Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2000 19.03.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 678
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.05.2000
Hujjat 26.04.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANDI”
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 1998-yil 24-yanvar 1-son bayonnoma
№ 377

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN AHOLIGA ISTEʼMOL KREDITI BERIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-martda 678-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 19-apreldagi 17-21/287-sonli xatiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2000-yil 3-maydagi buyrugʻiga asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan boʻlib, tijorat banklari tomonidan aholiga isteʼmol krediti berish va qaytarish jarayonlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Isteʼmol krediti –– bu aholining isteʼmol talablarini qondirishga yordam beruvchi kreditdir va uy-roʻzgʻor buyumlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radio-elektron va boshqa maishiy asbob-uskunalar, mebellar, interyer buyumlari, turar joyni taʼmirlash bilan bogʻliq tovarlarni xarid qilish uchun 3 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Isteʼmol krediti faqat balogʻat yoshiga yetgan va muomala layoqatiga ega, doimiy yashash joyida roʻyxatdan oʻtgan, shuningdek doimiy ish, oʻz faoliyatidan olinadigan daromadga ega boʻlgan yoki qarilik nafaqasi oladigan fuqarolargagina beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan oʻzining xodimlariga isteʼmol krediti berilishi taqiqlanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 24-yanvardagi 377-1-sonli 1-son qoʻshimchaga muvofiq kiritilgan(roʻyxat № 678-1, 26.04.1999-y.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Isteʼmol krediti tijorat asosida qaytarilish, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va maqsadga muvofiq tarzda foydalanish tamoyillariga rioya qilingan tarzda shartnoma asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari oʻz kredit siyosatiga mos ravishda mazkur Nizom asosida va unga zid boʻlmagan tarzda isteʼmol krediti berishni tartibga soluvchi ichki qoidalarini ishlab chiqishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bank kreditni qimmatli qogʻozlar yoki mijozga tegishli boʻlgan mulk, shu jumladan, qimmatbaho buyumlarni garovga olgan holda beradi. Garovni baholash va rasmiylashtirish, shuningdek, notarial tasdiqlash va roʻyxatga olish amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank mijoz tomonidan taqdim qilingan, kredit qaytarilishini taʼminlashning quyidagi shakllarini ham taʼminot sifatida qabul qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining depozitlari va qimmatli qogʻozlari joylashgan boshqa bank kafolati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurta kompaniyasining qarz oluvchiga kelgusida toʻlanadigan sugʻurta summalari hisobiga kafolati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsning kafilligi. Bu holda bank tomonidan lozim boʻlgan taqdirda berilgan ssudani qaytara olish layoqatini aniqlash uchun kafillik beruvchining moliyaviy imkoniyatlari oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun bankka quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart boʻlgan kredit buyurtmasi (1-ilova) topshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash joyi manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan kreditning maqsadi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz toʻgʻrisida maʼlumot (faoliyat turi, daromadlar va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moʻljallanayotgan xarid toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit qaytarilishining taʼminoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma mijoz tomonidan imzolanishi va sanasi qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmani koʻrib chiqish paytida quyidagilar tahlil qilinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit soʻralayotgan maqsadning qonuniyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit soʻrovchi ish bilan bandligining va yashash joyining muntazamligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi, yaʼni kredit buyurtmasida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar va boshqa axborot manbalaridan olingan maʼlumotlarning oʻzaro mos kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit qaytarilish istiqbolining ishonchliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank, beriladigan kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlarning oʻz vaqtida va toʻla qaytarilishiga ishonch hosil qilishi kerak. Qarz oluvchi daromadlari va aktivlari (qimmatli qogʻozlar yoki jamgʻarma depozitlar) hajmi, shuningdek, qarz oluvchining kredit qaytarilishini taʼminoti sifatida taqdim etgan kafolat yoki kafillik summalari kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarining qaytarilishi uchun yetarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi ushbu bankda ssuda hisobvaragʻini birinchi marta ochayotgan boʻlsa, bank mijozning kredit tarixini oʻrganib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit buyurtmasi asosida bank tomonidan buyurtmachining toʻlovga layoqatliligi oʻrganib chiqiladi. Ushbu maqsadda buyurtmachi tomonidan bankka oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi ish joyidan yoki ijtimoiy taʼminot organidan olingan maʼlumotnomani topshirishi kerak. Bank tomonidan ularning miqdori va muntazamligi tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, buyurtmachi tomonidan bankka ushbu joyda muqim yashash muddati va oila aʼzolarining soni, oila aʼzolarining daromadi koʻrsatilgan yashash joyidagi idora (mahalla qoʻmitasi, turar-joyni ekspluatatsiya qilish idorasi va hokazo)dan berilgan maʼlumotnoma topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maʼlumotlar asosida bank tomonidan qarz oluvchi oilasining jon boshiga hisoblangan daromadi hisobga olingan holda kreditni qaytarilish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi tomonidan uning qimmatli qogʻozlar shaklidagi aktivlari hisobga olingan hollarda qimmatli qogʻozlarni ularni roʻyxatga olish yoki saqlash uchun qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlangan roʻyxati taqdim etiladi. Bank mijoz tasarrufidagi qimmatli qogʻozlar likvidligi va ishonchliligini tahlil qiladi va ularning ushbu ssudaning taʼminoti sifatida qabul qilinishi mumkinligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan berilayotgan kreditning taʼminoti sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar, qimmatbaho buyumlar va boshqa mulk 94501 –– “Garov taʼminoti sifatidagi qimmatli qogʻozlar” va 94502 –– “Garov taʼminoti sifatidagi mulk va mulkiy huquqlar (talablar)” koʻzda tutilmagan holatlar hisob raqamlariga kirim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qoidalarda koʻzda tutilgan hujjatlarning barchasi taqdim etilgandan keyin bank ularni 3 ish kunida koʻrib chiqishi shart. Baʼzi hollarda taqdim etilgan maʼlumotlarni qoʻshimcha tekshirish zarurati vujudga kelgan taqdirda bank tomonidan arizalarni koʻrib chiqish muddatini 1 oygacha uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib kredit bermaslikka qaror qilingan taqdirda, bank kredit soʻrab murojaat etgan buyurtmachiga bu haqda asoslangan rad javobini yozma ravishda berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozning toʻlovga layoqatliligi ijobiy baholangan holda 3 ish kunidan kechiktirmasdan bank va mijoz oʻrtasida ikki nusxada mazkur Nizomning 2-ilovasida berilgan shaklda kredit shartnomasi tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi qarz oluvchiga beriladi, ikkinchisi bankda qoladi. Shartnomaning har bir nusxasi teng yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit shartnomasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning ismi-sharifi, otasining ismi va bankning toʻliq nomi, ularning pochta manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit berilishi maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit summasi, qaytarilish muddati va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaytarilish manbaalari va taʼminot shakllari (garov, kafolat, kafillik va amaldagi qoidalarda koʻzda tutilgan boshqa turlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit uchun foizlar, hisoblash va toʻlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro majburiyatlar va tomonlarning shartnoma shartlariga rioya qilishdagi javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda qoʻllaniladigan taʼsir choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditdan maqsadli foydalanishni nazorat qilish usullari va maqsadga xilof ishlatilganligi aniqlangan hollarda qoʻllaniladigan jazo choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa shartlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar imzosi va bank muhri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kredit shartnomasi imzolanib qarz oluvchiga shaxsiy ssuda hisobvaragʻi ochilgandan keyin mazkur hisobvaragʻi orqali oʻtayotgan mablagʻlarni tezkor nazoratini taʼminlash maqsadida “Qarzdorning kredit kartochkasi” ochiladi (3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kreditdan foydalanganlik uchun mijoz bankka haq toʻlaydi. Kreditdan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori –– foiz stavkasi bank va qarz oluvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank qarz oluvchining qilgan xaridi uchun 3 ish kunida toʻlovni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol kreditini berish qarzdorning shaxsiy ssuda hisobvaragʻidan uning topshirigʻiga koʻra schyotlar, mol yuk xatlari va boshqa hujjatlar asosida sotuvchining bank hisobvaragʻiga naqd pulsiz oʻtkazish asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tomonidan isteʼmol krediti hisob-kitob cheklari orqali ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol kreditini naqd pul bilan berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qarz oluvchi jismoniy shaxsga isteʼmol kreditini berish Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 18-noyabrda 539-raqam bilan Davlat roʻyxatiga olingan Markaziy bankning 1998-yil 22-avgustdagi 1-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomada koʻzda tutilgan tartibda unga shaxsiy ssuda hisobvaragʻi ochish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Foizlar ssuda hisobvaragʻining amaldagi (kamayib boruvchi) qoldigʻiga koʻra shartnomada kelishilgan stavka bilan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bank tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlardan kelib chiqqan holda qarzdor tomonidan kreditni va unga hisoblangan foizlarni qaytarishning jadvali tuziladi va u kredit shartnomasining tarkibiy qismi sifatida unga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qarzdor tomonidan olingan kredit muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda u ayni paytda kreditdan foydalanganlik muddati uchun hisoblangan foizlarni ham qoʻshib toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Banklar berilgan kreditdan maqsadli tarzda foydalanilishni nazorat qilishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish bank tomonidan qarz oluvchining savdo tashkilotlarining muhri, sotilish muddati qoʻyilgan tovar schyotlarini taqdim etish va joyiga chiqib tekshirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijoz tomonidan kredit boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlangan holda bank garovga olingan mulk yoki kredit qaytarilishi taʼminotining boshqa shakllariga oʻz huquqini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish yoʻli bilan berilgan kreditning tegishli qismini muddatdan oldin qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Isteʼmol kreditining qaytarish manbai qarzdorning daromadi hisoblanadi. Kredit boʻyicha qarz va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida koʻzda tutilgan shartlarga binoan bank kassasiga birdaniga toʻlaligicha, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki qarzdorning oylik maoshidan ssuda hisobvaragʻiga har oyda toʻlovlar oʻtkazish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar mijoz oʻz faoliyati turiga koʻra barqaror daromadga ega boʻlsa kreditni qaytarish odatda har oyda muntazam ravishda teng miqdordagi mablagʻlarni ssuda hisobvaragʻiga oʻtkazish turish orqali amalga oshiriladi. Har bir toʻlov asosiy qarz va foizlarning qoplanishidan iborat boʻlib, asosiy qarzni qoplash qismi ssuda hisobvaragʻining oʻziga va foizlarni toʻlovi esa bank daromadiga yoʻnaltiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi oʻrinbosari A. QODIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ILOVA
(namunaviy shakl)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol maqsadiga kredit olish uchun buyurtma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎‎‎‎__________________________________________________________________ tijorat banki
‎(bank nomi) ‎

