07.11.2023 yildagi 4-2002-2301/722-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati Apellatsiya instansiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiyada ishni koʻrgan sudya — S. Abdurasulov
Apellatsiya instansiyasi sudida mauzachi sudya — R. Sagatov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari V. Sattorova va R. Sagatovdan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, ishni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda koʻmaklashayotgan Buxoro viloyat sudi xodimi Z. Usmonov, daʼvogar vakili S.K. (2023-yil 18-maydagi ishonchnoma asosida), javobgar vakili Z.X. (2023-yil 25-oktabrdagi 78-sonli ishonchnoma asosida), “BAU” MChJ vakili A.X. (2023-yil 21-iyundagi 21/06-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogar A.P. (AQSh fuqarosi)ning javobgarlar Q.E. va “BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan Q.E. ni jamiyat taʼsischilari safidan chiqarish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Buxoro viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 24-iyuldagi hal qiluv qarori ustidan A.P. tomonidan berilgan apellatsiya shikoyati asosida ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi binosida boʻlib oʻtgan videokonferensaloqa rejimidagi ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda MChJ yoki jamiyat deb yuritiladi) ishtirokchilarining 2022-yil 23-martdagi umumiy yigʻilish qaroriga asosan MChJ 2016-yil 25-martda tadbirkorlik subyekti sifatida Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatga olingan. MChJning ustaviga koʻra, uning nizom jamgʻarmasi 1 500 000 000 soʻmni tashkil qilgan va ishtirokchilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.P. (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) — 1 050 000 000 soʻm (70 foiz);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q.E. (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) — 450 000 000 soʻm (30 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ nizomning 7.4-bandida taʼsischilar jamiyatning ustav fondidagi ulushlarini pul, mol-mulk, asbob-uskuna, koʻchmas mulk, intellektual mulk bilan kiritishlari mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar tomonidan taʼsis shartnomasida koʻrsatilgan 450 000 000 soʻm ulush jamiyatning ustav jamgʻarmasini shakllantirish uchun toʻlanmaganligi va javobgar taʼsis shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatini bajarmaganligi sababli daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarni MChJ ishtirokchilari safidan chiqarishni soʻragan. Bunga asos qilib, daʼvo arizasida javobgar “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 14-moddasining yettinchi qismida jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerakligi belgilanganligi, biroq 1 yildan ortiq vaqt ichida javobgar MChJ oldidagi majburiyatlarni bajarmasdan kelayotganligi, 2022-yil 19-oktabrda MChJning navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazilganligi, yigʻilish kun tartibida taʼsischi E. Kni taʼsischilar safidan chiqarish belgilanganligi, javobgar yigʻilishda ishtirok etgan boʻlsa-da, yigʻilish bayoniga imzo qoʻymasdan jamiyat faoliyatiga toʻsqinlik qilib kelayotganligi, bundan tashqari, MChJ oʻzining ustav fondini shakllantirish maqsadida bankning kredit resurslaridan foydalanish uchun 2023-yil 25-martda “Oʻzmilliybank” Buxoro viloyat filialiga 03/23-sonli xat bilan murojaat qilganligi, MChJ ustav fondining shakllantirilmaganligi asosi bilan bank tomonidan kredit mablagʻlari ajratilmaganligi, ushbu holat ham jamiyatning faoliyat olib borishiga oʻz taʼsirini koʻrsatayotganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 24-iyuldagi qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan qabul qilingan birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroridan norozi boʻlib daʼvogar Oliy sudga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan va unda sud hujjatini bekor qilib, daʼvoni qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻragan. Bunga asos qilib, shikoyatda Qonun 14-moddasining yettinchi qismida jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerakligi belgilanganligi, biroq 1 yildan ortiq vaqt ichida javobgar MChJ oldidagi majburiyatlarni bajarmaganligi, javobgar tomonidan MChJga ulush sifatida 67 500 000 soʻm kiritilganligi, ushbu holat “Oʻzmilliy bank”ning Buxoro viloyat filiali tomonidan