20.11.2023 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni iqtisodiy sudlar tomonidan ko‘rishda qonunchilik hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har kimning, shu jumladan, xalqaro iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining sud orqali himoyalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (24, 55, 139-moddalari), qonunchilik hujjatlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va tamoyillari hamda xalqaro shartnomalar bilan tan olinadi va kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi)ning chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritishni tartibga soluvchi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy masalalar va ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy maqomini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy sudlar tomonidan chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) ishtirokidagi ishlarni ko‘rishda, shu jumladan, chet el davlat sudi yoki arbitraj qarorini tan olish va ijroga qaratish, shuningdek, chet el davlat sudining topshirig‘ini bajarish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Nyu-York shahrida 1958-yil 10-iyunda imzolangan “Chet el mamlakatlari hakamlik qarorlarini e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risidagi”gi Konvensiya (bundan buyon matnda Nyu-York Konvensiyasi deb yuritiladi), Kiyev shahrida 1992-yil 20-martda imzolangan “Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Bitim (bundan buyon matnda Kiyev Bitimi deb yuritiladi), Minsk shahrida 1993-yil 22-yanvarda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy munosabatlar va huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Konvensiya (bundan buyon — Minsk Konvensiyasi deb yuritiladi), Kishinev shahrida 2002-yil 7-oktabrda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiya (bundan buyon — Kishinev Konvensiyasi deb yuritiladi), Gaaga shahrida 1954-yil 1-martda imzolangan “Fuqarolik protsessi masalalariga doir” Konvensiya, huquqiy yordam berish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillariga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiy sud nizo bo‘yicha ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomini aniqlash yuzasidan choralar ko‘radi. Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy maqomi chet ellik shaxs sifatida tasdiqlanishi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi) 1158-moddasi asosida chet el huquqini qo‘llanilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet ellik yuridik shaxsning huquqiy maqomi mazkur yuridik shaxs ta’sis etilgan davlatning huquqi bilan belgilanadi (ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘zining asosiy joylashgan joyi bo‘lsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet el huquqi bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lmagan xorijiy tashkilotlarning fuqarolik huquqiy maqomi tashkilot ta’sis etilgan davlat huquqi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxsning huquqiy maqomi u fuqarosi bo‘lgan yoki doimiy yashaydigan (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) davlatning huquqi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik shaxs — tadbirkorning huquqiy maqomi u tadbirkor sifatida ro‘yxatidan o‘tgan davlat qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet ellik yuridik shaxsning huquqiy maqomi, qoida tariqasida, kelib chiqqan davlatning savdo reyestridan (registridan) tegishli tartibda tasdiqlangan ko‘chirma yoki muassasa o‘sha davlat qonunchiligida tan olingan huquqiy maqomning boshqa ekvivalent dalillari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar taqdim etilgan hujjatlarni baholashda, savdo reyestridan (registridan) ko‘chirmada rahbar sifatida yoki imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning da’voni, arizani, shikoyatni imzolagan yoki ishonchnoma bergan shaxsning rekvizitlariga muvofiqligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar inobatga olishlari lozimki, da’vo ariza yuridik shaxsning o‘ziga emas, balki alohida bo‘linmasiga (filial, vakolatxona)ga nisbatan taqdim etilgan bo‘lsa, IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan da’vo arizasini qabul qilish rad etiladi. Agar bu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish yuritish IPK 110-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chet ellik shaxsning doimiy muassasasi orqali O‘zbekiston Respublikasida olib borayotgan faoliyati bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, undiriladigan summa chet ellik shaxsning O‘zbekiston Respublikasida “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasi asosida ochilgan hisobraqamlaridan undirilishiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonunchilik hujjatlariga muvofiq oldindan davlat boji to‘lashdan ozod qilingan chet ellik shaxs sudga da’vo arizasi, ariza va shikoyat bilan murojaat qilganda, ularning da’vo arizasi, ariza va shikoyatini qanoatlantirish rad etilganda, ulardan undirilishi lozim bo‘lgan davlat boji va boshqa sud xarajatlari chet ellik shaxsning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan doimiy muassasasining hisobraqamlaridan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 17-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq Palataga a’zolik tadbirkorlik faoliyati subyekti yoki tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmasi yoxud tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan boshqa tashkilot, chet el kompaniyalarining vakolatxonalari va Palata o‘rtasida shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtirilishini