Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
buyrugʻi
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 24-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3065-4]
1. Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 9-iyuldagi 10-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3065, 2018-yil 5-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 10/18/3065/1849-son) bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 17-noyabr,
15-mh-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K. KARIMOV
2023-yil 8-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri X. UMAROVA
2023-yil 6-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 17-noyabrdagi 15-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilaridan iborat sport jamoalari oʻrtasida (sport turlari boʻyicha) ushbu muassasalar, tuman(shahar)lar, viloyatlar va respublika darajasida ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1-bandning oltinchi xatboshisidan “hamda tegishli pasportga ega boʻlgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 2-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” va “oʻtkazish talablariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” va “oʻtkazish qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 10/23/3065-4/0884-son)