20.11.2023 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarda yerga oid nizolarni koʻrishda qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 68-moddasining talablaridan kelib chiqqan holda, yer umummilliy boylik ekanligi, undan oqilona foydalanish zarurligi va u davlat tomonidan muhofaza qilinishini inobatga olib, yerga oid nizolarni sudlar tomonidan hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi va yer munosabatlarini tartibga solishga oid boshqa qonunchilik hujjatlari toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori yer toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining (bundan buyon matnda Yer kodeksi deb yuritiladi) 3-moddasi bilan belgilanganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar yerga oid qonunchilik hujjatlarini qoʻllashda ushbu sohaga oid qonunchilik orqaga qaytish kuchiga ega emasligi, ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi hamda qonunda u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etilishiga eʼtibor qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, maʼmuriy sudlarga nizolashilayotgan maʼmuriy hujjat yoki mansabdor shaxs harakati (harakatsizligi)ning qonuniyligiga ushbu hujjat qabul qilingan yoki harakat (harakatsizlik) sodir etilgan vaqtda amalda boʻlgan yerga oid qonunchilik hujjatlari asosida baho berishlari lozimligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar nizoli yer uchastkasiga boʻlgan huquqni va ushbu huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari lozim, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq ishlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarning eʼtibori Yer kodeksining 33-moddasida nazarda tutilgan hujjatlargina yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Daʼvogar (arizachi) tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi hujjat taqdim etilganda, sudlar nizoni toʻgʻri hal etish uchun yer uchastkasining plani va tavsifi tuzilganligi, yer uchastkasining chegaralari joyida belgilab berilganligi haqidagi hujjatlar mavjudligini kadastr yoki boshqa vakolatli organlarning maʼlumotlari asosida aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar yerga oid nizolarning xususiyatidan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda daʼvoni taʼminlash (dastlabki himoya) choralarini koʻrish masalasini muhokama qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday ishlarni protsessual muddatlarga qatʼiy rioya qilgan holda koʻrib chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga tushuntirilsinki, Yer kodeksi 22-moddasining birinchi qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda Fuqarolik kodeksi deb yuritiladi) 549-moddasi birinchi qismining mazmuniga koʻra, davlat egaligida boʻlgan yer uchastkalari yoki boshqa koʻchmas mulklarning qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxsning egaligiga oʻtkazilishi, yer uchastkalari yoki boshqa koʻchmas mulklardan ijara huquqi asosida foydalanib kelayotgan shaxslarning ijara shartnomasining muddati tugaguniga qadar undan foydalanish huquqidan mahrum etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, muddati tugaganligi munosabati bilan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda, ushbu Kodeksning 244-moddasi asosida yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish holatlariga eʼtibor qaratishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar yerga oid nizolarni koʻrishda manfaatdor shaxslar doirasini aniqlab, zarurat boʻlgan hollarda, ularni (masalan, kadastr va arxitektura organlari, auksion yoki tanlov oʻtkazuvchi tashkilotlar, mahalliy hokimliklar, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari va boshqalar) ishda ishtirok etishga jalb qilish masalasini muhokama qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Sudlovga taalluqlilik masalalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarning eʼtibori maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining yuridik va jismoniy shaxslarning yerga oid huquqlarini buzuvchi maʼmuriy hujjatlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza (shikoyat)lar, shuningdek, ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash haqidagi talablar maʼmuriy sudlarga taalluqli ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) oqibatida vujudga kelgan zararlar sababiy bogʻlanishdagi zararlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Yer kodeksining 24, 36-moddalari talabi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda Vazirlar Mahkamasining individual xususiyatga ega boʻlgan yer munosabatlariga oid hujjatlari maʼmuriy sudlarda nizolashilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yerga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar yoki iqtisodiy sudlar tomonidan koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va qayta sotib olish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha kompensatsiya undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