e’tiborga olgan holda, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Palata unga a’zo hisoblangan chet ellik shaxslar manfaatida ham sudlarga da’vo arizalari bilan bir qatorda shikoyatlar, arizalar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Iqtisodiy sudlarning chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiy sudlarning chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va IPK 31-bobiga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. IPK 239-moddasining birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari chet ellik shaxslar ishtirokida iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan asoslar (holatlar) ro‘yxati, IPK 240-moddasining birinchi qismida esa O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining mutlaq vakolatlariga kiritilgan chet ellik shaxslar ishtirokidagi nizolar bo‘yicha ishlar ro‘yxati keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar taraflardan hech bo‘lmaganda biri chet ellik shaxs bo‘lib, ular o‘zlarining iqtisodiyot sohasida amalga oshirgan faoliyati bilan bog‘liq yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoni ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi vakolatiga ega deb belgilangan bitimni tuzsalar, basharti, bunday bitim chet davlat sudining mutlaq vakolatlarini o‘zgartirmasa, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi ushbu nizoni ko‘rish bo‘yicha mutlaq vakolatga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiy sudlarning vakolatlarini belgilash to‘g‘risidagi bitim yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bitim shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan shartnoma shartida yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitim taraflarning xohish-irodasi ular tomonidan imzolangan hujjatda ifodalangan bo‘lsa yoki bunday bitimni qayd etishni ta’minlovchi elektron yoxud boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda xatlar yoki xabarlar almashish yo‘li bilan tuzilgan bo‘lsa, bunday bitim yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taraflar o‘rtasida tuzilgan bitimda ular o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy nizolarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarida ko‘rish belgilangan bo‘lib, biroq nizo aynan qaysi iqtisodiy sudda ko‘rilishi belgilanmagan bo‘lsa, nizoni ko‘rish lozim bo‘lgan iqtisodiy sudni va nizoni sudlovga tegishliligini aniqlashda IPK normalari qo‘llaniladi (5 bob, 2 paragraf).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taraflar o‘rtasida nizolarni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga topshirish haqidagi kelishuvning mavjudligi bitim tarafining iqtisodiy sudga da’vo taqdim qilishiga va iqtisodiy sud tomonidan ish qo‘zg‘atilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar taraflarning nizoni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan va ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar o‘zining nizoning mazmuni bo‘yicha birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa, iqtisodiy sud IPK 107-moddasining 2-bandiga asosan da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar javobgar sudga shu mazmundagi ariza yoki iltimosnomani ko‘rsatilgan muddatda taqdim qilmagan yoki javobgar nizoni iqtisodiy sudda ko‘rilishiga roziligidan guvohlik beruvchi protsessual harakatlarni sodir etgan taqdirda (masalan, nizo yuzasidan fikrnoma taqdim qilish, biror protsessual xususiyatdagi iltimosnoma yoki ariza taqdim etish va boshqalar), u ishni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga topshirishni talab qilish huquqidan mahrum bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar nizoni chet davlat sudi sudloviga topshirish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatini o‘zgartirmasa, sud da’vo arizasini (arizani) IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos ravishda qabul qilishni rad etadi, agar da’vo arizasi (ariza) ish yurituviga qabul qilingan bo‘lsa, IPK 110-moddasining 1-bandiga mos ravishda ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar taraflarning nizoni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lsa, ushbu bitimni o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan yoxud ijro etib bo‘lmaydigan bitim deb hisoblagan taqdirda, sud nizoni mazmunan ko‘rib chiqadi (Nyu-York Konvensiyasi 2-moddasining uchinchi bandi). Bunda, iqtisodiy sud kelishuvning haqiqiyligini, xususan, bitimning yozma shakliga rioya etilganligi, taraflarning muomala va huquq layoqatiga hamda shartnoma tuzish erkinligiga rioya etilganligi, kelishuvning o‘z kuchini yo‘qotgan yoki yo‘qotmaganligi (iqtisodiy sudda ayni bir nizo predmeti bo‘yicha nizo yuzasidan ish ko‘rilmaganligi), shuningdek, nizoni xalqaro arbitraj yoki hakamlik sudi hal qiladigan nizolar jumlasiga kirish yoki kirmasligiga baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17.1. Nizoni xalqaro arbitrajga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lsa, sudlar kelishuvda ko‘rsatilgan sud haqiqatda mavjudligini tekshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Chet elga mansub hujjatlarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. IPK 246-moddasining birinchi qismiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan chet davlatlar muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi muassasalari, tashkilotlari va fuqarolariga yoki chet ellik shaxslarga nisbatan chet el huquqi normalari bo‘yicha belgilangan shakl bo‘yicha berilgan, tuzilgan yoki tasdiqlangan hujjatlar, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasi hamda bu hujjatlar kelib chiqqan muassasalar va tashkilotlarning davlati ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan faqat konsullik legallashtiruvi mavjud bo‘lganda yoxud ularga apostil qo‘yilgan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Chet davlat hududida tuzilgan va iqtisodiy sudga taqdim qilingan rasmiy hujjatlarni legallashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 610-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida hamda xorijda hujjatlar va dalolatnomalarni konsullik legallashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nizoni iqtisodiy sudda ko‘rib chiqishda chet davlat hududida rasmiylashtirilgan hujjatlarni legallashtirilishi dalillar manbaini tasdiqlash uchun lozim, biroq hujjatdagi ma’lumotlarning mazmunan to‘g‘riligini aniqlash maqsadida sud tomonidan tekshiruv o‘tkazilishini istisno qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlarga tushuntirilsinki, Gaaga shahrida 1961-yil 5-oktabrda imzolangan “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi” Konvensiya (bundan buyon matnda Gaaga Konvensiyasi deb yuritiladi) ishtirokchisi bo‘lgan chet davlatning rasmiy hujjatlari Konvensiyada nazarda tutilgan hollarda konsullik legallashtiruvisiz qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaaga Konvensiyasi 1-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, chet davlatning rasmiy hujjatlari deb o‘z mohiyatiga ko‘ra quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat vakolatli organlari va mansabdor shaxslarining hujjatlari, shu jumladan, prokuratura, sud kotibiyati yoki sud ijrochilarining hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’muriy hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralar hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy qaydlar, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi qaydlar, muayyan sanani tasdiqlovchi vizalar, notariusda tasdiqlanmagan hujjatdagi imzoni tasdiqlash kabi qaydlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sudlarning e’tibori Gaaga Konvensiyasi talablari diplomatik yoki konsullik agentlari tomonidan bajarilgan hujjatlar hamda tadbirkorlik yoki bojxona operatsiyalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ma’muriy hujjatlarga tatbiq etilmasligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Gaaga Konvensiyasiga muvofiq bir davlatning vakolatli organlari tomonidan tayyorlangan va boshqa davlat hududida foydalanishga mo‘ljallangan hujjatlarga maxsus shtamp — “apostil” qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apostil bilan tasdiqlangan rasmiy hujjatni keyinchalik legallashtirish talab etilmaydi va rasmiy hujjatdan Gaaga Konvensiyasiga a’zo barcha ishtirokchi davlatlarda foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar xalqaro shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, chet davlat rezidentlari tomonidan uning vakiliga berilgan ishonchnomalar apostil bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sudlarning e’tibori FKning 1182-moddasiga muvofiq, ishonchnomaning shakli va amal qilish muddati ishonchnoma berilgan mamlakatning huquqi bo‘yicha belgilanishiga, agar O‘zbekiston Respublikasi huquqi talablariga rioya etilgan bo‘lsa, ishonchnoma shakliga rioya etilmaganligi tufayli haqiqiy emas deb topilishi mumkin emasligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudlar Gaaga Konvensiyasida da’vo arizalar, arizalar, shikoyatlar, shartnomalar (kontraktlar), bojxona va to‘lov hujjatlariga apostil qo‘yilishi nazarda tutilmaganligini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlar inobatga olishlari lozimki, sudga da’vo arizasi, ariza, shikoyat bilan murojaat etishda, apostil qo‘yilishi talab etiladigan hujjatlarga apostil da’vo arizasi sudga topshirilgan sanaga qadar qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudlar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan huquqiy yordam to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibga ko‘ra, shartnoma tarafi bo‘lgan chet davlatlarning rasmiy hujjatlarini legallashtirilmagan va apostil qo‘yilmagan holda ish yuritishga qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chet davlat tomonidan rasmiy hujjat sifatida tan olingan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida xuddi shunday huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan rasmiy hujjat sifatida tan olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. IPK 246-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, chet tilida tuzilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga taqdim etishda, ushbu hujjatlarga ularning davlat tilidagi yoki iqtisodiy sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartibga rioya qilinmagan holda taqdim qilingan hujjatlar iqtisodiy sud tomonidan ish yurituviga qabul qilinmaydi va da’vo arizasi IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar da’vogar (arizachi) tomonidan da’vo ariza (arizani) sudga taqdim etishda IPK 246-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganligi sud tomonidan da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish mazmunan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi iqtisodiy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, iqtisodiy sudlar chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib, hal etishga e’tibor qaratish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni ko‘rish muddatini belgilashda sudlarning e’tibori ishning murakkabligi, chet ellik shaxsning huquqiy maqomi, qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni aniqlash