09.11.2023 yildagi 4-1802-2302/900-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI IQTISODIY IShLAR BOʻYIChA SUDLOV HAYʼATI KASSATSIYA INSTANSIYASINING

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Birinchi instansiyada koʻrgan sudya — A. Qodirov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Apellatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — H. Tursunov

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida maʼruzachi sudya — B. Sayfullayev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudya B. Sayfullayevning raisligida, hayʼat aʼzolari sudyalar R. Sagatov va I. Tadjiyevdan iborat tarkibda, Z. Qodirovning kotibligida, sud majlisini videokonferensaloqa rejimida koʻrishda koʻmaklashayotgan Qashqadaryo viloyat sudi xodimi Z. Qushshayevning koʻmagida, daʼvogar _____ning vakili ______, “A-S” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari _____, “K A-S” xususiy korxonasi vakillari _____ (2023-yil 5-yanvardagi 25-sonli order asosida), _____ (2023-yil 26-maydagi 26-sonli ishonchnoma asosida)ning ishtirokida, daʼvogar “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi ________ning javobgar “A-S” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari nomidan 2009-yil 24-mayda chiqarilgan 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha yuritilgan ish yuzasidan qabul qilingan Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 12-sentabrdagi qarori ustidan “K A-S” xususiy korxonasi tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatini ish bilan birga Oliy sudning binosida videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida koʻrib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“K” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishtirokchisi _____ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) javobgar “A-S” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “K” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari nomidan 2009-yil 24-mayda chiqarilgan 1-sonli umumiy yigʻilish qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimlari bilan ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “A-S” xususiy korxonasi, Davlat xizmatlari markazi Kitob tuman boʻlimi hamda jamiyat taʼsischilari ___, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, _____, _____, _____, _____, ____, ____, ____ va viloyat matlubot savdo tashkiloti jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudning 2023-yil 5-iyundagi ajrimi bilan “K A-S” xususiy korxonasi ikkinchi javobgar va ishga nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida “A-S” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari ___, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, ____, _____, _____, _____, _____, ____, ____, ____ jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiroqchi tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 13-iyuldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining 2023-yil 12-sentabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun Gʻuzor tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“K A-S” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda xususiy korxona deb yuritiladi)ning kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasining qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻz kuchida qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunga asos qilib, apellatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarishda daʼvogarga ochiqdan ochiq yon bosganligi, birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan arzimagan xato tufayli hal qiluv qarori bekor qilinganligi, ushbu nizo 2018-yildan buyon fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy va jinoyat sudlarida davom etib kelayotganligi, 2018-yildan buyon xususiy korxonaning mol-mulkini noqonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritib olgan “A-S” MChJ taʼsischisi va rahbari _____ ushbu mulklarni oʻz egasiga qaytarishni istamasdan, bor tanish bilishlarini oʻrtaga solib olti yildan buyon xususiy korxonani ovora qilib kelayotganligi, ____ barcha nizolarda yutqazib boʻlganligi, uning koʻchmas mulk bilan bogʻliq barcha hujjatlari noqonuniy va haqiqiy emas deb topilganligi, daʼvogar ham ____ foydalanib kelayotgan qoʻgʻirchoq odamlardan bittasi ekanligi, ____ sudda javobgar boʻla turib, daʼvogar tarafidan qatnashganligi, birinchi instansiya sudi oʻz qarorida xususiy korxonani adashib, MChJ deb yozganligi, apellatsiya instansiyasi sudi shu fursatdan foydalanib, oʻz qarorida MChJni topib, uni taraf sifatida jalb qilish kerak deb koʻrsatganligi, bu texnik xato ekanligi apellatsiya instansiyasi sudiga aytilganligi, daʼvogar 2021-yilda maʼmuriy sudda koʻrilgan nizoda xuddi shu daʼvo predmeti boʻlgan “K” MChJning 2009-yil 24-maydagi umumiy yigʻilish bayoni va ushbu bayonnoma ijrosi boʻyicha qabul qilingan Kitob tuman hokimining 2009-yil iyun oyidagi qarori boʻyicha sud majlisida eʼtiroz bildirganligi, uning ushbu eʼtirozi maʼmuriy sudining 2021-yil 9-apreldagi qarorida aniq aks ettirilganligi, faqat maʼmuriy sud qarorida ham texnik xatolik bilan 24-may emas, 25-may kunidagi bayonnoma deb koʻrsatilganligi, vaholanki “K” MChJni tugatish va xususiy korxonaga birlashtirish masalasida faqat bitta bayonnoma tuzilganligi, bunday mazmundagi qaror 2009-yilda ham undan keyin ham qabul qilinmaganligi haqida vajlar keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan xususiy korxona vakillari kassatsiya shikoyatidagi vajlarni takrorlab, uni qanoatlantirishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida ishtirok etgan daʼvogar hamda “A-S” masʼuliyati cheklangan jamiyati vakillari shikoyatni qanoatlantirishni rad etishni soʻrashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilinganlar sud majlisida oʻz vakillari ishtirokini taʼminlamadi. Sudlov hayʼati ish hujjatlarini oʻrganib, ishni ular vakillarining ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkinligi haqida xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishda ishtirok etuvchi shaxslar vakillarining tushuntirishlarini tinglab, shikoyatda keltirilgan vajlarini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga koʻra kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, sud qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar daʼvo arizasida “Kitob non” MChJ (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi)ning taʼsischisi ekanligi, ushbu MChJning sobiq raisi ____ va boshqalar 2009-yil 24-mayda MChJ taʼsischilarining umumiy yigʻilishi haqida uning taʼsischilarini xabardor qilmasdan, MChJning mol-mulkini boshqa shaxslarga berib yuborish haqida qaror qabul qilganligi, ushbu qaror “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 30 — 34 moddalariga zid ravishda qabul qilinganligini bildirib, uni (qarorni) haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi)ning daʼvo muddatlariga oid 150,151-moddasi hamda Qonuning 41-moddasiga asoslangan holda daʼvogar nizoli qaror ustidan ikki oylik muddat ichida daʼvo arizasi bilan murojaat qilishi lozim boʻlganligi, daʼvogar ushbu qaror haqida 2021-yil 9-aprel kuni bilganligi, natijada daʼvo muddatini oʻtkazib yuborganligi haqida xulosaga kelgan va daʼvoni qanoatlantirishni rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 153-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, daʼvo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan ikkinchi javobgar “K A-S” MChJning daʼvo muddatini qoʻllash haqidagi arizasi qanoatlantirilgan. Vaholanki, mazkur ishda “K A-S” MChJ ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanmaydi. Shuning uchun apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati xususiy korxonaning hal qiluv qarorida texnik xatolik tufayli xususiy korxona MChJ deb koʻrsatilganligi haqidagi vaji bilan kelisha olmaydi. Chunki, xususiy korxona va MChJning subyekt sifatida tashkiliy-huquqiy shakli bir — biridan farq qiladi. Qolaversa, agar ushbu xatolik yozuvdagi xatolik sifatida qaralgan taqdirda, birinchi instansiya sudi qonunda belgilangan tartibda ushbu xatolikni tuzatish haqida ajrim chiqarmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvogar nizolashilayotgan taʼsischilar yigʻilishi qarori haqida 2021-yil 9-aprel kuni bilganligi haqida ham barvaqt xulosaga kelgan. Sud oʻzining ushbu xulosasini daʼvogar Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudi tomonidan 4-1801-2104/236-sonli ishni koʻrish jarayonida, yaʼni 2021-yil 9-apreldagi sud muhokamasida ishtirok etib, 2019-yil 25 (24) maydagi yigʻilish qarori haqida oʻz fikrini bildirganligi bilan asoslagan. Biroq, Qarshi tumanlararo maʼmuriy sudining 2021-yil 9-apreldagi hal qiluv qarorida sud muhokamasida ishtirok etgan daʼvogar MChJning taʼsischisi ekanligi, uning MChJda 0,26 foiz ulushi borligi, 2009-yil 25-maydagi umumiy yigʻilish qarori noqonuniy ekanligi haqida tushuntirish berganligi bayon etilgan. Yaʼni, birinchi instansiya sudi daʼvogarning maʼmuriy sudda bergan koʻrsatmasi aynan 2009-yil 24-mayda oʻtkazilgan umumiy yigʻilish qarori haqida ekanligini oʻz hal qiluv qarorida asoslantirib bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi tomonidan dastlab, 2023-yil 26-maydagi ajrim bilan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida 42 ta fuqaro, 2023-yil 5-iyundagi ajrim bilan esa 40 ta fuqaro, jami 82 ta fuqaro, shuningdek viloyat matlubot savdo tashkiloti jalb qilingan. Sud ushbu fuqarolarni va viloyat matlubot savdo tashkilotini ishga jalb qilgan boʻlsa-da, ular nima sababdan ishga jalb qilinganligi sud ajrimlarida asoslantirib bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Daʼvogarning apellatsiya shikoyatida sud tomonidan jalb qilingan 5 ta fuqaro vafot etganligi, yaʼni sud marhumlarni ishga jalb qilganligi bayon etilgan.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni yangidan koʻrishda ushbu holatlarni ham oʻrganishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 302-moddasining birinchi qismiga binoan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi. Mazkur holatda sud hujjatlarini bekor qilish uchun bunday asoslar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidagi xususiy korxonaning mol-mulkini noqonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritib olgan “A-S” MChJ taʼsischisi va rahbari B.Raxmonov ushbu mulklarni oʻz egasiga qaytarishni istamasdan, bor tanish bilishlarini oʻrtaga solib olti yildan buyon xususiy korxonani ovora qilib kelayotganligi toʻgʻrisidagi vajlari sud qarorini bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi. Chunki, ushbu masalalar mazkur ish predmeti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 301-moddasining 1-bandiga binoan kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda, sudlov hayʼati xususiy korxonaning kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, apellatsiya instansiyasi sudi qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni, IPKning 118-moddasiga asosan kassatsiya shikoyati taqdim etishda toʻlangan sud xarajatlarini xususiy korxona zimmasida qoldirishni, undan ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq sud xarajatlarini undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 301 va 303-moddalarini qoʻllab, sudlov hayʼati qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyat sudi Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati apellatsiya instansiyasining 2023-yil 12-sentabrdagi qarori oʻzgarishsiz, “K A-S” xususiy korxonasining kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“K A-S” xususiy korxonasidan Oliy sudning depozit hisob varagʻiga ishni videokonferensaloqa rejimi orqali koʻrish bilan bogʻliq 82 500 soʻm sud xarajatlari undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro varaqasi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari R. SAGATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. TADJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1802-2302/900-son