13.10.2023 yildagi 341-son
Hujjat 24.11.2023 sanasi holatiga
Joriy versiya
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining

Buyrugʻi
Buyrugʻi
SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 23-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 219]

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:

1. SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan kelishilgan.

3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Vazir B. ZAKIROV
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2023-yil 13-oktabr,
2023-yil 13-oktabr,
341-son
341-son
Kelishildi:
Kelishildi:
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushasi raisining birinchi oʻrinbosari A. BAXODIROV

2023-yil 22-sentabr
2023-yil 22-sentabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV

2023-yil 19-sentabr
2023-yil 19-sentabr
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2023-yil 14-sentabr
2023-yil 14-sentabr
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. ISLAMOV

2023-yil 28-sentabr
2023-yil 28-sentabr
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV

2023-yil 29-sentabr
2023-yil 29-sentabr
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M. XASHIMOV

2023-yil 4-oktabr
2023-yil 4-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2023-yil 13-oktabrdagi 341-son buyrugʻiga
ILOVA

SHNQ 2.08.01-19 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar

1. 7.3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Turar joy binolarida oʻrnatiladigan liftlar GOST 5746-2015, GOST 33984.1-2016 va GOST 28911-2021da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.”.

2. 7-bob quyidagi mazmundagi 7.5 — 7.11-bandlar bilan toʻldirilsin:

“7.5. Lift uskunasidan foydalanuvchilarning xavfsizligini, shuningdek avariya holatlarida foydalanuvchilar va qutqaruv xizmati oʻrtasida doimiy aloqani taʼminlash uchun lift shaxtalari aloqa vositalari (video-tasvir uzatish qurilmalari, lift uskunalarining texnik holatini monitoring qilish va avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi dispetcherlik bloki va boshqalar) bilan jihozlanishiga imkoniyat yaratilgan boʻlishi lozim.

7.6. Turar joy binolarida liftlar oʻrnatilishida SHNQ 2.07.02-22da belgilangan talablarga rioya qilish zarur.

7.7. Liftning yon devorlarida 900 ±100 mm balandlikda tutqichlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.

7.8. Koʻp kvartirali uylarning chiqish eshiklari lift eshigi bilan qarama-qarshi (toʻgʻridan-toʻgʻri) holatda joylashmasligi, shuningdek lift eshiklari va yon devorlarning rangi bir-biridan ajralib turishi lozim.

7.9. Liftlarni koʻtarish mexanizmlaridan chiqadigan shovqin eshitilmasligi uchun shaxtalar shovqin izolyatsiyasi bilan jihozlanishi lozim.

7.10. Liftning kabinasi, posangisi va muvozanatlovchi moslamalari bitta shaxta ichida joylashgan boʻlishi kerak.

7.11. Lift shaxtasi qoʻzgʻalmas (statsionar) elektr yoritgich bilan taʼminlangan boʻlishi, bunda taʼmirlash ishlari davomida 1 m2 uchun kamida 50 lx yorugʻlik boʻlishi zarur.

Agar tashqi yoritish shaxta ichida 1 m2 uchun kamida 50 lx yorugʻlikni taʼminlasa, oynavandlangan toʻr bilan oʻralgan yoki qisman oʻralgan lift shaxtalari qoʻzgʻalmas (statsionar) elektr yoritish uskunalari bilan jihozlanishi talab etilmaydi.”.