va sharhlash yuzasidan so‘rovnomalar yuborish, taraflarni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilish, sud topshiriqlarini yuborish va boshqa holatlar inobatga olinishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Iqtisodiy sudlar IPKning 239-240-moddalarida nazarda tutilgan chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rishda ularning sud majlisi vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinishi hamda protsessual va boshqa hujjatlarni tarjima qilinishini inobatga olgan holda IPKning 244-moddasida belgilangan maxsus protsessual muddatlarga rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar, agar bu shaxslar yoki ularning filiallari, vakolatxonalari, doimiy muassasalari, yoxud ularning ish yuritishga vakolatli bo‘lgan vakillari O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan bo‘lsa, IPKning 164-moddasida belgilangan muddatda ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet ellik shaxslarning ish yuritishga vakolatli bo‘lgan vakillari O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlansa yoki ularning filiallari, vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasida faoliyati tugatilgan bo‘lsa, ish IPKning 244-moddasida belgilangan maxsus protsessual muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ishda ishtirok etuvchi chet ellik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan tartibda xabardor qilingan hollarda, ishni ko‘rish muddati sud topshiriqlarini yuborish uchun O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilangan muddatda, shartnomada bunday muddat belgilanmagan yoki shartnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar iqtisodiy sudlar tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni tegishli ravishda xabardor qilish uchun belgilangan tartibda xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga sud topshiriqlari yuborilgan bo‘lsa, sudlar IPK 102-moddasining 4-bandiga muvofiq iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turishlari mumkinligini inobatga olish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instansiyasida IPKda belgilangan muddatlarda tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sud ishlari yuritiladigan til prinsipiga muvofiq iqtisodiy sudlarning sud topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi organlariga xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuborilayotgan davlatning davlat tili yoki ish yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nizolashayotgan tomonlar chet elga topshiriladigan hujjatlarning tegishli tartibda tasdiqlangan tarjimalarini iqtisodiy sudga topshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sud topshirig‘i va hujjatlar chet davlat tiliga tarjima qilish uchun iqtisodiy sud tomonidan IPKda belgilangan tartibda sud ishlarini yuritish bilan shug‘ullanuvchi tarjimonga yoki ixtisoslashgan tashkilotga yuborilishi mumkin (tarjima byurosi, Savdo-sanoat palatasi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi 570-sonli “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sudlar hujjatlarni chet tiliga tarjima qilish uchun taraflar roziligi bilan tarjimonni ishga jalb qilish mumkinligini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda, chet tiliga tarjima qilingan sud hujjatlari va unga ilova qilinayotgan hujjatlarning tarjima qilgan tarjimonning imzosi notarial tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Chet elga topshiriladigan hujjatlarning chet tiliga tarjima qilish xarajatlarini taqsimlash IPKda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tarjimonlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan, shuningdek, sud topshirig‘iga ilova qilinadigan hujjatlarni da’vogar (arizachi) tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tarjima qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hujjatlar sudning tashabbusi bilan tarjima uchun berilgan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa sudning depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyinchalik, mazkur summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan IPKning 118-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ba’zi xalqaro shartnomalarga muvofiq, sud topshiriqlari va unga ilova qilinadigan hujjatlar xalqaro shartnomada ko‘rsatilgan tilda rasmiylashtirilishi mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma (Pekin, 1997-yil 11-dekabr) 4-moddasining ikkinchi bandida huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi iltimosnoma va taqdim etiladigan hujjatlar so‘ralayotgan ahdlashuvchi tomonning rasmiy tilida tuziladi va unga so‘ralayotgan ahdlashuvchi tomonning rasmiy tiliga yoki ingliz yoxud rus tiliga tarjimasi ilova qilinishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Chet ellik shaxslar ishtirokida iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqishda sud tomonidan qo‘llaniladigan huquqni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Iqtisodiy sudlar tomonidan xalqaro shartnomalarni qo‘llash va ularni talqin qilish 1969-yil 23-mayda Vena shahrida imzolangan “Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risida”gi Konvensiyasi (bundan buyon matnda Vena Konvensiyasi deb yuritiladi) hamda “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-sonli Qonuni hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kiyev Bitimi ishtirokchisi bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridagi chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni ko‘rib chiqishda iqtisodiy sudlar ushbu Bitim normalarining maxsus