Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3485]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 8-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3780, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-869-son “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 21-dekabr,
23-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 21-dekabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 26-noyabrdagi 8, 109-son qarori (roʻyxat raqami 1878, 2008-yil 2-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 487-modda) bilan tasdiqlangan Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
6-banddagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilova matnidagi “nazorat tartibida” degan soʻzlar “taftish tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 30-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3588, 23.12.2024-y.) asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 10/24/3588/1052-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2023-y., 10/23/3485/0958-son; 24.12.2024-y., 10/24/3588/1052-son)