_______________________________________________________________ manzilida yashovchi

‎‎pasporti _______________________________________________________________________
‎‎

(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)‎‎

‎‎____________________________________________________________________________dan

‎‎(ariza beruvchining familiyasi, ismi-sharifi, tugʻilgan yili)

‎‎Menga _________________________________________________________________________
‎
‎___________________________________________________________________________uchun

(kredit maqsadi)‎‎

‎‎_______________________________________________________________________miqdorda
‎ (kredit summasi)

‎‎_______________________________________________________________________ muddatga
‎ (oylar soni)

‎‎________________________________________________________________ taʼminoti ostida
‎ (taʼminot turi)

‎‎isteʼmol maqsadi uchun kredit berishingizni soʻrayman.‎

‎‎
‎____Menga berilgan kredit qiymatini oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishiga kafolat beraman.

____________________________________________________________hujjat ilova qilinadi:

‎‎‎1) oila tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan maʼlumotnoma;
‎2) ish joyidan daromad va mazkur tashkilotda qachondan buyon ishlayotganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
‎‎3) soliq idorasining daromadni tasdiqlovchi maʼlumotnomasi (agar doimiy ish joyiga ega boʻlmasa).


‎_‎‎_________________________
‎ (sana)


‎_____________________________
‎ (imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmol krediti berish uchun kredit shartnomasi (namunaviy shakl)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom asosida faoliyat yurituvchi _________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________ tijorat
‎‎banki, bundan keyin “Bank” deb yuritiladi, uning rahbari

‎‎________________________________________________________________, bir tomondan
‎ (ismi-sharifi, otasining ismi)

‎‎va ____________________________________________________________________ yashovchi
‎(qarz oluvchining yashash manzili)

‎‎_____________________________________________________________________, ikkinchi
‎(qarz oluvchining ismi, sharifi, otasining ismi)

‎‎tomondan quyidagilar toʻgʻrisida oʻzaro shartnoma tuzdilar.


