daftarlar uchun mablagʻlarni taqsimlovchi masʼul tashkilotlar tomonidan jamgʻarmalarda shakllangan mablagʻlar daftarlarga kiritilgan fuqarolar soniga mutanosib ravishda tegishliligi boʻyicha har bir mahalla kesimida taqsimlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovada keltirilgan ijtimoiy yordam turlarini koʻrsatish va subsidiyalar ajratish “mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim ularga yuklatilgan vazifalar yuzasidan jismoniy shaxslarni tegishli daftarlarga kiritish va chiqarish hamda ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish boʻyicha hujjatlarni shakllantirib, mahalla “yettiligi”ning boshqa barcha aʼzolariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar” Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan yordamlar fuqarolarning ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish va shunday vaziyatga tushganlarni ogʻir vaziyatdan chiqarish maqsadida ijtimoiy xodim tomonidan mahalla “yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun kiritilgan holda koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi uchun “mahalla yettiligi” masʼul va javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi”ning faoliyati asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) boʻyicha alohida baholanadi. Bunda koʻrsatkichlar mazkur xodimlarning ish beruvchilari tomonidan Uyushma bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektorlari faoliyatini KPI asosida baholashda 20 foiz ball berish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “mahalla yettiligi” aʼzolarining ish haqini asosiy ish joyidan berish tartibi saqlab qolingan holda KPI asosida baholash natijalaridan kelib chiqib, ular moddiy ragʻbatlantirilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga quyidagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi bundan mustasno) 10 foizi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla idoralari orqali koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun undirilgan yigʻimning 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalladagi hududi 2 000 kvadrat metrgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokimi yordamchisi onlayn-buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaning mol-mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan olinadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadigan boshqa mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlarini qayta taqsimlagan holda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan mahallalarga yoʻnaltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla raisining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalla obodligini taʼminlash, shu jumladan, “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va masʼuliyatini oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta koʻchatlari ekish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda bir marotaba mahalladagi barcha koʻchalarda ommaviy hashar uyushtiradi, kamida 2 ta ehtiyojmand oilalarning taʼmirtalab xonadonida qoʻni-qoʻshnilarni jalb etgan holda, hashar tashkil etadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va anʼanalarni targʻib qilish, sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, toʻy-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham oʻtkazilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har chorakda bir marotaba madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan milliy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlash, toʻy-marosimlarni ixcham oʻtkazish boʻyicha uchrashuvlari tashkil etilishini taʼminlaydi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar etish va muammolarga yechim topishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Fuqarolar yigʻinining Kengashida har oyda kamida 5 ta mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarining mahallada amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotini eshitib, muammolarni hal etishda koʻmaklashadi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mahallani har tomonlama rivojlantirishda ular imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har haftada mahalladagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlar hisobotini eshitadi va ularni har biri har oyda kamida 10 tadan muammoli masalalarni hal etishini nazoratga oladi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, shu jumladan, taʼlim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har haftada bir marotaba mahalla hududidagi taʼlim tashkilotida oʻquvchilarning davomati, oilaviy poliklinikalarda (qishloq vrachlik punktlarida) aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat va patronaj hamshiralarining oilalarga tashrifi, sport tashkilotlarining aholi uchun ochiqligi, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari atrofining tozaligi hamda daraxtlarni parvarishlash holatini oʻrganadi)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim yordamchisining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda bandligini taʼminlash choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda kamida 10 nafar ishsizning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash chorasini koʻradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har chorakda bir marotaba kredit yoki subsidiya ajratilgan fuqarolarning uyiga borib, tadbirkorlik va daromad topishga qaratilgan faoliyatini yurib ketishiga koʻmaklashadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarning tadbirkorlikka qiziqishlarini aniqlash, ularning kichik biznes subyektiga aylanishiga yordam berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har chorakda kamida 5 nafar oʻzini oʻzi band qilgan hamda tashabbuskor fuqarolarni yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy korxona sifatida ish boshlashiga yordam beradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholiga ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlari va tomorqalarda ekilgan ekinlar va yetishtirilgan mahsulotlar hisobini yuritadi, shuningdek, dehqon xoʻjaliklari bilan eksportyor, broker va qayta ishlovchi korxonalarning hamkorligini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahallalarda kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantiradi va loyihalarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalladagi boʻsh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalladagi kambagʻal oilalarning har biri uchun “individual dastur” ishlab chiqadi va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, jumladan ularni “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etishga jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda kamida 20 nafar yoshlarni sport, musiqa va fan toʻgaraklariga jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haftada bir marotaba sport musobaqalari, musiqa va raqs tanlovlarini tashkil etadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari bandligiga koʻmaklashish, jumladan “Yoshlar bandligi dasturi”ni mahallada amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Mahallada ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilarining roʻyxatini shakllantiradi va hokim yordamchisi bilan birgalikda ularning bandligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oyda bir marotaba maktabning bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan uchrashib, oliy taʼlim muassasasi va mutaxassislik yoʻnalishini tanlash hamda kirish imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat koʻmagiga muhtoj “ogʻir” toifadagi yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Mahallada “ogʻir” toifadagi yoshlarning yashash manzili va ish joyiga har oyda kamida bir marotaba borib, biriktirilgan rahbarlar bilan birgalikda hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan, shuningdek, profilaktika inspektori bilan birgalikda huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar va voyaga yetmaganlarni har biri bilan individual ishlaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini hal etish, jumladan yoshlarga koʻrsatiladigan 30 ta yordam turlaridan samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har chorakda bir marotaba yordam koʻrsatilgan yoshlarning uyiga borib, loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijdagi vatandosh yoshlar bilan ishlash va ularni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda kamida bir marotaba xorijdagi yosh vatandoshlar bilan muloqot qilish orqali ularning faoliyatini oʻrganadi hamda Vatanga qaytib faoliyatini yuritishi uchun “mahalla yettiligi” bilan zarur choralarni koʻradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtidorli yoshlarni izlab topish, isteʼdodini roʻyobga chiqarish va ularni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda kamida 1 nafar iqtidorli yoshlarni aniqlaydi, isteʼdodini roʻyobga chiqarish boʻyicha ular bilan individual ishlaydi, mavjud yordam turlari orqali ularni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, jumladan yoshlar yetakchisining oʻzi har oyda kamida 1 ta kitob mutolaa qilish orqali shaxsiy namuna koʻrsatishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har chorakda kamida bir marotaba maʼnaviyat, madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarni jalb qilgan holda yoshlar oʻrtasida kitobxonlikka oid tadbirlarni tashkil etadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shaxsiy rivojlanish maqsadida, jumladan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida kamida 1 ta xorijiy tilni mukammal oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Mahalla yoshlarini xorijiy tillarni oʻrganishga doimiy qiziqtirib boradi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” tamoyillarini targʻib qilish, xususan yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda kamida 20 ta oilaga kirib, oilaviy qadriyatlarni targʻib etadi va nikohlarning qonuniyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallada har oyda ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalarning 5 tasini sogʻlom turmush tarziga qaytaradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda bir marotaba maktabdagi oʻquvchi qizlar bilan uchrashib, ularning taʼlim olishga qiziqishini oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oyda kamida 5 nafar mahalladagi xotin-qizlarni tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ushbu muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda kamida 10 nafar ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatishni tashkil etadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy profilaktika va moslashtirish ishlarida hamkorlik qilish, tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Har oyda bir marotaba jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar xonadoniga borib, muammosini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini aniqlaydi va profilaktika inspektoriga xabar beradi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ijtimoiy yordam va subsidiyalar turi**