servitutni belgilash yoki bekor qilish, servitut yuzasidan haq undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir nechta shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasidan foydalanish tartibini belgilash, uni boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bogʻliq boʻlmagan huquq buzilishlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, yer uchastkasidan majburiy tartibda chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 36-moddasida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 86, 87-moddalarida nazarda tutilgan hollarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararni undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining ijara shartnomasi bilan bogʻliq nizolar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yerga oid qonunchilik hujjatlari bilan tegishli organlarning vakolatiga taalluqli masalalar sudlar tomonidan hal qilinmasligiga, jumladan Yer kodeksining 23-moddasiga asosan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) boʻyicha vakolatli organlar belgilanganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Inobatga olinsinki, maʼmuriy organning obyektni tanlov yoki auksionga chiqarishga qadar amalga oshirgan harakati (harakatsizligi) yoxud qarori bilan bogʻliq ommaviy-huquqiy nizolar maʼmuriy sudlarning sudloviga, auksion yoki tanlov natijasi yuzasidan vujudga kelgan nizolar esa (masalan, bitim, kim oshdi savdosini yoki tanlovni haqiqiy emas deb topish, bitimni bekor qilish, oʻzgartirish) tegishincha fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar yoki iqtisodiy sudlarning sudloviga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12, 27 va 34-moddalaridan kelib chiqib, shuni nazarda tutishlari lozimki, ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda, huquq egasiga belgilangan kompensatsiya berilishi bilan bogʻliq nizolar dastlab sudga qadar kompensatsiya komissiyalari tomonidan koʻrib chiqilishi, biroq masalaning qonunchilikda belgilangan muddatlarda kompensatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaganligi arizani sud tomonidan koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kompensatsiya komissiyasining qarori tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlganligi sababli kompensatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan manfaatdor shaxs tegishlicha fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga kompensatsiya undirish haqidagi daʼvo arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Yerga oid ommaviy-huquqiy nizolar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning vujudga kelishi asoslari qonunda qatʼiy belgilab qoʻyilganligi sababli hakamlik sudlarining vakolat doirasidan chetga chiqqan holda yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulkka nisbatan huquqlarni vujudga keltirishga qaratilgan qarorlari, arizachilarning mansabdor shaxslarning zimmasiga yer uchastkasi yoki boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, koʻchmas mulkni qayta rekonstruksiya qilishga ruxsat berish majburiyatini yuklash haqidagi va shu kabi boshqa talablarini qanoatlantirish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 27-moddasi birinchi qismining 5-bandiga asosan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda arizachi tomonidan noaniq (masalan, kadastr yigʻmajildi, kadastr pasporti, guvohnoma va davlat reyestridan koʻchirmani haqiqiy emas deb topish haqida) talab qoʻyilganda, nizoning asl mohiyatidan kelib chiqqan holda maʼmuriy sudlar sudning faol ishtiroki tamoyili asosida talabga aniqlik kiritish choralarini koʻrib, arizani mazmunan koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishini bekor boʻlishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat ekanligidan kelib chiqib, bu haqdagi davlat reyestri koʻchirmasini emas, balki koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topilishi mumkinligiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga koʻra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ hisoblanishi sababli, sudlarning eʼtibori koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, ish boʻyicha javobgar sifatida Davlat kadastrlari palatasining viloyat hududiy boshqarmalari jalb qilinishi lozimligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarining vujudga kelish asoslari Yer kodeksining 31-moddasida koʻrsatilgan boʻlib, yerga oid nizolarni koʻrishda arizachida bunday huquqlar mavjud yoki mavjud emasligi, arizachi MSIYUtK 185-moddasi talabi boʻyicha sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs hisoblanishi yoki hisoblanmasligiga aniqlik kiritish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sudlarga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida muhofaza etiladigan obyektlar va ularning muhofaza hududlariga nisbatan boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi, mazkur yer maydonlariga boʻlgan huquqning vujudga kelmaganligini anglatmasligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmonining (bundan buyon matnda PF-6243-sonli Farmon deb yuritiladi) 4-bandi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish, shu jumladan tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʻzgartirish, bekor qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, PF-6243-sonli Farmonning 8-bandida ushbu Farmon rasman eʼlon qilingan kundan boshlab Yer kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilguniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy vakillik va ijro hokimiyati organlari tomonidan mazkur Farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratish qatʼiyan toʻxtatilganligi qayd etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, Yer kodeksining 23-moddasiga oʻzgartishlar 2021-yil 16-avgustda kiritilgan boʻlsa ham, tuman (shahar) hokimlari 2021-yil 9-iyundan boshlab yer uchastkalarini egalik qilish va foydalanish uchun ajratish (realizatsiya qilish) vakolatiga ega emasliklariga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yerga oid fuqarolik-huquqiy nizolar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Yer kodeksining 10 va 21-moddalari talablariga muvofiq yer uchastkasini boʻlish imkoniyati boʻlmasa, bunday yer uchastkasi bir necha shaxslar tomonidan birgalikda egalik qilinadigan va foydalaniladigan yer uchastkasi deb eʼtirof etiladi, bu hol koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarini boʻlish va undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolarni hal qilishda sudlar Yer kodeksi 22-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan ulushlarga mutanosib ravishda yer uchastkasini boʻlish yoki foydalanish tartibini belgilash haqidagi kadastr organi mutaxassisining fikri yoki sudga oid ekspertiza xulosasidan kelib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini taraflarning imoratga boʻlgan egalik huquqidagi ulushlariga mutanosib ravishda yoki ulushlar tengligidan chekingan holda ajratish imkoniyati boʻlmasa, sud ilgaridan shakllangan yer uchastkasidan foydalanish tartibidan kelib chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yer kodeksi 62-moddasining toʻrtinchi qismi talabiga muvofiq yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, truboprovod, sugʻorish qurilmalari va shu kabilar), yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar esa mustaqil ravishda yoki transportda kirib chiqish imkoniyatidan mahrum boʻlib qoladigan boʻlsa, yer uchastkasining boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolik kodeksi 223-moddasining beshinchi qismidan kelib chiqib, birgalikda egalik qiluvchilar oʻrtasidagi yer uchastkalarini boʻlishda ulushlarga nisbatan nomutanosiblik vujudga kelganda, sudlar nizoni hal etishda yerga boʻlgan huquqdagi farq uchun tegishli pul summasini undirish yoki boshqacha kompensatsiya belgilanishi lozimligiga eʼtibor qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Birgalikda egalik qiluvchilar oʻrtasida yerdan foydalanish tartibi oʻrnatilganidan soʻng vujudga kelgan yer uchastkasiga egalik qilish yoki foydalanish tartibi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal qilishda sudlar quyidagilarni eʼtiborga olishlari lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mulk ishtirokchilaridan birining umumiy foydalanishda boʻlgan turar joyda qoʻshimcha imoratlar va qurilmalarni barpo etish, ustiga qurish, qayta qurish yoʻli bilan ulushini koʻpaytirishi oʻz-oʻzidan birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasining oʻlchamini oʻzgartirishga asos boʻlmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy mulkdorlaridan biri uy-joyning oʻziga tegishli qismini oʻzga mulkdorga oʻtkazganda, shuningdek uy-joyning bir qismi vorislik tarzda oʻzgaga oʻtganda yer uchastkasidan foydalanish tartibini yangidan belgilashga, faqat bu tartib boshqa mulkdorlarning huquq va manfaatlariga zid boʻlmagan taqdirdagina, yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy mulkdorlarining biri imoratning oʻziga tegishli boʻlgan qismini oʻzga shaxs foydasiga oʻtkazganda, yer uchastkasidan foydalanishning ilgaridan oʻrnatilgan tartibi yangi mulkdor uchun ham majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar yer uchastkasini boʻlish imkoni boʻlmasa, sud daʼvoni rad qiladi va taraflarga yerdan foydalanish tartibini belgilash haqida daʼvo qilish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkasini boʻlish yoki undan foydalanish tartibini belgilash haqidagi nizolar boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tarafga qoldiriladigan yer uchastkasining maydoni va chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda egalik qilinadigan yoki foydalaniladigan yer uchastkalarining maydoni va chegaralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan turar joyga, yordamchi imoratlarga va qurilmalarga oʻtish joyining maydoni va chegaralari hamda boshqa eʼtiborga molik maʼlumotlar koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sudlar Yer kodeksi 36-moddasining 6 — 