berilgan maʼlumotnoma bilan tasdiqlanishi, fuqaro E.K. nomiga berilgan guvohnoma MChJ rahbari sifatida uning oʻzi imzolagani, sud qarorida javobgar tomonidan 467 450 000 soʻmlik mol-mulk kiritilganligi koʻrsatilganligi, qurilish materiallari kimdan olinganligi, qachon olinganligi va MChJ buxgalteriyasiga kirim qilingan yoki qilinmaganligi oʻrganilmaganligi, chunki, “BS” MChJdan olingan 467 450 000 soʻmlik qurilish materiallarining MChJga umuman aloqasi yoʻqligi va hisobvaraq-fakturaning asl nusxasi MChJga taqdim qilinmaganligi, MChJdagi ulushlarni pulsiz kiritish toʻgʻrisida umumiy yigʻilish oʻtkazilmaganligi va qaror qabul qilinmaganligi, javobgar tomonidan oʻziga tegishli ulush bir yil mobaynida kiritilmaganligi sababli MChJ majburan kredit olib, ustav fondini shakllantirishni maqsadga qilganligi sudning eʼtiboridan chetda qolganligi, javobgar 2022-yil 13-iyundagi navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida qatnashib, kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz roziligini bildirib yigʻilish qarorini imzolagan boʻlsa-da, ammo ushbu qarorni Davlat xizmatlari markazidan roʻyxatdan oʻtkazish uchun bormaganligi, javobgar MChJda rahbar boʻlib ishlagan davrida jamiyatning pul mablagʻlarini talon-taroj qilganligi, shartnomalarga asosan yetkazib berilgan tovar-moddiy boyliklarni jamiyat buxgalteriyasiga kirim qilmasdan, oʻz ehtiyojlariga ishlatganligi sud tomonidan eʼtiborga olinmaganligini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar va MChJning vakili apellatsiya shikoyatini qoʻllab-quvvatlab, javobgar oʻz ulushini 1 yil davomida kiritmay kelganligi, javobgar tomonidan taqdim etilgan 2022-yil 30-iyundagi hisobvaraq-fakturadagi 467 450 000 soʻm qurilish materiallari MChJ ustav fondiga ulush sifatida buxgalteriya balansiga kirim qilinmaganligini bayon qilib, apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib daʼvogarning daʼvosini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida javobgar vakili apellatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarga eʼtiroz bildirib, Qonunning 8-moddasida jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqliligi koʻrsatilganligi, lekin javobgar bunday harakatlarni qilmaganligi va oʻz ulushini toʻliq shakllantirganligini bayon qilib, daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlari tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib daʼvogarning daʼvosini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 13-moddasining birinchi qismiga binoan sud ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 8-moddasining ikkinchi qismiga asosan jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 9-moddasining birinchi qismiga muvofiq jamiyat ishtirokchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunda va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 14-moddasining yettinchi qismida jamiyatning har bir ishtirokchisi taʼsis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerakligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat ustavi 5.2-bandining ikkinchi xatboshisida jamiyat qatnashchilari jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari, 7.3-bandida jamiyat taʼsischilari oʻz ulushlarini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlarga shakllantirishi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni xabardor qilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, MChJ ishtirokchilarining 2022-yil 23-martdagi umumiy yigʻilish qaroriga asosan MChJ 2022-yil 25-martda tadbirkorlik subyekti sifatida Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 1114107-son reyestr raqami bilan roʻyxatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJning taʼsis shartnomasi hamda ustaviga koʻra, uning ustav kapitali 1 500 000 000 soʻmni tashkil qilib, shundan daʼvogar — 1 050 000 000 soʻm (70 foiz) va javobgar — 450 000 000 soʻm (30 foiz) miqdorida ulush kiritishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar MChJga ulush sifatida pul koʻrinishida oʻz ulushini toʻliq shakllantirgan. Ushbu holat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ Buxoro viloyat filialining 2023-yil 12-iyuldagi 02 viloyat filialining 2023-yil 12-iyuldagi 02-3401/11-sonli, 02-5402/13-sonli va 2023-yil 24-iyuldagi 02/04-3577/13-sonli maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, javobgar oʻz ulushini (hissa) MChJning