Miqdori

I. Hokim yordamchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar

1.

Tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiya ajratish

Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi oʻrinlarda — BHM) 30 baravarigacha

2.

Tomorqa yer egalariga sugʻorish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

3.

Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya ajratish

BHMning 3 baravarigacha

4.

Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

5.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

6.

Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

7.

Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun bir martalik subsidiya ajratish

BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda

8.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish

7 million soʻmgacha, xotin-qizlarga 10 million soʻmgacha

9.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun subsidiya ajratish

BHMning 10 baravarigacha

10.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlarni toʻlashda bir martalik subsidiya ajratish

BHMning 1 baravarigacha

11.

Kasb-hunarga oʻqitish markazlarining oʻquv xonalarida oʻqitish qiyin boʻlgan kasb yoʻnalishlarida “ustoz-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga yoki hunar oʻrgatayotgan (yoki oʻrgatmoqchi boʻlgan) ustalarga shogirdlar tayyorlash yoki shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash

Har oyda BHMning 4 baravarigacha

12.

Kasanachilik faoliyatini tashkil etgan talabgorga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir martalik subsidiya ajratish

Bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida

13.

Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik bilan shugʻullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 30 baravarigacha

14.

Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish hamda moslashtirilayotgan har bir ish joyi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 40 baravarigacha

15.

Tadbirkorlik subyektlariga kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

Har bir kasanachi uchun har oyda BHMning 2 baravarigacha

16.

Tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun jalb qilingan har bir kasanachi uchun foizsiz ssuda ajratish

1 million soʻmgacha, biroq 2 yilgacha muddatga jami 150 million soʻmgacha

17.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar ajratish

Jismoniy shaxslarga 33 million soʻmgacha, yuridik shaxslarga 300 million soʻmgacha

18.

Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman (shahar)larning toifasiga qarab quyidagi maqsadlar uchun:

“ustoz-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun;

BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha
Xarajatlarning

shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun;

50-75 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha

ustalarga — internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun;

Xarajatlarning 50-75 foizi, biroq BHMning
30 baravarigacha

hunarmandlarning Hunarmand uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun subsidiya ajratish

BHMning 5 baravarigacha

II. Xotin-qizlar faoli tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar

1.

Kamida ikki haftalik, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan holda, oʻn bir oygacha muddatga band boʻlmagan aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish

Mehnat shartnomasiga asosan belgilanadigan miqdorda

2.

Ish beruvchilarga — aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun toʻlovni amalga oshirish

Har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda BHMning 4 baravari

3.

Kasb-hunarga ega boʻlmagan ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va ularni malakasi oshirish kurslariga jalb etish

Hisob-kitobga koʻra

4.

Tadbirkorlik subyektlariga ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun subsidiya ajratish

Har bir moslashtirilayotgan ish joyi uchun BHMning 40 baravarigacha

5.

Sektor rahbari xulosasi asosida bir martalik moddiy yordam berish

BHMning 2 baravari

6.

Tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit ajratish

33 million soʻmgacha

7.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni maxsus oʻqitish dasturi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlash

Hisob-kitobga koʻra

8.

Bir martalik moddiy yordam berish

BHMning 4 baravari

9.

Sektor rahbari xulosasi asosida, ogʻir turmush sharoitidagi (uy-joyi taʼmirlashga muhtoj, biroq oilasining moddiy imkoniyati yetmaydigan) xotin-qizlarning uy-joyini taʼmirlash

BHMning 30 baravarigacha

10.

Turar joy ijarasi uchun kompensatsiya toʻlash

Turar joy ijarasi uchun toʻlovlarning 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha

11.

Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish

Boshlangʻich badalni toʻlash: 32 million soʻm

12.

Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish

Uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi

13.

Uy-joy bilan taʼminlash

Hisob-kitobga koʻra

14.

Sektor rahbari xulosasi asosida, bir martalik moddiy yordam berish

BHMning 2 baravari

15.

Yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish tizimi (artezian quduqlar, tomchilatib sugʻorish tizimi va boshqalar) va elektr energiyasi bilan taʼminlash, berilgan yerlarni oʻzlashtirish uchun (yer haydash, urugʻlik koʻchat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratish

BHMning 40 baravarigacha

16.

Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan (taʼlim shaklidan qatʼi nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bir marotaba toʻlov-kontrakti toʻlab berish

BHMning 15 baravarigacha

17.

Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

6 oy davomida oʻrtacha ish haqining 50 foizi miqdorida, biroq har bir oy uchun BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda

18.

Kasb-hunar taʼlimi tashkilotlariga — band boʻlmagan shaxslar, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish uchun grant ajratish

Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha

19.