11-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning bekor qilish masalasi Yer kodeksining 38-moddasiga muvofiq, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organning yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan ogohlantirganidan keyin tuman (shahar) hokimiga yer uchastkasini olib qoʻyish haqida kiritilgan taqdimnomasi asosida tuman (shahar) hokimining yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish va yer maydonini olib qoʻyish haqidagi daʼvo arizasiga binoan sud tartibida hal etilishini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, agar daʼvo arizasida yer uchastkasini olib qoʻyish (yer ijara shartnomasini bekor qilish) talabi bilan birga ushbu yer uchastkasini zaxiraga olish (zaxiraga qaytarish) talabi ham qoʻyilgan boʻlsa yoki alohida talab sifatida yer uchastkasini zaxiraga olish (zaxiraga qaytarish) talabi berilgan boʻlsa, qonunchilikka koʻra yer uchastkalarini zaxiraga olish (zaxiraga qaytarish) sudlarning vakolatiga kirmasligi sababli ushbu talab boʻyicha ish yuritish tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sudga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish (yer ijara shartnomasini bekor qilish) talabi bilan birga yer uchastkasini olib qoʻyish talabi qoʻyilgan boʻlsa, har ikki talab alohida nomulkiy talab hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu toifadagi ishlarni koʻrishda sudlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi hujjat (hokim qarori, savdo bayonnomasi, shartnomasi va boshqalar) tegishli tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, yer uchastkasiga boʻlgan huquq yuzaga kelganligini tekshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasiga boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, sudlar huquq yuzaga kelmaganligi asosi bilan huquqni bekor qilish talabini rad etib, yer uchastkasini olib qoʻyish talabini qanoatlantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori, agar oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish toʻgʻrisida daʼvo berilganda mazkur daʼvo talabi Yer kodeksining 91, 911-moddalariga asosan koʻrib chiqilishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Yer kodeksi 38-moddasining ikkinchi qismiga asosan Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvchini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish haqida sudga daʼvo arizasini kiritishi, basharti nizoli yer uchastkasiga nisbatan yer ijara shartnomasi mavjud boʻlmagan holdagina amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlar fermer xoʻjaliklari bilan yer uchastkasi ijara shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Fuqarolik kodeksining 384-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) talablariga rioya qilinganligini tekshirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni oldi-sotdi, hadya, garov, oʻzboshimchalik bilan tuzilgan almashtirish shartnomalari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartib buzilgan holda tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomalari FKning 116-moddasiga asosan oʻz-oʻzidan haqiqiy emas hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday shartnomalar oʻz-oʻzidan haqiqiy emasligidan kelib chiqib, Fuqarolik kodeksi 113-moddasining uchinchi qismiga koʻra sudlar oʻz tashabbuslari bilan shartnomaning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllashga haqli ekanligini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Yer kodeksi 24-moddasining sakkizinchi qismi mazmuniga koʻra yer uchastkasidan foydalanish huquqi ushbu yer uchastkasini ijarachisi tomonidan faqat oʻziga kreditlar olish uchun garovga qoʻyilishi mumkinligi inobatga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudlarga tushuntirilsinki, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi dastlabki hujjat bekor qilingan yoki sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan boʻlib, biroq nizoli yer uchastkasi amaldagi egasi (foydalanuvchisi)ning huquqni tasdiqlovchi hujjati oʻz kuchida boʻlsa, uni ushbu yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlar daʼvogarga amaldagi egasi (foydalanuvchisi)ning ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatini nizolashish huquqini tushuntirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudlarga tushuntirilsinki, daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini qaytarish va uni yaroqli holatga keltirish soʻralganda, ular bitta talab sifatida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish uni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Servitutni belgilashni talab qilgan shaxs va oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori servitut toʻgʻrisida oʻzaro kelisha olmasalar, unda servitut cheklangan tarzda manfaatdor shaxsning daʼvosi boʻyicha sudning hal qiluv qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sudlarning eʼtibori Yer kodeksining 30-moddasiga asosan servitutning muhim sharti bunday huquqni oʻrnatishni talab qilgan