Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining
Qarori
“Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023 yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2052-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 2-noyabrdagi 89, 105, 7-son “Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2052, 2009-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 528-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-dekabr,
92-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 24-noyabr,
6-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
2023-yil 6-noyabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 10/23/2052-1/0965-son)