xususiyatlarini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Agar huquqiy munosabatlar Kiyev Bitimi bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, ishlarni ko‘rishda Kishinev Konvensiyasi normalari qo‘llaniladi. Kishinev konvensiyasi ishtirokchilari bo‘lmagan MDH davlatlari bilan munosabatlarda Minsk Konvensiyasi qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. O‘zbekiston Respublikasi bilan huquqiy yordam to‘g‘risida ikki tomonlama xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlarning chet ellik shaxslari ishtirokidagi ishlarni ko‘rishda ushbu shartnomalarning qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Boshqa davlatlarning chet el shaxslari ishtirokidagi ishlarni ko‘rib chiqishda universal ko‘p tomonlama shartnomalar qo‘llaniladi, xususan, “Fuqarolik protsessi masalalariga doir” Gaaga shahrida 1954-yil 1-martda imzolangan Konvensiya, Gaaga Konvensiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qo‘llashda, sudlar xalqaro shartnoma majburiy bo‘lishiga roziligini bildirgan va ular uchun kuchga kirgan davlatlarning tarkibiga e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, shuni inobatga olish kerakki, agar shartnomaning kuchga kirish tartibida yakuniy imzolashdan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma uni tuzishda ishtirok etgan va imzolagan davlat shartnomani majburiy bo‘lishiga rozilik bildirmagan bo‘lsa, xalqaro shartnoma o‘sha davlat uchun qo‘llanilmaydi. Xususan, Kiyev Bitimi uni imzolagan, biroq ratifikatsiya qilmagan Moldova Respublikasi bilan munosabatlarda qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Shuningdek, chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan maxsus ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar normalari qo‘llaniladi. Xususan, Vena shahrida 1980-yil 11-aprelda imzolangan “Xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risida”gi Konvensiya, unga qo‘shilgan davlatlarning tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan, Ottava shahrida 1988-yil 28-mayda imzolangan “Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risida”gi UNIDRUA Konvensiyasi, unga qo‘shilgan davlatlarning tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida moliyaviy lizing shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan, Jeneva shahrida 1956-yil 19-mayda imzolangan “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risida”gi (YUYTK) Konvensiya, unga qo‘shilgan davlatlarning tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Iqtisodiy sud nizoni hal qilishda, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan va taraflar shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatgan hollarda xalqaro ish odatlarini, shuningdek, Xalqaro savdo terminlarini sharhlash Qoidalari (Inkoterms) va Xalqaro tijorat shartnomalari prinsiplari (UNIDRUA)ni qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Chet davlat huquqi normalarini qo‘llashda iqtisodiy sud ushbu normalarning mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda qo‘llanilishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Sudlarning e’tibori nizoni har qanday instansiyada ko‘rish davomida chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida ko‘maklashishni va tushuntirib berishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi hamda chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga sud topshirig‘i bilan murojaat qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkinligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida ko‘maklashishni va tushuntirib berishni so‘rab, chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqida sud topshirig‘i berilgan taqdirda, iqtisodiy sudlar IPK 102-moddasining 4-bandiga muvofiq iqtisodiy ish bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan chet davlat huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning mazmunini aniqlashda iqtisodiy sudga boshqacha tarzda ko‘maklashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Agar ko‘rilgan choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni aniqlanmasa, iqtisodiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qo‘llaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Sudlarga tushuntirilsinki, chet davlat sudi deganda, sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organi, arbitraj deganda esa, alohida har bir ish bo‘yicha tayinlangan arbitraj va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi arbitraj organi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan nizolar va boshqa ishlar yuzasidan qabul qilingan chet davlat sudi yoki arbitrajning hal qiluv qarorlari O‘zbekiston Respublikasida, basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va qonunlarida bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish nazarda tutilgan bo‘lsa, tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatigina tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining iltimosi bo‘yicha boshqa protsessual harakatlar (ashyoviy dalillarni tekshirish, taraflarni eshitish va boshqalar) sud topshirig‘ini ijro etish jarayonida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kiyev Bitimining 4-moddasida nazarda tutilgan vakolatli sud deganda, qarori boshqa ahdlashuvchi taraf hududida ijroga qaratilishi lozim bo‘lgan, qayd etilgan Bitimning 4-moddasi qoidalariga muvofiq nizolarni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan ahdlashuvchi tarafning sudi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida esa bunday sudlar bo‘lib iqtisodiy sudlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish bilan bog‘liq