taʼsis hujjatlari va Qonunda belgilangan muddat va tartibda shakllantirmasdan, oʻz majburiyatlarini qoʻpol ravishda buzgan boʻlsa-da, birinchi instansiya sudi daʼvo talabini qanoatlantirishni rad etish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati javobgarning 2022-yil 30-iyundagi hisobvaraq-faktura asosida MChJ ustav fondiga 467 450 000 soʻm qurilish materiallarini ulush sifatida kiritilganligi haqidagi vaji bilan kelishmaydi. Chunki, ushbu hisobvaraq-fakturaga koʻra, javobgar “BS” MChJdan 467 450 000 soʻmlik qurilish materiallarini olgan. Biroq, ularni MChJdagi oʻz ulushini shakllantirish uchun ushbu mulklarni buxgalteriyaga kirim qilinganligini tasdiqlovchi dalillar ish hujjatlarida mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, javobgarning jamiyat ustav fondidagi ulushiga 467 450 000 soʻm qurilish materiallari kiritilganligi haqidagi 2022-yil 20-iyuldagi jamiyat guvohnomasi javobgarning oʻzi tomonidan imzolangan. Yaʼni, ushbu qurilish materiallari jamiyat buxgalteriyasiga kirim qilinganligini tasdiqlovchi hujjat javobgar tomonidan taqdim etilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning 8-moddasida jami ulushlari jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqliligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaʼni, Qonunning 8-moddasida ishtirokchining jamiyatdan chiqarish uchun 2 ta asos keltirilgan boʻlib, birinchisi — oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotganligi, ikkinchisi esa — oʻz harakatlari (harakatsizligi) bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotganligi yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotganligi. Mazkur holatda, javobgarni jamiyatdan chiqarish haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish uchun javobgar tomonidan oʻz majburiyatlari, yaʼni ulush kiritilmaganligi asos boʻlgan. Javobgar oʻz ulushini toʻliq shakllantirish uchun jamiyatning buxgalteriyasiga mol-mulklarni kirim qilganligi yoki hisob-raqamiga pul mablagʻlarini oʻtkazganligi holati mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan koʻrinadiki, birinchi instansiya sudi daʼvo talabini qanoatlantirish haqida notoʻgʻri toʻxtamga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 279-moddasining birinchi qismida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asoslar keltirilgan boʻlib, mazkur holatda bunday asoslar mavjud. Yaʼni birinchi instansiya sudi tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar toʻliq aniqlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 278-moddasi birinchi qismining 2-bandiga koʻra, apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga asosan sudlov hayʼati daʼvogarning apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib daʼvogarning daʼvosini qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi. IPK 118-moddasining birinchi qismiga asosan sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Ishni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq daʼvogar tomonidan toʻlangan 4 950 000 soʻm davlat boji va 66 000 soʻm pochta xarajatlari javobgardan daʼvogar foydasiga undiriladi. Javobgardan ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 82 500 soʻm sud xarajatlari undirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 278-280-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchisi A.P ning apellatsiya shikoyati qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 24-iyuldagi hal qiluv qarori bekor qilinsin. Yangi qaror qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A.P. ning daʼvo arizasi qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchisi Q.E. jamiyat taʼsischilari safidan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyati javobgarlikdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchisi Q.E. dan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BAU” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ishtirokchisi A.P. foydasiga 4 950 000 soʻm davlat boji va 66 000 soʻm pochta xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudning depozit raqamiga ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 82 500 soʻm sud xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqalari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi: B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari: V. SATTOROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. SAGATOV