Kasb-hunarga oʻqitish markazlari, kollejlar va oliy taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʻjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish uchun grant ajratish

Har bir ishsiz fuqaro uchun BHMning 4 baravarigacha

20.

Tibbiy yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy sanitariya muassasasi tomonidan statsionar yoki ambulator davolash

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

21.

Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, shuningdek ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida 1 guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar) farzandlarini oʻrnatilgan tartibda elektron navbatga qoʻyish orqali viloyat yoki respublika darajasida tibbiy muassasalarda davolash

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

22.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlariga davolash, dori-darmon olib berish yoki murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun mablagʻ zarur boʻlgan holatlarda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi va sektor rahbari xulosalari bilan tibbiy muolaja xarajatlarini toʻlab berish

Dori-darmon olib berish uchun BHMning 20 baravarigacha;
murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun BHMning 100 baravarigacha

23.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash

Hisob-kitobga koʻra

24.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki surunkali hamda yuqumli kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining, lozim boʻlganda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining davolanish amaliyoti uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga borish-kelish yoʻl xarajatlarini qoplab berish

Yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi (chipta va hokazo) hujjatlarda koʻrsatilgan summa;

Yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, har bir kilometrga BHMning 0,08 foizi miqdorida;

Maxsus transport vositasi uchun sarflangan summa

25.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolaridan kelib chiqib, huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, tugʻilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasportini olish, sudga daʼvo arizasi kiritgani uchun undiriladigan davlat boji toʻlovlari va boshqa xarajatlarni (advokatlarning xizmati uchun toʻlovlar bundan mustasno) sektor rahbari xulosasiga asosan toʻlab berish

Davlat boji sifatida belgilangan summa

26.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun madaniy-maʼrifiy, sport va boshqa tadbirlar tashkil etish

Shakllantirilgan xarajatlar smetasi miqdorida

27.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish

Hisob-kitobga koʻra

III. Yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantiriladigan hujjatlar

1.

Moddiy ahvoli ogʻir yoshlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish

BHMning 4 baravarigacha

2.

Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash

Oʻqish xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq mos ravishda har bir oy uchun BHMning 4, 8, 12 baravaridan koʻp boʻlmagan qismi

3.

Yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

BHMning 4 baravarigacha

4.

Dehqonchilik va tomorqa xoʻjaligini yuritish bilan shugʻullanayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish

BHMning 8 baravarigacha

5.

Yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash

12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha boʻlgan qismi

6.

Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish

BHMning 40 baravarigacha

7.

Professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining taʼlim toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish

Toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravari

8.

Yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish

6 oygacha har oyda BHMning 4 baravari

9.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslari uchun subsidiya ajratish

Har oyda BHMning bir baravarigacha

10.

Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish

Mahalliy bosqichlar uchun BHMning 4 baravari, xalqaro bosqichlar uchun BHMning 40 baravari

11.

Yoshlarni taʼlim, madaniyat va sanʼat, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarga oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim tashkilotining noturar joy ijara xarajatlarini qoplash

Uch oy muddatgacha BHMning 50 baravari

12.

Bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya ajratish

BHMning 50 baravari

13.

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash

BHMning 4 baravari

14.

Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badalini qoplash uchun subsidiya ajratish

Xizmatni oʻtash badalining toʻliq qismi

15.

Yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratishga uchun kafillik berish

Uy-joy qurish uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratishda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining kafilligi

16.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish

12 oygacha har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda

17.

Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish

Mahalla darajasida bir kalendar oy uchun BHMning 10 baravarigacha

18.

Chekka qishloq va ovullarda ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat, kitobxonlik yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarni tashkil etish uchun zarur jihozlar xarid qilish

BHMning 50 baravarigacha

19.

Nogironligi boʻlgan yoki bemor yoshlarga zarur tibbiy asbob-uskuna va jihozlarni ijtimoiy xodim bilan birgalikda xarid qilish

BHMning 40 baravarigacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan yordam va subsidiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiya ajratish boʻyicha hujjatlarni “mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tayyorlaydi va kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 06/23/209/0966-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 11.09.2025-y., 06/25/163/0820-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)