Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3156-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-avgustdagi 426-son “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 11-dekabr,
93-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2023-yil 17-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
2023-yil 18-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 11-dekabrdagi 93-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-martdagi 4-son “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3156, 2019-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 17-son, 335-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 14-oktabrdagi 12-son “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-1, 2021-yil 27-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2021-y., 10/21/3156-1/1004-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 6-iyundagi 4-2022-son “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3156-2, 2022-yil 20-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2022-y., 10/22/3156-2/0540-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 10/23/3156-3/0962-son)