yer uchastkasining mulkdori, egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi va ijarachisining oʻzganing uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini oʻrnatmasdan turib, tegishli ehtiyojlarini qondirish imkonsiz ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Servitut belgilanishi va uning shartlari xususidagi ishlarni hal qilishda, sudlar vakolatli organlarni ishga jalb etish hamda mutaxassisning fikri, tushuntirishlarini olish masalasini muhokama qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Servitut belgilanishi bilan bogʻliq (Yer kodeksi 30-moddasi ikkinchi qismi) xarajatlar daʼvogar zimmasiga yuklatilishi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilmagan (realizatsiya qilinmagan), shu jumladan, berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari vakolatli organlar tomonidan naturada (joyning oʻzida) belgilanmagan, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar olinmagan holda foydalanilgan yer uchastkasi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan egallab turgan yer uchastkalarini qaytarish va undagi qurilmani buzdirish toʻgʻrisidagi ishlarda kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudlar bu toifadagi ishlarni koʻrishda davlat hokimiyati organining daʼvodan voz kechishi qonunchilik hujjatlariga zid kelmasligini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, Yer kodeksining 911-moddasiga koʻra, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi, shunga koʻra sudlar ularga egalik huquqini belgilash yoki mansabdor shaxslarga bunday majburiyat yuklashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, ushbu toifadagi nizolarni koʻrishda taqdim etilgan hujjatlar bilan cheklanmasdan mutaxassis jalb etilgan (kadastr, arxitektor va boshqa) holda yer maydoni toifasi va taqdim etilgan hujjatlarni haqqoniyligi aniqlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sudlarga tushuntirilsinki, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga asosan olib qoʻyilayotgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning qiymati yer uchastkasi olib qoʻyilishi tartib-taomili boshlanguniga qadar boʻlgan paytdagi yoki yer uchastkasi olib qoʻyilishi haqidagi xabar koʻchmas mulk obyektining qiymatiga, shuningdek olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarga taʼsir koʻrsatilguniga qadar boʻlgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan faqat mulkdorning yoki huquq egasining huquqlari yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasining bozor qiymatini oldindan va toʻliq qoplash majburiyati belgilanganligi sababli ushbu majburiyat bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, zarar undirish haqidagi talab FK 324-moddasi ikkinchi qismiga asosan qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda hal etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari, koʻchmas mulklarni olib qoʻyilishi va buzilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni toʻlashni kechiktirganlik uchun foiz undirish soʻralgan boʻlsa, bunday talab Fuqarolik kodeksining 327-moddasi normasidan kelib chiqib hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sudlar qonunda jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi olib qoʻyilishi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda kompensatsiya yoki zararni undirishda olib qoʻyilayotgan koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati, koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati kompensatsiya qilinishi bilan birga yer uchastkasiga boʻlgan muayyan (Yer kodeksining 17-moddasi) huquqning bozor qiymati ham (ijara huquqi bundan mustasno) alohida-alohida aniqlanishiga eʼtibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sudlarga tushuntirilsinki, yer uchastkasini ijaraga berish haqida vakolatli organning qarori mavjud boʻlib, ijara shartnomasi tuzilmagan boʻlsa, yer ijara shartnomasini majburiy tartibda tuzish talabi qoʻyilganda, yer uchastkasi toʻgʻrisida nizo bor yoki yoʻqligini aniqlash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sudlar yerga oid nizolarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qonunchilik hujjatlari buzilgan har bir holat yuzasidan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yerga oid nizolarni koʻrish jarayonida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, sudlar bu haqda prokurorga xabarnoma yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr organlari yer maydonlari oʻzboshimchalik bilan egallanganligi holati boʻyicha kiritgan daʼvo arizalarini koʻrish jarayonida daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqida ariza bilan murojaat etganda, sud ishni koʻrish natijalari boʻyicha Respublika Kadastr agentligiga, prokuratura organlariga xabarnoma yuborish masalasini hal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari yer qonunchiligini qoʻllashga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 3-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son