‎‎‎1. Bank majburiyatlari:
‎

1.1. Qarz oluvchiga _________________________________________________________ uchun
‎
(kredit olish maqsadi) ‎‎

‎‎_________________________________________________________________soʻm miqdorida
‎
(summasi raqamda va yozuv bilan)

‎‎______________________________________________________________________muddatga
‎‎yillik _____________ foiz hisobidan haq toʻlash sharti bilan kredit berishni.
‎‎
‎1.2. Kredit berish uchun _____________________________________________________ ssuda
‎ hisob raqami ochish

‎‎Kredit _______________________________________________________________________
‎
(koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, sotib olingan __________________________________________________________________
‎ tovarlar uchun pul oʻtkazish yoʻli bilan birdaniga yoki qismlarga _______________________________________________________________________ yoʻli
‎
‎ boʻlib naqd pulsiz oʻtkazish, hisob-kitob cheklari berish)

‎bilan beriladi. ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎2. Qarzdor majburiyatlari:
‎

‎‎2.1. 199__ yil “___”___________gacha muddatda olingan kreditni _____________________________________________________________ maqsadga ishlatish.
‎‎2.2. Olingan kreditni va unga hisoblangan foizlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda qaytarishni taʼminlash maqsadida amaldagi qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirilgan _____________________________________________________________________________
‎ ________________________________________________________________ koʻrinishidagi

‎‎(garov, kafillik, kafolat xati va boshqalar)

‎‎taʼminotni taqdim etmoq yoʻli bilan shartnoma shartlarini bajarish.‎
‎‎2.3. Olingan kredit, shuningdek, unga hisoblangan foizlarni mazkur shartnomada koʻzda tutilgan muddatlarda ___________________________________________________________________
‎ ____________________________________________________________________________‎

‎‎(maoshdan ushlab qolish yoki boshqa daromadlardan toʻlovlar)

‎‎yoʻli bilan qaytarish.‎ ‎ ‎
‎‎2.4. Foydalanilgan kredit uchun bankka yillik ____ foiz hisobidan toʻlovni 199__ yil
‎“___”___________ dan boshlab kreditni qaytarish jadvali asosida amalga oshirish.
‎‎2.5. Oʻz vaqtida qaytarilmagan kredit uchun bankka yillik _____ foiz miqdorda jarima toʻlash va bunda hisoblangan foizlarni birinchi navbatda toʻlash.
‎‎2.6. Bankka olingan kreditlarning oʻz maqsadida foydalanilganini isboti sifatida talab qilingan hujjatlarni taqdim etish va joyiga chiqib tekshiruvni amalga oshirishiga yordam berish.
‎‎2.7. Olingan kreditni boshqa maqsadlarga ishlatilganida bankka boshqa maqsadga ishlatilgan kredit summasidan ________ foiz miqdorida jarima toʻlash.
‎‎2.8. Yashash joyi, ish joyi, ismi-sharifi oʻzgarganda va boshqa mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarishga xalal beradigan holatlar vujudga kelgan taqdirda darhol bankga xabar berish.


‎‎‎Shartnoma boʻyicha boshqa shartlar:
‎_______________________________________________________________________

‎‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________
‎‎
‎____Shartnomaning amal qilish muddati uni imzolangan kunidan kreditning va unga hisoblangan foizlarning va boshqa toʻlovlarning toʻliq qaytarilgan kunigacha davom etadi.
____‎‎Mazkur shartnomaga oʻzgartirishlar, unga qoʻshimcha kelishuvlar imzolash yoʻli bilan amalga oshiriladi va u shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi.‎‎



‎‎Bank
‎(imzo, dumaloq muhr)
‎(manzili) ‎‎
‎


‎
‎Qarz oluvchi
‎(imzo)
‎(manzili) ‎‎
‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozning kredit varagʻi (old tomoni)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎ ‎

‎‎______________________________________ tijorat banki
‎
‎ Kredit noziri ______________________________________
‎

Sana‎

Mijozning familiyasi, ismi-sharifi ‎

Hisobvaraq ‎raqami

Kredit
‎summasi ‎

Kredit ‎summasi ‎‎

Kredit uchun foiz ‎

Foiz summasi‎

Taʼminot toʻgʻrisida maʼlumotlar ‎

Qaytarish toʻgʻrisida belgilashlar‎

‎
‎
‎
‎
‎
‎
‎Kredit varagʻi _______________________________________ yopildi ‎‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎(sana)‎ ‎ ‎ ‎


‎
‎
‎‎‎(orqa tomoni)

Mijozning ismi-sharifi, otasining ismi‎‎

Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, kim tomonidan qachon berilgan)‎‎
‎

‎‎Yashash joyi,
‎uy telefoni
‎

Ish joyi, xizmat telefoni‎

Kredit maqsadi ‎

Kredit qancha muddatga berilgan‎


‎
‎
‎
‎
‎Kredit varagʻi __________________________________ ochilgan
‎‎(sana)