Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
“Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1647-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 31-maydagi PF-81-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligining 2006-yil 27-noyabrdagi 11-1481, 10/8, 91-son “Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1647, 2006-yil 25-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 522-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
MH-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
01/24-09-305-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
88-son
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 23-noyabrdagi MH-16, 01/24-09-305 va 88-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Boshoqli don ekinlari somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkaziladigan zararni aniqlash hamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qoʻllash boʻyicha nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasidan “va 2006-yil 17-maydagi “2006-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-351-son qarorining 4-bandi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-maydagi “2005-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-76-son va 2006-yil 17-maydagi “2006-yil boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-351-son qarorlarining 4-bandlariga muvofiq,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 6-bandning oʻn oltinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 7 va 8-bandlardagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 9-bandda:
“a” va “b” kichik bandlardan “, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Ekologiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 10/23/1647-3/0927-son)