24.11.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2184-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.11.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2184-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 23-dekabrdagi 202-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2184, 2011-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78/2023-B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 3-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 8-noyabrdagi 78/2023-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonida oʻquvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-banddagi “oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar” degan soʻzlar “oliy, oʻrta maxsus va professional” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan taʼlim oluvchilar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar taʼlim muassasalarining boʻysunuvi boʻyicha tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari rahbarlarining buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosari raislik qiladi va uning tarkibiga tarmoq kasaba uyushmasi, taʼlim muassasasining mehnatni muhofaza qilish va ota-onalar qoʻmitasi vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruhiy, oʻlim bilan tugagan va oqibati ogʻir baxtsiz hodisalar yuz berganda maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan dalolatnoma mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan soʻng rasmiylashtiriladi va taʼlim muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“17. Ikki va undan ortiq taʼlim oluvchining oʻlimi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish taʼlim muassasalari boʻysunuvi boʻyicha tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi buyruqlariga asosan tuzilgan maxsus tekshirish komissiyalari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maxsus tekshirish komissiyalariga tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari raislik qiladilar hamda uning tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tarmoq kasaba uyushmasi raisi hamda baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taʼlim muassasasi rahbari va mehnatni muhofaza qilish ishlariga masʼul xodim hamda ota-onalar qoʻmitasi vakillari kiritiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2023-y., 10/23/2184-1/0892-son)