Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3191-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3191, 2019-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-noyabr,
237-son
Kelishildi:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2023-yil 1-noyabr
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
2023-yil 14-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 15-noyabrdagi 237-son buyrugʻiga
ILOVA
Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 15-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” hamda “Sanitariya — epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati” degan soʻzlar tegishli ravishda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” hamda “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 24-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining” hamda “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” hamda “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 10/23/3191-2/0885-son)