ishlar, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, IPK qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida IPKning 127-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudi yoki arbitraj qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma yozma shaklda berilishi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan yeri hamda uning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) arizachi tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) arizachining chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomada arizachi yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilgan tilda bayon etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, iqtisodiy sud chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet davlat sudi yoki arbitrajning hal qiluv qarori qisman ijro etilgan bo‘lsa, sud bunday holda chet davlat sudi yoki arbitraj sudining hal qiluv qarorining ijro etilmagan qismiga ijro varaqasi beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum bo‘lganda, uning mol-mulki joylashgan joydagi iqtisodiy sud tomonidan ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Sudlar chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma IPK 107-moddasining 6-bandida belgilangan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin emasligini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, chet el sudi yoki arbitrajining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hal qiluv qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan kelib chiqib, sudlar chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrimga asosan berilgan ijro varaqasida chet davlat sudi yoki arbitraj sudi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan sanani ko‘rsatishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, IPK 255-moddasi 1-qismining 6-bandiga ko‘ra, chet davlat sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati o‘tgan va ushbu muddat sud tomonidan tiklanmagan bo‘lsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etiladi, shuningdek, IPK 256-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga ko‘ra chet el arbitrajining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish muddati o‘tgan bo‘lsa, chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Chet davlat sudi yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilingan ajrim ustidan IPKda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining sud topshirig‘ini ijro etish bilan bog‘liq ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilingan ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan Nyu-York Konvensiyasi asosida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nyu-York Konvensiyasining 4-moddasiga ko‘ra, arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan taraf iltimosnomani berishda tegishli tartibda tasdiqlangan arbitraj hal qiluv qarori va arbitraj kelishuvining asli yoki tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi. Agar hakamlik qarori va kelishuvi rasmiy (o‘zbek) tilida bayon etilmagan bo‘lsa, ushbu hal qiluv qarorni tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan taraf bu hujjatlarning rasmiy tildagi tarjimasini taqdim qiladi. Tarjima rasmiy yoki qasamyod qilgan tarjimon, diplomatik yoxud konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish Nyu-York Konvensiyasining 5-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasining 1-bandi asosida arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlarni isbotlovchi dalillar mavjud bo‘lgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasining 2-bandi asosida arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga sudga qanday dalillar taqdim etilganligidan qat’iy nazar, yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Iqtisodiy sudlarda chet davlat sudining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar Kiyev Bitimi, Kishinev, Minsk Konvensiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida ko‘rib chiqiladi. Bunda Kiyev Bitimi, Minsk, Kishinyov Konvensiyalari va O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalari ularning ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarning sud hujjatlariga nisbatan qo‘llanilishi inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Kiyev Bitimi yoki Minsk, Kishinev Konvensiyalari ishtirokchisi bo‘lmagan yoxud O‘zbekiston Respublikasi bilan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzmagan chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida iltimosnoma berilgan bo‘lsa, bunday iltimosnomani qabul qilish IPK 154-moddasining 1-bandi asosida rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holat iltimosnoma ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish bo‘yicha IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasi va ikki tomonlama o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolagan davlat, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama shartnomaning ham ishtirokchilari bo‘lsalar, sud chet davlat sudi qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishni ko‘rib chiqishda ikki tomonlama shartnomaning qoidalarini, u bilan tartibga solinmagan huquqiy munosabatlar qismi bo‘yicha esa, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama shartnoma qoidalarini qo‘llaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar chet davlat sudi hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomaga xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinishi shartligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, IPKning 251-moddasiga ko‘ra, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) arizachi tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan chet davlat sudining hal qiluv qarori yoki uning chet davlatning yoki O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar hal qiluv qarori matnining o‘zida ko‘rsatilmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hal qiluv qarori qisman ijro etilganligi to‘g‘risidagi hujjat, agar u tegishli chet davlat hududida ilgari ijro etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) o‘ziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan va sud protsessida ishtirok etmagan taraf ishni ko‘rish vaqti hamda joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida va tegishli tartibda xabardor qilinganligini anglatuvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxasi qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji hamda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu moddaning 1 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet davlat sudi hal qiluv qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi Kiyev Bitimi yoki Minsk, Kishinev Konvensiyalari asosida so‘ralayotgan bo‘lsa, iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar davlat tili yoki rus tiliga qilingan tarjimasi bilan birga tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet davlat sudi hal qiluv qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi shartnomasi asosida so‘ralayotgan bo‘lsa, iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar ushbu shartnomada belgilangan tilda bayon etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori, chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish Kiyev Bitimining 9-moddasida, Minsk Konvensiyasining 55-moddasida, Kishinev Konvensiyasining 59-moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama shartnomalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunda xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilgan chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanishi inobatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet davlat sudi hal qiluv qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi xalqaro shartnomasi asosida so‘ralayotgan bo‘lsa, qarorni tan olish va ijroga qaratish mazkur shartnomada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudining ajrimini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma qarorni tan olish va ijroga qaratish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Iqtisodiy sudlar chet davlat sudlari topshirig‘ini ijro etish haqidagi ishlarni Kiyev Bitimi, Minsk, Kishinev va Gaaga Konvensiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, Kiyev Bitimining 5-moddasiga asosan huquqiy yordam ko‘rsatishda yordam so‘ralayotgan vakolatli sudlar va boshqa organlar bunday ishlarni ko‘rishda o‘z davlatining qonunchilik hujjatlarini qo‘llaydilar. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudiga huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilinganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sud tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlarni ijro etish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, IPKda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sud IPKning 247-moddasiga muvofiq ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risida chet davlat sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda o‘ziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza o‘tkazish, joyni ko‘zdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sud topshirig‘ini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid solsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sud topshirig‘ini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining vakolatiga kirmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi sud topshirig‘ini o‘z ichiga olgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudi topshirig‘i bilan bog‘liq ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, u xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda so‘rayotgan tarafga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudi topshirig‘i ijro etilganda, ajrimga ijroni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat sudi topshirig‘i ijro etilmagan taqdirda, ajrimda uning ijro etilmaganligining sabablari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar agar sud topshirig‘i O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish haqida shartnoma imzolamagan, biroq 1954-yil 1-martda Gaaga shahrida tuzilgan “Fuqarolik protsessi masalalariga doir” Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlatdan kelib tushgan bo‘lsa, chet davlat sudining topshirig‘i ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi shartligini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Sudlarning e’tibori chet el arbitrajlari iqtisodiy sudlarga sud topshirig‘i (ekspertiza o‘tkazish, taraflar eshitish, guvohlar, ekspertlar va arbitraj muhokamasining boshqa ishtirokchilarini so‘roq qilish) berishga haqli emasliklariga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda bunday topshiriq taqdim etilgan bo‘lsa, uni qabul qilish IPK 154-moddasining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holat topshiriq ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga muvofiq tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudi chet ellik shaxslar ishtirokidagi nizolarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda xalqaro normalarni qo‘llashga doir sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar ko‘rishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son